"Garden-To-Go" kompaniyasining marketing
rejasi SWOT tahlillari
Kuchli tomonlari
|
•doimii imidj;
•a’lo darajadagi xizmat;
•xaridorlarni jalb kiluvchi narxlar;
•bozorning usayotganligi.
|
Ojiz tomonlari
|
•chegirmalar bo’yicha ko’proq ma’lumotlarga ehtiyoj;
•o’z ish joyi va ofisini rivojlantirishga ehtiyoj;
•faoliyatini targ’ib qilish uchun yanada ko’proq mablag’.
|
Imkoniyatlar
|
•raqobatchilarning xaridorlari ular tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlardan qoniqish hosil qilishmayapti;
•bozordagi yangi xaridorlarni aniqlash;
•Internet orqali yangi mahsulot va xizmatlarni sotish.
|
Taxdidlar
|
•raqobatchilar yanada agressivroq bo’lib borishmoqda;
•xaridorlarni jalb qilish uchun arzon narxlar;
•shu kabi yangi markazning imkoniyatlari kengayib bormoqda.
|
Marketing rejangizni
SWOT tahlillari jadvali
|
Kuchli tomonlari
|
|
Ojiz tomonlari
|
|
Imkoniyatlar
|
|
Taxdidlar
|
|
Bozorni o’rganish strategiyasi
Marketolog sifatida o’z izlanishlaringizni umumiy bozor uchun o’tkazishingiz yoki bozordagi alohida guruhlar uchun o’tkazishingiz mumkin. Bu kabi izlanishlar "MAQSADLI BOZOR" deyiladi.
Belgilangan marketing odatda haqiqiy tadbirkor uchun muvaffaqiyatga erishishdagi yagona yo’ldir.
Sizda odatda bozorni o’rganish faoliyatini amalga oshirish uchun chegaralangan mablag’ bo’ladi. Bozorni o’rganishda asosiy e’tiborni bir yoki bir necha bozor segmentlariga qaratganingizdagina muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin. Bu esa o’z navbatida umumiy marketinga qaraganda ko’proq buyurtmalar olishingizga ko’mak beradi. Bu kabi faoliyat, o’z xaridoringizni eng yaqin do’stingizni bilishingiz singari bilib olishingizga xizmat qiladi.
Ushbu faoliyatni olib borayotgan tadbirkorlarga ma’lumki, agar ular e’tiborni mahsulotni taklif qilinishi, narxi, yetkazib berishi, targ’iboti, sotuvi va reklamasini aniq xaridorlar guruhiga qaratsa albatta g’alaba qozonishadi, shuningdek yirik raqobatchi korxonalar ustidan g’olib chiqishadi.
Balki meni tor doirada o’ylaydi deb o’ylashar. Lekin e’tiborni ma’lum bir doiraga qaratish lozim. Men ma’lum xaridorlar uchun biron kim bo’lishni, barcha xaridorlar uchun hamma narsa bo’lishdan yoki biron kim uchun hech narsa bo’lishdan afzal ko’raman.
Yodingizda bo’lsinki, biznesingiz — yechim topib beruvchi omildir. Amalga oshirayotgan faoliyatingiz orqali xaridorlarning yirik bozorda uchramaydigan ehtiyojlarini yangi mahsulot yoki xizmatlarni taqdim etish orqali qondira olasiz.
Siz o’z xizmatlaringiz va mahsulotlaringiz, shuningdek mavjud xaridorlaringizni o’rganishni yakunladingiz. Bundan tashqar quyidagilarni rivojlantirishingiz shart:
•sotuvlar strategiyasini;
•xaridorlarga xizmat ko’rsatish rejasini;
•kredit yoki moliyaviy ahvol rejasini;
•xaridorlarga mahsulot va xizmatlar yetkazib berish rejasini;
•targ’ibot qilish rejasini;
•qadoqlash siyosatini;
•bozorga kirib borish rejasini.
Do'stlaringiz bilan baham: |