Sponsorlangan ssыlka(iqtibos)lar (sponsored links)
Reklamaning bu turida foydalanuvchining suroviga javoban qidiruv tizimi reklamaning «to’langanligi» bo’yicha tuzilgan ishoralar ro’yhatini beradi.
Reklamaning turli shakllariga ishonch darajasi.
PlanetFeedback tadqiqotlariga asosan, foydalanuvchilarning ko’pchiligi Web reklamadan ko’ra reklamaning an’anaviy vositalariga ishonishar ekan. Demak ushbu vositalardan samarali foydalanish yo’llarini izlab topish kerak.
8-Jadval
Foydalanuvchilarning an’anaviy va Web reklamaga munosabati.
Reklama turi
|
Ishonch bildirgan respondentlar foizi
|
Reklamaning bunday turi yokmaydiganlar foizi
|
Jonli muloqotdagi ogzaki reklama
|
61
|
9
|
Bosma reklama
|
47
|
5
|
TV
|
42
|
13
|
Yozilish bo’yicha e-mail-jo’natmalar
|
39
|
13
|
Web-bannerlar
|
8
|
53
|
Spam
|
3
|
77
|
Pop-up
|
2
|
83
|
3.Saytlarni qidiruv sistemasiga olib kirish.
Saytni qidiruv tizimlarida olga surish - bu reklamaning kimmat bo’lmagan, lekin samarali shaklidir. Saytni qidiruv tizimlarida olga surish tushunchasi katalog va reytinglarda oddiy qayd etish bilan cheklanmaydi. Saytni olga surish bo’yicha ish saytning potentsial mijozlarining surovlarini aniqlash maqsadida Internetda o’z biznesingiz va raqobatchilaringiz biznesini tahlil qilishdan boshlanadi.
Bundan so’ng semantiq o’zak-saytda taklif etilayotgan tovar va xizmatlar mohiyatini yoritib beradigan tayanch so’z va iboralarni ishlab chiqish bosqichi boshlanadi. To’g’ri ishlab chiqilgan semantiq o’zak saytga qidiruv surovlari bo’yicha kiruvchilar sonini oshiradi.
Qidiruv mashinalari tomonidan saytni to’g’ri topish va saxifalarni indeksatsiyalash maqsadida html - kodini optimallashtirish zarur. Ba’zi hollarda, masalan, Flash texnologiyalari qo’llanganda, qidiruv robotlari saytning barcha saxifalarini topa olmaydilar.
Qidiruv mashinalari o’zlari yangi saxifalarini topishiga qaramay, hujjatlarni qo’lda qayd etish yangi hujjatlarni indeksatsiyalash jarayonini tezlashtiradi. Ayniksa, bu yangi saytlarga taalluklidir.
Saytning qidiruv tizimlarida o’rnini aniqlashda unga qilingan tashqi ishoralar yordam beradi.
Reklama kampaniyasining muvaffaqiyatliligini baholash uchun saytga tashrif buyurishni tahlil qilish va foydalanuvchilarning saytdagi xatti-harakatlarini o’rganish imkonini beradigan statistik ma’lumotlar to’plash qurollarini o’rnatish kerak.
4.E-mail – jo’natmalar, ularning turlari va yaxshilash usullari.
Samarali kommunikatsiyalar – bu odamlar bilan ular tilida muloqot qilish san’atidir.
Bob Petrossi.
Bugungi kunda spamlarda ko’pchilik zerikkanligini hisobga olgan holda to’g’ri va extiyotkor foydalanilgan e-mail – jo’natmalar saytingizda qayd etilgan potentsial mijozlar bilan ishlashning arzon va samarali quroli bo’ladi.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, e-mail – jo’natmalar bannerli reklamadan samaraliroq,tovar va xizmatlar reklamasini ta’minlaydi va saytning doimiy mijozlarini shakllantiradi, yangi mijozlarni jalb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |