I-bosqichda quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
ma’lum xayoliy auditoriya oldida chiqib so’zlashni mashq qilish;
kasbiy faoliyatingizda ishlatiladigan alohida termin va tushunchalarni (dastlabki)izoxini aniqlab olish;
o’zingizni chiqishingiz aks etgan audio va video yozuvlarini tahlil qilish va x.k.
II-bosqich uta muxim hisoblanib, nutq muvaffaqiyatini belgilaydi. Ko’pchilik hollarda bu bosqichga vaqtning kamligi yoki o’ziga ortiqcha ishonganliklari oqibatida e’tibor bermaydilar. Auditoriyaning tayyorgarlik darajasi, nutqka berilgan vaqt va mavzuga qarab quyidagi so’zga chiqish strukturasini tavsiya qilish mumkin:
kirish, mavzuning qisqacha mazmuni;
ko’rib chiqilayotgan muammoni qisqacha tarixi;
muammoni rivojlanish tendentsiyasi;
muammoni hal qilishda erishilgan ijobiy va salbiy natijalar;
muammoni hal etish bo’yicha takliflar;
xulosa.
Tayyorgarlik ko’rish davomida sizning chiqishingiz ogzaki yoki yozma ekanligi muxim ahamiyatga ega. Ogzaki nutq bir qancha ustunliklarga ega: ya’ni,
- so’zlar oxangining turliligi;
- nutqni alohida e’tiborga molik tomonlarini ajratib ko’rsatish;
- dialogdan foydalanish va x.k.
III-bosqich - nutq davomida, avvaldan tayyorlab qo’yilgan rejani amalga oshirish, zarur bo’lgan hollarda, auditoriyaning xatti-harakatiga qarab o’zgartirish kiritish, tayyorgarlik paytida belgilab qo’ygan iboralarni urg’u bilan talaffo’z etish. Bu paytda eshituvchilarni e’tiborini chalgitadigan harakatlar qilmaslik zarur. Taqdimotchining xatti - harakati tabiiyki ko’rib chiqilayotgan muammoga mos kelishi va auditoriyani qiziqtira bilishi kerak. Auditoriya tarkibiga qarab qo’llanilayotgan atamalarga izox berish yoki bermaslikni ajrata bilish zarur. Agar statistik ma’lumotlar yetarli bo’lsa, ularni sanab o’tish maqsadga muvofiq emas, chunki ko’p qarablar auditoriyani zeriktirib qo’yadi, sizga bo’lgan e’tiborni susaytiradi. Natijada, muxim bo’lgan ma’lumotlar e’tibordan chetda koladi.
Har bir so’zga chiqishga alohida e’tibor berish kerak. Bu tayyorgarlikka ertalab nonushta kilayoganda yoki ishga ketayotganda, yo’lda avtobusda emas balki alohida vaqt ajratish kerak. Har bir minut so’zlashish vaqtiga 20-25 minutdan sarflash zarurdir. Bunda vaqt materiallar to’plash, tahlil qilish, ularni jamlash, qisqa tezislarni va rejani tuzishga sarflanadi. Mavzu tanlanganidan keyin uning maqsadi aniq belgilanib olinishi kerak. Bu uning hajmini, mazmunini va materiallarni tanlashga yordam beradi. Materiallar nafaqat yangi faktlarni balki qiziqarli, barchani xayajonlantiradigan va tipik bo’lishi kerak, lekin fakt g’oyani to’sib qo’ymasligi kerak.
Materiallar yetarlicha to’planganidan keyin reja tuzishga kirishish mumkin. Rejaning maqsadi – nutqni ixcham, mantiqiy ketma-ketligi va bog’liqligini ta’minlashdir. Rejani tayyorlashda auditoriyaning tarkibiga e’tibor berish kerak. Nutqingiz mazmunini avvaldan gapirib bermasligingiz zarur, aks holda fikrlarni qaytarilishidan kochib, ayrim faktlarni o’tkazib yuborishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |