Reja tayyor bo’lganidan keyin tezis yoki matnni tayyorlash kerak. Matn yozish «yosh» taqdimotchilarga nutqning ixchamligi va shaklini saqlab qolishga yordam beradi. Taqdimotchining malakasi va tajribasi ortib borgan sari matn o’rnini, qisqartma va keyinchalik oddiy belgilar ham yetarli bo’ladi.
Matn yoki qisqartmalaringiz tayyor bo’lganidan keyin, albatta o’z nutqingizni xayoliy auditoriya oldida so’zlashni mashq qilishdan boshlashingiz kerak. Nutqingizni magnitofonda eshitib ko’rish, agar iloji bo’lsa videomognitofonda ko’rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishingizga katta yordam beradi. Bu usul AQSH, Frantsiya, Germaniya va Yaponiyada keng tarqalgan.
Tezisni kalin kartochkalarga - qog’ozlarga yozish, qatorlar orasidagi intervalni katta qo’yish, asosiy ma’lumot va tayanch so’zlarni rangli qilib yozish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Jamoa oldida chiqib so’z boshlagan tajribasiz taqdimotchi, odatda quyidagi sabablarga ko’ra o’zini noqulay sezadi:
Taqdimotchilik ko’nikmalarining yo’qligi;
Nutqning maqsadi va unga erishish yo’llarini tushinmasligi;
Tajriba yetishmasligidan kurkish;
Auditoriyani salbiy baho berishi mumkinligini o’ylash;
Tashqi ko’rinishi, o’zini tuta bilishi va gapirishida kamchiliklarni xis qilishi;
Avvalgi maglubiyatli chiqishlarni eslash va boshqalar.
Bunday xislarni nutq so’zlashga tayyorgarlik ko’rishni yaxshilash, xotira va e’tiborini mashq kildirish, o’ziga to’g’ri baho berishni shakllantirish orqali yo’qotish mumkin. So’zga chiquvchi yozgan matndan chiqib ketganida, "nima deyman"ni o’rniga "qanday ta’sir kilay" degan vazifani o’z oldiga qo’ygandagina yuqoridagi kamchiliklardan qutiladi. Demak, yutuqka erishish materialni to’la bilishni takozo etadi.
Taqdimotchi auditoriyaga yokishga harakat qilishi kerak, bu ortiqcha xasham emas, balki professional vazifadir. Buning uchun taqdimotchi attratsiya va fastsinatsiyaning psihologik mexanizmlaridan foydalanishi tavsiya etiladi. Attraktsiya – deganda taqdimotchi o’zining tashqi ko’rinishi bilan auditoriyaning diqqatini o’ziga qaratishi tushiniladi. Fastsinatsiya esa taqdimotchini so’zlar yordamida auditoriyani o’ziga rom etishi tushiniladi. kadimgi Yunonistonda fastsinatsiya juda keng ommalashgan bo’lib, buyuk TSitseron shunday degan edi: «Agar badavlat – zodogon taqdimotchilik san’atini egallamas ekan, uning obrusi oddiy qo’lning obrusidan baland bo’lmaydi». Taqdimotchi ushbu tavsiyaga amal qilgandagina auditoriyaga nutq mazmunini to’la translyatsiya qilish imkoniga ega bo’ladi va o’z xodimiga so’zi orqali ta’sir o’tkaza oladi.
Auditoriyaning moyilligiga ega bo’lishda quyidagi 4 ta omil katta rol o’ynaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |