Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnoma va ularni sharxlash



Download 4,75 Mb.
bet46/204
Sana05.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#743005
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   204
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnoma va ularni sharxlash.

Taraflar qarzdor ijroni kreditorga emas, balki shartnomada ko’rsatilgan yoki ko’rsatilmagan, qarzdordan majburiyatni o’z foydasiga bajarishni talab qilish xuquqiga ega bo’lgan uchinchi shaxsga bajarish majbur deb belgilab qo’ygan shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnoma deyiladi.
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomalarda o’zgacha tartib ko’zda tutilgan bo’lmasa, uchinchi shaxs shartnoma bo’yicha o’z xuquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraf o’zlari to’zgan shartnomani uchinchishaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki o’zgartirishlari mumkin emas.
Uchinchi shaxs shartnoma bo’yicha o’ziga berilgan xuquqdan foydalanishdan voz kechgan takdirda, basharti qonun hujjatlari va shartnomaga zid bo’lmasa, kreditor bu xuquqdan foydalanishi mumkin.
SHartnoma to’zgan tomonlar o’z majburiyatlarini bajarmaganlarida yoki to’la bajarmaganlarida shartnomada belgilangan asosda o’rtada kelib chiqqan kelishmovchiliklarni qonun asosida hal qiladilar, jumladan sud tomonidan ko’rib chiqiladi.
Sud shartnoma shartlarini sharxlashda undagi so’z va iboralarning asl ma’nosini e’tiborga oladi. SHartnomaning shartlari aniq bo’lmasa, uning asl ma’nosi uni boshqa shartlarga va butun shartnomaning ma’nosiga taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi.
Agar shartnomaning mazmunini aniqlashning imkoni bo’lmasa, taraflarning xaqiqiy umumiy xoxish –irodasi shartnomaning maqsadini hisobga olgan holda aniqlash mumkindir.
Bunda barcha tegishli holatlar, shu jumladan shartnoma tuzish oldidan olib borilgan muzoqaralar va yozishlar, taraflarning o’zaro munosabatlarida qaror topgan amaliyot, ish muomalasi, odatlari, taraflarning keyinchalik o’zlarini qanday to’tganligi e’tiborga olinadi.



  1. Shartnoma shakllari va oferta hamda shartnomani aktseptlash.

Agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun ma’lum bir shakli belgilab qo’yilgan bo’lmasa, shartnoma bitimlari tuzish uchun nazarda tutlgan har qanday shaklda tuzilishi mumkin.


Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro’yhatidan o’tkazilishi shart bo’lgan shartnoma notarial tasdiqlangan yoki ro’yhatdan o’tkazilgan paytda e’tiboran, notarial tasdiqlanishi va ro’yhatdan o’tkazilishi zarur bo’lganda esa – shartnoma ro’yhatdan o’tkazilgan paytdan e’tiboran shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo’lsalar, garchi qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo’lmasada shartnoma belgilangan shaklga keltirilgandan keyin tuzilgan hisoblanadi.
Yozma shartnomalar taraflar imzolangan 1 ta hujjatni tuzish yo’li bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli sur’atda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo’li bilan tuzilishi mumkin.
Shartnoma taraflaridan birining oferta (shartnoma tuzish haqidagi taklif) yo’llash va ikkinchi taraf uni aktseptlash (taklifni qabul qilish) yo’li bilan tuziladi.
Oferta yo’llagan shaxs uning aktseptini olgan paytdagi shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan, yetarli darajada anashu bo’lgan va taklifni kiritgan shaxsning o’zini taklif yo’llagan va uni qabul qiladigan shaxs bilan shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi, niyatini ifoda etadigan taklif oferta hisoblanadi.
Ofertada shartnomaning muxim shartlari ifoda qilingan bo’lishi kerak. Oferta uni yo’llagan shaxsni oferta yo’llangan shaxs bilan u ofertani olgan paytdan boshlab bog’laydi.
Agar ofertani chakirib olish to’g’risidagi bildirish ofertaning o’zidan oldin yoki u bilan bir vaqtda kelgan bo’lsa, oferta olinmagan hisoblanadi.
Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aktsert hisoblanadi. Aktsept to’liq va pisandsiz bo’lishi kerak. Agar qonunda, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish bo’yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha ma’no kelib chiqmasa, sukut saqlash aktsept bo’lmaydi.
Ofertani aktseptlash uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda ko’rsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan xarajatlari (tovarlarni jo’natish, xizmatlar ko’rsatish, ishlarini bajarish, tegishli summani to’lash va x.k.) agar qonun hujjatlarida yoki ofertada boshqacha tartibda nazarda tutilmagan bo’lsa, aktsept hisoblanadi.



Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish