Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Buyuk rus olimi A. Makarenkoning rejalashtirish to’g’risidagi fikri.
Korxona Missiyasi va boshqarish samaradorligining mazmuni.
Tashkilotning missiyasi shakllantirishda qanday tahlillar o’tkaziladi.
Strategik rejalashtirishning maqsadi.
Taktik va operativ rejalashtirish.
Korxonaning yillik rejasida qandau bo’limlar mavjud.
Marketing ishlab chiqarishni boshqarishning birinchi bosqichi bo’lib, uning samaradorligini
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro’yhati
Vesnin V.R. «Sekretы sekretarskogo dela». http://www.ails-nuu.tk.
Gerchikova I.N. «Menedjment». Moskva, 2005 g.
Proxorov A. «Rabota v sovremennom ofise» .www.INTUIT.ru
Rusinov F. i dr. Menedjment: uchebnik. M.: FBK-PRESS , 2009g.
Falinskiy I.P. «Osnovы vneshnoekonomicheskix svyazey». www.RosBES.ru.
Xovard K., Korotkov E. «Printsipu menedjmenta: upravlenie v sisteme tsivilizatsionnogo predprinimatelstva». Uchebnoe posobie. Moskva, 2011g.
Internet ma’lumotlari:
http://www.dit.perm.ru
http://www.refportal.ru
http://www.allbest.ru
8 – tema. Xodimlarning ish vaqtini to’g’ri rejalashtirishni
tashkil etish
Reja:
Kompaniya rejalari va uning xodimlarining rejalari.
Xodimlar vaqtini rejalashtirish tamoyillari.
Axborotlar bilan oqilona ishlashni tashkil qilish.
Kompaniya rejalari va uning xodimlarining rejalari.
Korxona rejasida ma’lum davrda, o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, bozor talab va takliflarini hisobga olib ishlab chiqarilish ko’zda tutilgan maxzsulot hajmi yoki ko’rsatiladigan xizmat hisoblanadi. Xodim o’z vaqti rejalatirishda nimalarga e’tibor berishi kerak? Birinchi navbatda egallab turgan lavozimiga, bu yerdagi ishni tashkil qilinishi darajasiga, uning hajmiga va korporativ madaniyatga e’tiborni qaratishi kerak. Garbda va Amerikada MBO (manajment by objestivs), boshqarish usuli ko’p tarqalgan bo’lib, bunda kompaniya prezidenti kompaniya rejasiga qarab o’z rejasini ishlab chiqadi, vitsa-prezidentlar esa prezident rejasidan kelib chiqib, bo’lim menedjerlari esa vitsa-prezidentlarning rejasiga qarab, shu tariqa har bir xodim o’z rahbarining rejasiga qarab o’zining shaxsiy rejasini ishlab chiqadi. Xuddi korxonaga o’xshab har bir xodim ham o’z missiyasi va maqsadlarini ishlab chiqishi kerak. Agar menedjer korxonaning ma’lum davrga muljallangan rejasiga mos ravishda o’z rejasini ishlab chiksa, bu uning kopmaniya rivojiga kushgan maskimal xissasi hisoblanadi.
Menejer, televideniyada berish uchun muljallangan reklamani tayyorlash bo’yicha ishlayotgan guruxda ishlashga qiziqmasa, u bundan xech qanday qoniqish olmaydi va natijada uning mehnat unumdorligi ham past bo’ladi.
Buyuk nemis mutafakkiri Iogann Gyote «Albatta, «nima» degan narsa ko’p o’ylashing kerak, «qanday» degan narsani undan ham ko’proq o’yla» deb aytgan edi. Demak, biz o’sha rejani qanday qilib samaraliroq bajarishni ko’proq o’ylashimiz kerak.
Xorijdagi ko’plab kompaniyalar korporativ ruxni shakllantirishda, xodimlarning lavozimdan kutarilishlari, kompaniya missiyasining bajarilishiga bog’liqligini tushitirishdan foydalanmoqda. Bu kompaniyadagi xodimlar bilan ishlaydigan bo’limlarning asosiy vazifalaridan biridir. Lekin, albatta kompaniya o’zining taktik va operativ rejalarini alohida menejerlarning shaxsiy rejalariga bog’lashi kerak. Bu avvalo menejerlarni moddiy qiziqtirish bilan bog’liqdir. Misol qilib, yuqori unumli serverlarni sotish bilan shug’ullanuvchi menejerlar faoliyatini olishimiz mumkin.
Ushbu ko’rsatilgan mahsulot chakana savdo mahsuloti bo’lib hisoblanmayda, shuning uchun uni borzorda harakatlantirish uchun mijozlarni ishontirish, ukitish orqali amalga oshiriladi. Odatda chorakda yoki oyda bajarilgan reja uchun menejerga oylik maosh va mukofot belgilanadi. Xorijiy kompaniyalarda rejani ortigi bilan bajargan menejerlar mukofotlanadilar. Agar reja 100%ga bajarilsa, keyingi chorakda 100 % maosh oladi, agar 150%ga bajarsa ikki baravar maosh oladi, 170%ga bajarsa uch baravar maosh oladi. Reja menejerga uning rahbari tomonidan tushiriladi, va bozor holatiga qarab o’zgartirilishi mumkin. O’z navbatdan ushbu mamlakat menejer ham yuqori tomondan – mamlakatlar guruxiga mas’ul bo’lgan menejerdan reja oladi va xakozo.
Agar menejer bir ngecha chorak davomida rejani bajarmaydigan bo’lsa, u ishdan bo’shatiladi. «Garbiy» rahbarlik uslubida menejerlarga o’z vaqtini rejalashtirishda katta erkinliklar beriladi va undan kompaniya majlislarida doimo katnashishiga emas, asosiy e’tibor savdo hajmining yuqoriliga qaratiladi.
Menejer boshlig’i tomonidan berilgan kalendar reja asosida, kaysi mijozlar bilan ishlash, qanday taqdimot va seminarlar o’tkazish rejasini o’zi ishlab chiqadi. Menejer oylik ish rejasini ishlab chiqadi, xududlar bo’yicha xizmat safarini rejalashtiradi, taqdimotlar tashkil qiladi, uchrashuvlar belgilaydi va xakozo. Bundan tashqari, menejer har kuni yangi dastgoxlar haqida axborotlar, reklama bukletlari, turli kasseta va disklar, uni qiziqtirgan mavzu bo’yicha o’tkazilgan konferentsiyalarning video yozuvlarini oladi.
Mehnat ta’tilidan kelgan menejer yuzlab – minglab uqilmagan xatlarni ko’radi va ularni o’qib chiqish uchun bir necha sutka kerak bo’ladi. Aqlga tayinki, barcha ishlarni bajarishning iloji yo’q. Mavjud vazifalari ustivorligiga qarab joylashtirib chiqish, tugallanmagan ishlarni to’planib qolishini, stresslarni, rejaning bajarilmasligini va ishdan xaydalishini oldini olgan bo’ladi. «Eng muximi – muximidan shoshilinch bajariladiganini ajrata olishdir».
Qo’yilgan maqsadlarga yetishish uchun avvalo vaqt byudjetini aniqlab olish va o’z vazifalarini aniq belgilab olish kerak, bu muxim bo’lmagan ishlarni kimgadir topshirish mumkinligini va (yoki) keyinroqka muddatga surib, ularning soni kamaytirish imkonini beradi.
Vaqt yetishmasligining asosiy muammosi, bu ortiqcha vazifalarni bajarishga kirishish, kuchini muxim ko’ringan, arizimagan ishlarga sarflashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |