Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


- rasm. Ish joyini tanlashdagi ustuvorliklar



Download 4,75 Mb.
bet73/204
Sana05.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#743005
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   204
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

15 - rasm. Ish joyini tanlashdagi ustuvorliklar.



  1. Ofis madaniyatining turlari va talablari.

Ishchini tanlashda nafaqat uning professional malakalari, balki o’sha jamoada shakllangan psihologik muxitda ishlay olishlarini ham hisobga olish kerak. Inson kasbdan tashqari, u uchun to’g’ri keladigan ofis madaniyatiga ega kompaniyani ham tanlash kerak.


Kompaniyalarda turli tipdagi ofis madaniyatlari mavjud: jumladan, absolyut xoqimyat madaniyati, roli madaniyat, maqsadlar yoki komanda madaniyati, shaxs madaniyati va x.k.
Absolyut xokimyat madaniyati- kompaniya boshida absolyut xoqimyatga ega bo’lgan kuchli rahbar turadi. Nazorat direktor tomonidan sub’ektiv amalga oshiriladi va tanlanma xarakterga ega. Xoqimyat strukturasi «Kim rahbarga yakin bo’lsa, o’sha kuchli» tamoyili bilan belgilanadi. Komanda bo’lib ishlashni tashkil etilishi kuchsiz,vaqtdan ortiqcha ishlash takdirlanadi, kompaniya ichidagi kommunikatsiya o’zaro ishonchga qurilgan, shaxsiy muloqot omili yuqori. Kadrlarni tanlashda direktorga o’xshab fikrlaydiganlar tanlab olinadi.
Rolli madaniyat – asosiy tamoyili «funktsiya uni bajarayotgan insondan muximroqdir». Bo’limlar o’rtasidagi ishlar, ishchi guruxlar o’zaro harakatlarining kommunikativ qoidalari bilan tartibga solinadi. Firmada ixtisoslashuvning aniq chegarasi mavjud, funktsiyalar belgilab berilgan. Hujjat aylanishining tartibi yozib qo’yilgan: kim, kimga va kaysi ko’rinishda informatsiya berishi kerak. Ishlarni bajarilishida bir maromda ishlash qo’llab-kuvvatlanadi, vaqtdan ortiqcha ishlash yoklanmaydi.
Maqsadlar madaniyati yoki komanda madaniyati - asosiy xususiyati: to’g’ri odam, to’g’ri joyda. Firmada ekspertlar eng yuqori makomga ega. Har masala bo’yicha ishchi gurux tuziladi. Yuqori raqobat ko’rashi mavjud bo’lgan bozorda va mahsulotning hayotiy tsikli qisqa bo’lganida kompaniyaning harakati mana shu printsip asosida amalga oshiriladi. Jumladan, yuqori texnologik kompaniyalarda ish hal qilingan masalaning natijasiga qarab baholanadi. Barcha xodimlar ma’lum loyihalarni bajarishi uchun guruxlarga bo’linadi.
SHaxs madaniyati- bunday tashkilot xodimlarida mustakillikka bo’lgan ehtiyojlari juda yuqori bo’ladi, ular korporativ mijozlarni topish uchun imidjli maqsadlar bo’yicha birlashadilar. Bunday firmalarda struktura minimal bo’ladi va mijozlarga xizmat ko’rsatish maqsadida foydalaniladi.
Masalan, bunday sxemada turli konsultatsiya beruvchi- yuristlar, auditorlar ma’lum savdo markasi bilan ishlovchi konsalting kompaniyalaridagi xodimlar «erkin musavvir»ning hayot tarzidan iboratdir.
Kuchli madaniyat xodimlarning shaxsiy madaniyatini o’ziga moslashtirib oladi.
3. Samarali rezyume yozish sirlari.

Evropada «Aql bilan, to’g’ri yozilgan rezyume – yutuqning garovi hisoblanadi», -degan nakl bor.


Odatda ish qidiruvchidan rezyume yoki CV talab qilinadi.
Amerika an’anasiga ko’ra- Curruculum Vitae (CV) –bu ilmiy xodimlarning oliy o’quv yurti yoki ilmiy-tadqiqot institutida ma’muriy lavozimlarga da’vogar bo’layotganlarida o’z karerasini yozib beradilar. CVda chop etilgan materiallar, ilmiy tadqiqotlari to’g’risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Asosiy e’tibor ma’lumotiga va ish tajribasiga qaratiladi. Bundy hujjatlarning hajmi uch varaqdan kam bo’lmasligi kerak. Yevropada bu atama bilan amerikaliklar «rezyume» deb ataydigan hujjatni belgilaydilar.
Lekin, rezyume o’zining ancha qisqaligi bilan CVdan farq qiladi va ma’lum lavozimga qaratilgan bo’ladi. Rezyumening asosiy maqsadi – suhbatga taklif olishdir.
MDX mamlakatlarida ko’p uchraydigan xato - bu «tarjimai hol» bilan «rezyume»ni chalkashtirishdir. Tarjimai holda uchraydigan ko’p narsalar rezyumeda kerak emas, ular xatto rezyumeni bo’zadi. To’g’ri tuzilgan rezyume – bu yaxshi kostyumga o’xshaydi, u ishga yollanuvchining kimmatli tomonlarini ochib beradi va yomon kamchiliklarini yashiradi.
Rezyume matni mantiqiy bo’lishi va aniq tuzilishga ega bo’lishi kerak. Kadrlar bilan ishlash menejeri rezyume bilan birinchi marta tanishayotganda unga atigi 10 sekund ajratadi!
Menejerlar rezyumeni chetga surib qo’yishiga sabab bo’ladigan xatolar quyidagilardan iborat:

  1. Nostandart shriftlardan foydalanish, shuning uchun Arial va Times

New Roman shriftlaridan foydalanish maqsadga muvofiq;

  1. Yomon formatlash va mantiqsiz jamlanish, kompyuterda ishlash

malakasining pastligidan dalolat beradi;

  1. Ma’lum soxaga xos bo’lgan jargon va abbreviaturalardan foydalanish yoki orfografik xatolarga yo’l qo’yilganlik;

  2. Bayon etishda ketma-ketlikning bo’zilishi. Amaliyotda mehnat faoliyatini oxirgi ish joyidan boshlash qabul qilingan.

  3. Ismini yozmaslik - bu salbiy holat hisoblanadi, agar siz ish qidirayotganingizni sir saqlamoqchi bo’lsangiz, tahallusdan foydalaning yoki rezyumeda ma’lumotlarni sir saqlashlarini iltimos qiling.

  4. Agar rezyumeda manezil ko’rsatilmagan bo’lsa, ish qidiruvchining yashash joyi ish beruvchi uchun muxim bo’lsa, bu unga noqulayliklar tugdiradi.

  5. Uzoq vaqt davomida ishsiz yurish, ayniksa ob’ektiv sababsiz.

  6. Yutuqlarni qarab va faktlar bilan bayon etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Rezyumeda “tashkilot samaradorligini falon foizga oshirib yuboraman” deb yozish ishonchsiz ko’rinadi.

  7. Ish joyini sababsiz o’zgartirib turish ham ish beruvchini havotirga soladi.

Lavozim vakolatlarining kamayishi, har doim ham shunday bo’lmasada, kareraning pasayayotganidan dalolat beradi. Agar avvalgi lavozim bu lavozimga taallukli bo’lmasa, uni ko’rsatib o’tish shart emas. Bush o’ringa aloqador bo’lmagan bilimlar ham yozilishi shart emas. Tadbirkorlar tomonidan yuborilgan rezyumelarga shubxa bilan karaydilar, chunki ular o’z ishlarini ochish uchun birinchi imkoniyat paydo bo’lishi bilan ishdan chiqib ketadilar.
Avvalgi rahbar yoki hamkasblaringizning tavsiyanomalarining yo’qligi «Siz yaxshi xodimmisiz?» degan savolni ochiq koldiradi.
Agar siz o’z boshlig’ingiz bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolgan bo’lsangiz va undan tavsiyanoma (Letter of Reference) yozib berishni iltimos kilsangiz, u sizga tavsiyanomaning loyixasini yozib kirishingizni suraydi. Tavsiyanoma tashkilotning blankasiga yozilishi va bevosita rahbar tomonidan imzolanishi kerak.
Odatda, tavsiyanomada xodimning kaerda, qancha va qanday lavozimda ishlagani va uning xizmat vazifalariga nimalar kirganligi ko’rsatib utiladi. Xodim bu vazifalarni qanday bajarganligi, undagi professional malaka va shaxsiy sifatlari bayon etiladi. Tavsiyanoma muallifi xodimni tavsiya qilayotgan soxaning yetuk mutaxassisi ekanligi va istiqboldagi o’sishini ham ushbu ish joyidan ketishining ob’ektiv sabablaridan biri ekanligini faktlar bilan ko’rsatib berishi kerak.

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish