Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
MS Office paketlaridagi himoya qilish vositalari.
Parol qo’yishda usullarini tushintiring.
Foydalanuvchini autentifikatsiya (authentication) qilish.
Avtorizatsiya – ma’nosini tushintiring.
Identifikatsion - token (ixcham) apparat qurilmalari.
Indentifikatsion qarab (Pin-kod)ga ega bo’lishining ahamiyati.
Biometrik identifikatsiyalash qanday muammolarni samarali hal qilish imkonini beradi.
Biologik kod sifatida insondagi qaysi ko’rsatgichlardan foydalaniladi.
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro’yhati
Vesnin V.R. «Sekretы sekretarskogo dela». http://www.ails-nuu.tk.
Gerchikova I.N. «Menedjment». Moskva, 2005 g.
Proxorov A. «Rabota v sovremennom ofise» .www.INTUIT.ru
Rusinov F. i dr. Menedjment: uchebnik. M.: FBK-PRESS , 2009g.
Falinskiy I.P. «Osnovы vneshnoekonomicheskix svyazey». www.RosBES.ru.
Xovard K., Korotkov E. «Printsipu menedjmenta: upravlenie v sisteme tsivilizatsionnogo predprinimatelstva». Uchebnoe posobie. Moskva, 2011g.
Internet ma’lumotlari:
http://www.dit.perm.ru
http://www.refportal.ru
http://www.allbest.ru
11- mavzu: SHartnomalar tuzish va uning yuridik asoslari.
Reja:
1. SHartnoma tushunchasi va uni tuzish shartlari.
2. Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnoma va ularni sharxlash.
3. SHartnoma shakllari va oferta.
SHartnoma tushunchasi va uni tuzish shartlari.
Tashkilotlar o’z faoliyatini olib borishda turli tashkilotlar bilan xo’jalik munosabatlariga kirishadilar. Ushbu munosabatlar yuridik tomondan asoslangan bo’lishi, tashkilotning iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi omil hisoblanadi. Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik xuquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.
Ikkidan ortiq tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomalarga, bunday shartnomalarning ko’ptaraflamalik xususiyatiga zid bo’lmasa, shartnoma to’g’risidagi umumiy qoidalar qo’llaniladi.
Agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha muxim shartlari yuzasidan talab qilinadigan shaklda kelishuvga erilishgan bo’lsa, shartnoma tuzilgan bo’ladi. SHartnomaning predmeti to’g’risidagi shartlar, qonun hujjatlarida bunday turdagi shartnomalar uchun muxim yoki zarur deb hisoblangan shartlar, shuningdek taraflardan birining arizasiga ko’ra kelishib olishi zarur bo’lgan hamma shartlar muxim shart hisoblanadi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Taraflar turli shartnomalarning elementlarini o’z ichiga oladigan shartnoma (aralash shartnoma) tuzishlari mumkin.
Aralash shartnoma bo’yicha taraflarining munosabatlariga, agar taraflarning kelishuvidan yoki aralash shartnomaning mohiyatida boshqacha tartib anglanmasa, elementlari aralash shartnomada bo’lgan shartnomalar to’g’risidagi qoidalar qo’llaniladi.
Shartnomaning shartlari taraflarning xoxishi bilan belgilanadi, tegishli shartning mazmuni qonun hujjatlarida ko’rsatib qo’yilgan hollar bundan mustasno. SHartnomaning sharti taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo’yilganligi tufayli qo’llaniladigan norma (dispozitiv norma)da nazarda tutilgan hollarda taraflar o’zaro kelishib, uning qo’llanilishini bekor qilishlari yoki unda nazarda tutilganidan boshqacha shartni belgilashlari mumkin. Bunday kelishuv bo’lmaganda shartnomaning sharti dispozitiv norma bilan belgilanadi.
Agar shartnoma shartlari taraflar yoki dispozitiv norma bilan belgilab qo’yilgan bo’lmasa, tegishli shartlar taraflar o’rtasidagi munosabatlarga nisbatan qo’llanilishi mumkin, bo’lgan shu muomalasi odatlari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |