Tarqatmalarning ro’yhati va tarmoqdagi yangiliklar.
Elektron pochtaning adresi va uning ishlash tamoyillari.
Elektron pochta zamonaviy biznesning ajralmas qismi hisoblanadi, ya’ni u tezkor aloqa bilan ta’minlaydi, mehnat unumdorligin oshiradi va xarajatlarni qisqartiradi. Elektron pochta bilan ishlash hozirgi zamonaviy ofis xodimlari ish vaqtining to’rtdan bir qismini egallaydi. Elektron pochta hozirgi kunda ananaviy pochtadan o’z ommaviyligi bilan bir necha o’n baravar o’tib ketdi, har yili bir necha un milliardlab elektron pochtalar dunyo bo’yicha tarqaladi. Elektron pochtani xoxlagan paytingizda o’qishining, qisqa vaqt ichida yuzlab kishilarga tarqatishingiz, ma’lumotlar bazasiga kiritib uni saqlashingiz va kerak saytda tezda topishingiz mumkin. Eng asosiysi, elektron pochta oddiy pochtadan tez va arzondir.
Provayder odatda, mijozning Internetga kirish xuquqini ro’yhatga olayotganida, ruxsat etilmagan kirishlarning oldini olish uchun, unga o’ziga xos adres (E-mail Account Address)ga, shuningdek foydalanuvchining nomi (E-mail Account Login Name) va parolga (E-mail Account Password) ega bo’lgan pochta qutisi uchun diskli makon taqdim etadi. Elektron adres quyidagi formatga ega: foydalanuvchining ismi, masalan, petrov@abc.msk.ru/ . @ belgisining chap tomonidagi bu serverdagi foydalanuvchining nomi (E-mail Account Login Name), bundan foydalanuvchi xatlarni chiqarib oladi bu misolimizda Petrov. Odatda, foydalanuvchining ismi, pochta qutisining nomi bilan mos keladi. @ belgisining ung tomonidagi domen deb ataladi va ushbu pochta qutisining joylashgan joyini ko’rsatadi. Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish kerakki, elektron pochtaning manzili, foylanuvchining uyidagi shaxsiy krmpyuterining manzili bilan emas, u pochtani olayotgan serverning manzili bilan aniqlanadi. Bugungi kunda har qanday foydalanuvchi, dunyoning turli joylarida, turli pochta serverlarida bir nechta bepul adreslarni ro’yhatdan o’tkazishi mumkin. Masalan, Petrov Moskvada petrov@ moscow-server.ru va AQSHda petrov@ yahoo-server.som elektron pochtalarini ro’yhatdan o’tkazishi mumkin.
Foydalanuvchi har bir qutidan o’zining shaxsiy kompyuteriga xatni olishi mumkin, Moskvadagi va Nyu-Yorkdagi serverlardagi ma’lumotlardan nusxa olib u ye-maildan boshqa ye-mailiga o’tkazishi ham mumkin.
Elektron pochta mijoz – server arxitekturasi tamoyili asosiga qurilgan. Foydalanuvchi mijoz dasturi bilan muloqot qiladi, u esa o’z navbatida pochta serveri bilan aloqa qiladi.
Xatlarni jo’natish uchun SMTP(Simple Mail Transfer Protocol – pochtalarni jo’natishning sodda bayoni), shunga mos ravishda SMTP – serveri foydalaniladi. Hozirgi kunda pochta ma’lumotlarini qabul qilish uchun ko’p hollarda RORZ (Post Office Protocol) ishlatiladi, bu dastur qutilardan pochtalarni chiqarib olish xuquqini nazorat qiladi, shuning uchun ham unga foydalanuvchining nomi va parolini taqdim etilishini talab qiladi.
Pochta bilan ishlash uchun – pochta mijozi dasturi kerak bo’ladi. Pochta mijozlarining asosiy vzifalari – axborotlarni qabul qilish, ularni ko’zdan kechirishni taminlash, axborotlarni ajratish, javob axborotlarni tuzishni avtomatlashtirish va adres kitobini qo’llab turish.
Do'stlaringiz bilan baham: |