Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS



Download 4,75 Mb.
bet109/204
Sana05.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#743005
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   204
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi
Eraliev Alisher
Zamonaviy ofislarni boshqarish”
fanidan


MUSTAQIL ISHLARNI
BAJARISH BO’YICHA
USLUBIY KO’RSATMA

Andijon - 2021


M U N D A R I J A



TARKIB MAZMUNI



1.

Kirish.........................................................................................


2.

Mustaqil va uning turlari....................................................


3.

ESSE va uni yozish tartib koidalari....................................


4.

Ilmiy tarzda matn tayyorlash koidalari..............................


5.

Taqdimot utkazish shakllari …................



6.

Axborotni og’zaki uzatish.....................



7.

MS PowerPoint da loyiha taqdimotini tayyorlash bo’yicha

yo’riqnoma..............................



8.

Texnologik loyihalar ustida ishlash va ularni prezentatsiya
qilish...................................................................................





Kirish


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati axborot texnologiyalari dasturiy vositalari, ma’lumotlarning axborot bazalari, multimedia asosida ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimini axborot tarmog’i bilan ta’minlash asosida jahon andozalariga mos keladigan kadrlar tayyorlash masalalariga e’tiborni susaytirmay kelmoqda. Uzluksiz ta’limga o’tish sharoitida ta’lim muassasalarining bu sohadagi asosiy vazifalarini aniqlab, pedagogika fani va amaliyoti oldiga «...o’rta va oliy ta’limning ta’lim standartlariga muvofiq ravishda elektron o’qitish bazasini yaratish, ta’lim muassasalarining axborot infratuzilmasini shakllantirish, barcha o’quv muassasalarida ingliz tilini chuqur o’rgatish, shuningdek, respublika axborot tarmog’ida lotin alifbosiga asoslangan o’zbek tilidan foydalanishning standartlashtirilgan mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish dasturiy chora-tadbirlar...»4 ni ishlab chiqish yuklatilgan.


Ta’lim jarayonidagi sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlash bugungi kunning dolzarb bo’lgan jarayonlardan biridir. Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib ularni amalda keng qo’llash oliy ta’lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita o’quv jarayonini yaxshilash, o’quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan o’qitishni keng joriy qilishdan iboratdir.
Ta’lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo’ladi. Bu o’qituvchining mahoratinigina emas, balki tinglovchining istak-hoxishi, qobiliyati va bilim darajasini ham belgilaydi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bilim esa ta’limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo’lgan xodisadir. Bilim xususiylikka ega bo’lsa, ta’lim umumiylikka egadir. Ta’lim barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim ob’ektiv borliqdagi voqea-hodisalarning in’ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil bo’ladigan tushunchalar yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Ta’limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim individuallikka ega bo’ladi. Ta’limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan kishilarning saviyasi turlicha bo’lishi mumkin. Lekin guruhdagi talabalarga beriladigan ta’lim bir xildir, o’qituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. Talaba esa ana shu ta’lim jarayonida bilimga ega bo’ladi. Buning uchun u mustaqil o’qiydi, tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega bo’ladi, eshitganlari va o’qitganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega bo’ladi.

  • Kadrlar tayyorlash Milliy dasto’rini amalga oshirishda Andijon mashinasozlik instituti professor – o’qituvchilari o’quv fanlari bo’yicha yaxlit ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirish va amalga oshirish ishlarini keng qamrovli olib bormoqdalar.

  • Ushbu qo’llanmada tavsiya etilgan yangi o’qitish modeli qo’yidagilarga asoslangan:

  • ta’limning har bir shaxsga yo’naltirilganlik va tizimli yondashuv, ta’lim sub’ektlari munosabatlarini demoqratlashtirilishi va insonparvarlashtirilishiga;

  • ta’limda talabalar roli o’zgarishiga: o’quv faoliyatini mustaqil olib boruvchi ta’lim jarayonining teng huquqli sub’ekti;

  • ta’limda o’qituvchining roli o’zgarishiga: mustaqil o’quv faoliyatining tashkilotchisi, talabalarining savodli maslahatchisi va yordamchisi. Talabalar bilimi, ko’nikmalari, mahoratlarining nazoratini hamda ehtimolli og’ishlarni o’z vaqtida to’g’rilash maqsadida ularning bilim darajasi diagnostikasini ta’minlaydi;

  • ta’limning uslublari va vositalarining o’zgarishiga: (1) muammoli holatlar, faol ijodiy-tadqiqiy faoliyatni yaratishga asoslangan, muammolarni qidirish va yechish, bilimlarni amalda qo’llashga yo’naltirilgan faol va interfaol usullar an’anali bo’lib qolmoqda; (2) jamoa va guruh ishlari keng qamrovli ta’lim shakliga nisbatan ko’paymoqda; (3) axborot texnologiyalari ta’limning an’anaviy vositalari bilan bir qatorda keng qo’llanmoqda; o’quv materiallari ta’lim olayotganlar tomonidan bilimlarni mustaqil qidirish uchun foydalanilmoqda;

  • pedagogik boshqarish uslublari va vositalarining o’zgarishiga: o’qituvchi muammolarni aniqlashga, g’oyalarni regeneratsiya qilishga, qarorlarni qabul qilishga qodir va ularning amalga oshishiga mas’ul menejerga aylanmoqda. U nafaqat pedagogik balki talabalarning o’quv faoliyatini ham bashoratlaydi, loyihalashtiradi va rejalashtiradi, ya’ni qo’yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va o’quv faoliyatining rejalashtirilgan natijalariga erishish bo’yicha qo’shma faoliyat tizimi va mazmunini ishlab chiqadi, bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirishda va o’quv faoliyatini tashkillashtirishda talabalarni qo’llab-quvvatlaydi, ta’lim jarayonini o’quv dialogi va polilogi sifatini tuzadi.

  • SHu bilan birga, o’qituvchilar – loyihalashtiruvchilar talabalarning yangi ta’lim modellari bo’yicha qurilgan ta’lim jarayoniga tayyor emasligiga duch kelashadi. Bu talabalarning ta’lim sub’ekti sifatida ta’sir etmasligida va o’qituvchilar tomonidan taklif etiladigan o’quv faoliyatining uslub va vositalarini amaliy qo’llash qo’nikmalarining yo’qligida namoyon bo’ladi.

SHu munosabat bilan zamonaviy pedagogika texnologiyalarini amalga oshirish sharoitlarida birinchi bosqich talabalari quyidagi qo’nikma va mahoratlarni egallab olishlari zarur:

  • (1) ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlarda mustaqil faoliyat ko’nikmalari: asosiy qoida va xulosalarni qisqa, chizma shaklida va ketma-ket yozib borish, o’quv vazifalari va masalalarini hal etish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni topish, bilish, tushunish, tanqidiy baholay olish va yetkazib berish, hamda belgilar va ramzlar yordamida uni mustaqil, hisobot shakliga keltira bilish; qo’yilgan talablarga muvofiq o’z matnini tuza olish. Bu esa talabaning Insert, Toifali sharh qurish kabi ta’lim uslub va vositalarini amalga oshirishga faol ishtirok etishiga, ma’lumotlarni tizimlashtirish va tizimdan chiqarish, tahlillash va qiyoslashga, o’rganilayotgan tushunchalar (voqealar, hodisalar, mavzular va boshqalar) o’rtasidagi aloqalar va o’zaro aloqalarga, klaster, toifali jadval, kontseptual harita, SWOT, T-jadval, Venn diagrammasi, piramida, baliq skeletidan foydalangan holda muammoni hal etishni rejalashtirishga tayyor ekanligidan va asoslangan esse va o’quv loyihasi bajarilishi to’g’risida hisobot yoza olishiga dalolat beradi;

  • (2) taqdimot ko’nikmalari: chiqish vaqtida, shu hisobda o’quv topshirig’i bajarilishi natijalari bo’yicha, siz o’zingizni o’qituvchi va boshqa talabalar bilan ishonchli tuta olasiz va har xil vositalardan foydalana olasiz;

  • (3) kommunikativ ko’nikmalar: o’qituvchi va talabalar o’rtasida o’quv munosabatlarini yarata olish xususiyati, o’z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, dialogga qo’shilish, mohiyati bo’yicha savol berish, asoslangan javoblarni berish, qoidaga rioya qilgan holda bahslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish;

  • (4) hamkorlikdagi ishlar ko’nikmalari: guruh bilan harakat qilishga tayyor bo’lish – o’quv topshirig’ini bajarish bo’yicha qo’shma faoliyatni jamoali rejalashtirish, umumiy masalalarni yechishda hamkorlik qilish, ishbilarmon sherikchilik va o’zaro aloqada bo’lish;

  • (5) muammoli holatlar tahlil qilish ko’nikmalari, o’quv vazifasini yechish, g’oyalarni generatsiya qilish va qarorlarni qabul qilishning nostandart usullarini topish, bu o’z navbatida sizning muammoli lektsiya, tahlilda va o’quv holatlarini (Keys stadi) hal etish faol ishtirokingizni ta’minlaydi.

  • (6) ma’lumotlarni qidirish, yig’ish, ishlov berish va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalana olishning amaliy ko’nikmalari: mustaqil ish natijalarini bezash bo’yicha o’quv topshiriqlarini bajarish (nutqlar, mustaqillar, o’quv loyihalari va boshqalar).



Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish