Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 3,3 Mb.
bet69/173
Sana28.05.2023
Hajmi3,3 Mb.
#945147
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   173
Bog'liq
Loyihalarni boshqarish UMK TAYYOR

Baholash nazorat kabi teskari aloqaning muhim ifodasidir. Ammo, nazorat va baholash orasida qator muhim farqlanishlar bor:
1)Nazoratda loyiha ijrosini doimiy kuzatish bo’lsa, baholash esa davriy oraliq yakunlar qilish ko’zda tutiladi;
2)Nazoratda loyihadagi ro’y berayotgan ikr-chikirlarga e’tibor jamlangan bo’lsa, baholashda e’tibor umumiy holatga qaratiladi;
3)Nazorat uchun loyiha raxbari javobgarlikka ega bo’lsa, baholashni ayrim shaxs yoki bir guruh loyihada bevosita qatnashmaydigan (xolislikni ta’minlash uchun) kishilar amalga oshiradi.
Baholash va nazorat o’rtasidagi ushbu amaliy farqlar quyidagi (uncha to’g’ri bo’lmagan) baholashning aniqlamasiga olib keladi: Baholash-loyihaning unda ta’kidlangan maqsadlariga nisbatan holatini aniqlash uchun xolisona davriy yakuniy xulosalarini chiqarishdir.
Baholash loyiha davomida va shuningdek, loyiha poyoniga yetganda o’tkaziladi: Bu ikki holatda ham baholashning ahamiyati turlicha. Loyiha davomida baholash o’tkazib, uning natijasini loyihaning undan keyingi siljishiga ta’sir qilish uchun foydalanishimiz mumkin. Xaqiqatda, loyiha davomidagi baholashning oqibatida loyiha muddatdan avval tugatilishi, loyiha maqsadlarini o’zgartirish yoki loyiha rejasini qayta tuzilishi mumkin.
Nazorat turlari nazoratni amalga oshirish zarurligining muhim sabablaridan biri shundan iboratki, har bir loyihachi - menejer, so’zsiz, o’z xatolarini vaqtida payqash xususiyatiga ega bo’lishi va ularning loyiha zarari tegishidan avval ularni to’g’rilashdan iborat.
Nazoratning uchta turi mavjud:

  • dastlabki;

  • joriy;

- yakuniy;
Dastlabki nazorat loyihani amalga oshirish bo’yicha ishlarning amalda boshlangunicha boshlanadi va ma’lum qoida va taomillarga rioya qilishga qaratilgandir.
Dastlabki nazorat, qoida bo’yicha, ishni mablag’ bilan ta’minlanishiga qaratilgan (mehnat, moddiy va moliyaviy manbalar).
Mehnat manbalari sohasida u lavozim majburiyatlari uchun zarur ishbilarmonlik va kasbiy bilim va ko’nikmalarni sinchkovlik bilan tahlil qilishga qaratilgan (zarur minimal ma’lumot darajasi, malakasi, ish staji, tavsiyanomalar va b.k. aniqlanadi).
Moddiy manbalar nazorati foydalaniladigan uskuna va materiallar tarkibi va sifatiga, texnikaviy shartlarga mos keladigan materiallar yetkazib berish imkoniyatlarini isbotlagan ishonchli ta’minotchilarni tanlash maqsadida amalga oshiriladi.
Moliyaviy manbalarni nazorat qilish jarayonida, loyihaning tasdiqlanadigan byudjeti bandlari chegarasida harajatlarning cheklangan miqdori vaqt muddatlarida shunday hisob bilan belgilanadiki, bu mablag’lar ishlar tugashigacha kifoya qilsin.
Joriy nazorat bevosita loyiha amalga oshirilayotgan paytda amalga oshiriladi.
Joriy nazorat ushbu turlarga ajratiladi:

  • vaqt nazorati (oraliq maqsadlar va ish hajmlariga erishish);

  • moliyaviy nazorat (moliyaviy mablag’larni sarflanish darajasi); - manbalar nazorati (moddiy - texnikaviy manbalarning amaldagi sarfi); - sifat nazorati (ish sifat darajasi).

Joriy nazorat loyihaning amalga oshirilishini tezkorlik bilan izga solish maqsadida bajariladi va loyiha bo’yicha belgilangan narx, vaqt va manba ko’rsatkichlarini erishilgan natijalarga taqqoslashga asoslangan.
Yakuniy nazorat loyiha bo’yicha ishlar nihoyasiga yetgan pallada loyiha yakunlanganligini integral baholash uchun o’tkaziladi. Shu asosda to’plangan tajriba kelgusi loyiha - analoglarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun umumlashtiriladi, boshqaruv tmoyillari takomillashtiriladi.
Nazorat tizimi loyihaning amalga oshirilishini tezkor baholashni ta’minlashi kerak. Bu bajarilayotgan ishlarning vaqti, narxi, manbalari va sifatini asoslash va ularni boshqarish, boshqarishda qaror qabul qilish uchun zarur. Loyihani amalga oshirilish bo’yicha nazorat tizimini tuzish davrida quyidagilarni aniqlash zarur:

  • nazorat qilinadigan ishlar tarkibi va darajasini mufasallashtirish;

  • birlamchi axborotni taqdim etish, ko’rsatkichlar tarkibi va shakli;

  • birlamchi axborot va yig’ma-tahliliy hisobotni taqdim etish muddati;

  • taqdim etilayotgan ma’lumotlar to’liqligi, ishonchliligi va muddatida topshirish uchun javobgar xodimlar;

  • tahliliy va grafik hisobotlar tarkibi, uslubi va texnologiyasi;

  • foydalaniladigan dasturiy - axborot vositalari majmui. Nazorat uchun javobgarlik. Nazorat tizimini tashkil etish jarayonida asosiy rahbarlar va ijrochilar o’rtasidagi vazifalarning aniq chegaralangani muhim ahamiyatga ega. Bu borada mavjud amaliyot hisobga olingan holda loyihani amalga oshiruvchi asosiy qatnashchilar orasidagi chegaralanish quyidagicha bo’lgani durust.

Loyiha rahbari quyidagilarni bajaradi:

  • Buyurtmachi, bosh pudratchi va pudratchilar orasidagi loyiha bo’yicha barcha turdagi faoliyatni muvofiqlashtirish;

  • Qurilish va materiallar yetkazib berish grafiklarini tayyorlash uchun javobgar;

  • Dastlabki ma’lumotlarni o’zgartirish bo’yicha ko’rsatmalarni bajarish uchun javob beradi;

  • Materiallar va uskunalar sotib olishga buyurtma tayyorlash uchun

javobgardir;

  • Loyiha harajatlari bo’yicha hisobot uchun ma’lumotlar taqdim etishga, muvofiqlashtiruvchi kengashlar o’tkazish uchun javob beradi.

Ijrochi - tashkilotlar rahbarlari (yoki javobgarlar) quyidagilarni amalga oshiradi:

  • ish bajarilishi uchun kundalikdagi nazorat.

  • texnikaviy topshiriqlarga binoan ishning barcha parametrlari bo’yicha hamma ishlar majmuini ta’minlash,

  • loyihadagi ishlar amalga oshirishning borishi xaqida loyiha komandasiga axborat taqdim etish,

 muvofiqlashtiruvchi kengashlarda qatnashish, loyiha amalga oshishini sozlash bo’yicha qarorlarni shakllantirish va amalga oshirish.



Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish