Nazorat savollari
1. Moliya bozoriga tushuntirish bering.
2. Moliya bozori qanday funksiyalarni bajaradi?
3. Moliya bozorining tarkibiy tuzilishi qanday?
7-mavzu: Moliya bozori tasnifi va turlari tavsifi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining o‘ta murakkabligi va uning tez o‘zgaruvchanligi, ishtirokchilar sonining ko‘pligi va xilma-xilligi, katta hajmlarda shartnomalar va amallarning bajarilishi, har xil turdagi axborotlarning mavjudligi va ularning almashinib turishi va boshqa omillarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi turli g‘ayri qonuniy ishlarning yuz berishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday hol investorlarning manfaatlari va huquqlarini paymol qilishga, ularning fond bozoriga nisbatan ishonchlarini kamaytirish, pirovard natijada esa, bozorning nufuzini pasaytirishi mumkin. Shu sababli qimmatli qog‘ozlar bozori davlat boshqaruvi vakolatli organlari tomonidan nazorat qilib turiladi va boshqariladi. Ikkinchi yo‘l bilan bozorni boshqarishga quyidagilar qo‘llaniladi: -pul-kredit siyosatini yuritish va shu orqali foiz stavkalariga ta’sir qilish; - soliq siyosatini o‘tkazish; - xususiy sektorning depozit kreditlari bo‘yicha kafolatlarni muvofiqlashtirish; - korporatsiyalar hamkorligida kredit uchun raqobat yo‘lida davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish; - tashqi iqtisodiy faoliyatdagi holatni inobatga olish. Qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqarish Moliya vazirligi, Markaziy bank yoki boshqa davlat organlariga yuklatilishi mumkin.
Nazorat savollari.
1. Moliya bozoriga tushuntirish bering.
2. Moliya bozori qanday funksiyalarni bajaradi?
3. Moliya bozorining tarkibiy tuzilishi qanday?
4. Qimmatli qog‘ozlar deganda nimalar tushuniladi?
“Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda ob’ektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir kо‘rsatishni anglatadi. Moliya tizimi doirasida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash har doim ma’lum bir maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Bu narsa ma’lum bir tarzda boshqaruv sxemasini tashkil etishni taqazo etadi. SHu ma’noda va eng umumiy kо‘rinishda boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadga yо‘naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi.
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag‘larining etarli bо‘lmagan hajmda va о‘z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromadlarning olinishida uzilishlarning bо‘lishiga, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yо‘qotmalarning bо‘lishiga olib keladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini quyidagicha aniqlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |