1. Soliq tо‘lovchilar va soliq solish ob’ekti Ijtimoiy soliqni soliq tо‘lovchilari debquyidagilar e’tirofetiladi: -О‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
-О‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi О‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bо‘lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari;
Soliq Kodeksning 408 va 409-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijtimoiy soliq tо‘laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari.
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq tо‘lashga doir xarajatlariijtimoiy soliqning (bundan buyon ushbu bо‘limda soliq deb yuritiladi)soliqsolish ob’ektidir. О‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar kо‘rsatishga doir shartnomalar bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi norezidenti bо‘lgan yuridik shaxsga tо‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish ob’ektidir.
Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish ob’ektidir.
Quyidagilarsoliqsolishob’ektihisoblanmaydi: ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bо‘lganligi yoki sog‘ligiga boshqacha shikast etganligi bilan bog‘liq zararning о‘rnini qoplash tarzidagi, Soliq kodeksi 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida kо‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;
-paxta yig‘im-terimi bо‘yicha mavsumiy qishloq xо‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi tо‘lashga doir xarajatlar.
SoliqnihisoblabchiqarishuchunsoliqbazasiSoliqkodeksining371-moddasigamuvofiqtо‘lanadiganxarajatlarsummasisifatidaaniqlanadi. О‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek О‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi ularning О‘zbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda qayta hisoblab iqariladigan, ular О‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida mehnatga haq tо‘lash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Soliq Kodeksi 403-moddasining ikkinchi qismida kо‘rsatilgan daromadlar bо‘yicha soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi chet ellik xodimlarga tо‘lanadigan daromadlar summasi sifatida, biroq О‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar kо‘rsatishga doir shartnoma bо‘yicha xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bо‘lmagan summada belgilanadi.
Soliq stavkalari, agar Soliq kodeksining 408-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bо‘lsa, quyidagi miqdorlarda belgilanadi: