Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari



Download 5,22 Mb.
bet11/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) quyidagilardan iborat:
-byudjet siyosati;
-soliq siyosati;
-pul siyosati;
-kredit siyosati;
-baho siyosati;
-investitsion siyosat;
-ijtimoiy moliyaviy siyosat;
-boj siyosati.
О‘z navbatida, moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning vositasi bо‘lib hisoblanadi va shu ma’noda yordamchi rolni о‘ynaydi. Bir vaqtning о‘zida davlat siyosatining boshqa - milliy, geosiyosat, harbiy - yо‘nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yо‘nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) yig‘indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy instrumenti sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi.
Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvning yuqori (oliy) organlariga tegishlidir. Mamlakatning sub’ektlari darajasida moliyaviy siyosat borasida qarorlarning qabul qilinish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funksiyalari byudjet va mahalliy soliqlar bilan chegaralanadi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitusiyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlarining funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. О‘zining hajmi va muhimligi jihatidan eng katta ish bо‘lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas.
Qonun byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari funksiyalarini, mamlakat sub’ektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi prinsiplarini, byudjet jarayoni sub’ektlarining huquq va majburiyatlarini va xokazolarni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi.
Byudjet siyosati byudjetda konsentratsiya qilinadigan (tо‘planadigan) YAIM hissasini aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlarining о‘zaro munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar о‘rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yо‘llarini aniqlashda va xokazolarda ifodalanadi.
Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning о‘z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qо‘lida konsentratsiya qilingan (tо‘plangan) pul mablag‘larining harakati о‘z ifodasini topadi. Davlat siyosati aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yо‘naltirish byudjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi.
Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta’minlaydigan mablag‘lardan kо‘p mablag‘ talab etsa, davlat qо‘shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qо‘llashga majbur bо‘ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va mol-mulkni ijaraga berish va konsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini tо‘ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yо‘qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi.
Besh yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yо‘nalishi) hisoblanadi nisbatan munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bо‘lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil topadi:
-soliqlarsiz davlatning faoliyat kо‘satishi mumkin emas;
-soliqli undirish qat’iy о‘sish tendensiyasiga ega;
-oqilona soliq ostonasidan о‘tilganidan sо‘ng tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi-iqtisodiyotning о‘z-о‘zidan buzilishi (emirilishi) sodir bо‘ladi;
-tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada о‘rnatilmog‘i lozim. Buning natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish hisobidan tiklanadi;
-soliqning yuqori ostonasi kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi;
-iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar о‘lchovlarda sof daromadning 30 foizdan ortiq qismining undirilishida mamlakatning iqtisodiy о‘sishi tо‘xtaydi;
-soliq imtiyozlari ochiqlik xarakteriga ega bо‘lishi va barcha takror ishlab chiqarish sub’ektlari uchun teng bо‘lishi kerak;
-soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bо‘lmasligi lozim. Faqat, jumladan, individual daromadlarning о‘sishida ifodalangan milliy boylikning о‘sishi soliqqa tortiladigan bazaning (asosning) barqaror о‘sishini ta’minlashi mumkin;
-qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda soliqlarning summar о‘lchovi barqaror о‘sish tendensiyasiga ega bо‘ladi. Barqarorlik kafolati sifatida davlat о‘zining majburiyatlarini buzishni boshladimi, kapital xufyona iqtisodiyotga yoki xorijga о‘tishni boshlab, byudjetning daromadlar bazasini (asosini) qisqartiraveradi;
-soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bо‘lmog‘i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa tortish ob’ektlarini kо‘paytirish, kо‘p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bо‘yicha xarajatlarning ortishiga, boqimanda va jarimalarning о‘sishiga va pirovardida, mulkni qamoqqa olish, soliq tо‘lovchini kasod deb e’lon qilish va xokazo yо‘llar orqali iqtisodiyotning emirilishiga olib keladi;
-soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda, mamlakat aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib keladi. Chunki bunday soliqlarning yuki tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) iste’molchisi gardaniga (zimmasiga), ya’ni yashash minimumi darajasida yoki ijtimoiy tirikchilik darajasida daromadga ega bо‘lgan aholining 80-90 foiz qismiga yuklanadi. Bu paradoks daromadlarning turli darajalarida iste’molning nisbatan bir xil darajasiga asoslangan;
-egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi shundaki, bu tizimda aholining asosiy qismidan jamg‘armalar olib qо‘yiladi va bu, о‘z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi moliyaviy bozor tizimining asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz kechgan AQSH tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir;
-egri (bilvosita) soliqlarni sog‘liq uchun zararli bо‘lgan tovarlar, zebu-ziynat buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va xizmatlar va boshqa bir qancha о‘ziga xos bо‘lgan maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur;
-daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi bо‘lib hisoblanishi (xizmat qilishi) kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga asosan qurmoq lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha a’zolarining samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolaveradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag‘batlantirilishini (motivatsiya qilinishini) olib qо‘yadi, ya’ni mehnat daromad keltirishi lozim.
Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita namoyon bо‘ladi-yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi (toraytiradi), jamiyatda iste’mol darajasi pasayadi va bu narsa, о‘z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining о‘sish bazalarining (asoslarining) pasayishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yо‘nalishlaridan) yana biri pul siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining etmagan qismi qog‘oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan tо‘ldiriladi (tiklanadi).
Va aksincha, agar pul massasi unga bо‘lgan talabdan ortiq bо‘lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodir bо‘ladi. Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi mamlakatning qonunchiligiga ham bevosita bog‘liq-mamlakatda xorijiy valyutaning muomalada bо‘lishiga ruxsat beriladimi yoki yо‘qmi, milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yо‘qmi? va xokazo.
Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul birligiga nisbatan milliy pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi.
Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi pul siyosatining tarkibiy qismlaridir (yо‘nalishlaridir). Emission siyosat muomala uchun zarur bо‘lgan pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yо‘nalishga ega. Bu yо‘nalish byudjet daromadlarini kо‘paytirishdir. Ana shu yо‘nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki ma’lum bir miqdoriy chegaradan о‘tilganidan sо‘ng pul tizimi inflyatsiyaga moyil (ta’sirchan) bо‘lib qoladi, ya’ni byudjet daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bо‘lishi mumkin.
Agar qandaydir bir sabablarga kо‘ra davlat о‘z pul tizimini tartibga solishga qodir bо‘lmasa, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur etadi. Chunki bunday sharoitda mamlakatning milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalarning ekspansiyasiga qarshi turaolmaydi va milliy boylikdan mahrum bо‘lib qolish mumkin (о‘zaro hisobga olishlar, aksiyalarni sotib olish va xokazolar orqali).

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish