Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet10/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Bir vaqtning о‘zida ijtimoiyistik lager mamlakatlariga juda katta miqdordagi moliyaviy yordamlar kо‘rsatildi:
-ularning taraqqiyotida ijtimoiyistik orientatsiyani (yо‘nalishni) ta’minlash uchun;
-ijtimoiyistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga aylantirish uchun;
-kuchli harbiy ittifoqchilarni shakllantirish va umuman mudofa qobiliyatini mustahkamlash uchun.
Bu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng avvalo, neft va gaz qazib chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur’atlarda rivojlantirish talab etildi. YAngi qazilma-boyliklarini о‘zlashtirish (ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bо‘lishini taqoza etdi. Chunki bu narsalar faqatgina yangi hududlarni о‘zlashtirish, о‘sha tumanlarga ishchi kuchining migratsiyasining (mehnatga haq tо‘lashning oshirilgan normalari bilan birgalikda) zarurligi bilan kuzatilmasdan, balki neft va gaz quvurlarini qurish bilan birgalikda davom etdi.
Xalqaro bozorda neft va gazning bahosi yuqori bо‘lib turgan paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni ma’lum darajada qoplagan edi. SHunday bо‘lishiga qaramasdan, bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirish Milliy daromadni tegishli tarzda qayta taqsimlanishini talab qildi. Buning natijasida mamlakatda harbiy-sanoat kompleksi taraqqiy etgan bir tomonlamali iqtisodiyot yaratildi.
Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-nazaridan urushdan keyingi davrning moliya siyosati va uni amalga oshirish choralarini nosamarali deb aytish unchalik tо‘g‘ri bо‘lmaydi. Hukumat dasturlarida aholi turmush darajasi oshganligining deklaratsiya qilinganligi, albatta, bu boshqa narsa. Shunday bо‘lishiga qaramasdan aholining turmush darajasi mehnatga haq tо‘lashning darajasiga va qishloq xо‘jaligi, oziq-ovqat va engil sanoat, fuqarolik qurilishi va iste’mol predmetlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning rivojlanish darajasiga bog‘liq.
Agar harbiy sanoat kompleksida (mamlakat aholisining kattagina qismi shu sohada band edi) mehnatga haq tо‘lashning darajasi qiyosiy jihatdan yuqoriroq bо‘lishiga qaramasdan, hatto unga band bо‘lgan aholi ham о‘zining iste’mol talablarini qondirish imkoniyatiga ega emas edi. SHuning uchun ham iste’mol bozorining rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi davrda sovet davlati moliya siyosatining samaradorligini salbiy baholashning sababidir.
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlashning negizida quyidagilarning yotishi prinsipial ahamiyatga egadir:
-taqsimlash munosabatlarining sub’ektlarini tanlash, ya’ni moliyaviy resurslarning egalari va taqsimlovchilarini tanlash;
-yuridik shaxslar va aholining о‘z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik darajasi va davlatning funksiyalariga bog‘liq ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslarning markazlashtirilish darajasini aniqlash;
-birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini aniqlash va shularga mos ravishda moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor yо‘nalishlarini belgilash;
-moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va metodlarini tanlash.
Moliyaviy siyosat kо‘p о‘lchamli(dir) tushuncha hisoblanadi. Agar umumiy holda uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqichlarida hukmronlik qilgan nazariy konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni boshqarishda davlatning ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat munosabatlarining elementlari bо‘yicha differensiatsiya qilinishi (tabaqalanishi) moliya tizimining rivojlan-ganligiga va uning ayrim (alohida) bо‘g‘inlarining mustaqilligiga bog‘liq bо‘ladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish