Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet6/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromadlarni chegaralab (cheklab) qо‘ygan mamlakatlarda iqtisodiyot о‘sish bazasiga (asosiga) ega emasdir. Bunday mamlakatlar ma’lum bir vaqt о‘tganidan sо‘ng nisbatan boyroq bо‘lgan mamlakatlarning ta’siri ostida bо‘lib qoladi. Chunki mamlakat ichki manbalarining qisqarishi tashqi qarzga olishlar evaziga qoplanadi. О‘z navbatida, tashqi qarzlarni qaytarishning manbai bо‘lib faqat soliqlar va davlat mulki xizmat qilishi mumkin.
Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining balanslashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi (izdan chiqadi). Bularning barchasini iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish va mehnat bozorini yaratish deb atash mumkin. Agar ijtimoiy portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi kambag‘al qatlamlarini qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha qо‘shimcha ravishda majburiyatlarni о‘z zimmasiga olsa, bu ham sog‘lom takror ishlab chiqarish jarayonlarining buzilganligidan darak beradi.
Markazlashtirilgan rejali tizimni bozor mexanizmi bilan tо‘liq almashtirilganligi sharoitida eski taqsimlash tizimining saqlanib qolishi mumkin emas. Biroq yangi tizimni yaratishda sanoat texnologiyasining holati, sanoatning tarkibiy tuzilishi, raqobatbardoshlik va boshqa omillar inobatga olinishi kerak. Boshqa mamlakatlarning bu boradagi tizimidan nusxa olish о‘z davlatchiligiga va faniga ega bо‘lmagan kuchsiz rivojlangan mamlakatlargagina xosdir.
Takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlanishini tahlil qilishni tanlab, kapitalning real harakatida faqat moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan chegaralanish kerak emas. Bundan tashqari, kapitalning milliy chegaralarni tan olmasligini ham e’tirof etmoq lozim. Chunki bunga faqat birja va bank sohalarining о‘ziga xos xususiyatlari emas, balki transmilliy kompaniyalarning keng rivojlanishi ham о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Taqsimlash jarayonida moliyaning roli va о‘rnini kо‘rsatish uchun JIMning о‘rniga YAIMdan foydalanish mumkin. Chunki har ikki kо‘rsatkichlar о‘zlarining afzalliklari va kamchiliklariga ega.
Masalan, YAIM tarkibiga mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bо‘lgan moddiy xarajatlar kiritilmaydi. Bir vaqtning о‘zida esa, JIMning tarkibi noishlab chiqarish xizmatlarisiz bо‘lib, ularning salmog‘i yuqori darajada taraqqiy etgan jamiyatlarda jamiyat jarajatlarining1/3 qismini tashkil etadi. Biroq taqsimlashning kо‘pqadamli ekanligi inobatga olinadigan bо‘lsa, JIM kо‘rsatkichi yuqoridagi maqsadlar uchun ma’lum bir afzalliklarga ega ekanligi ma’lum bо‘ladi. Chunki u takror ishlab chiqarishning muhim sohasi bо‘lgan moddiy ishlab chiqarish sohasini о‘zida tо‘liqroq aks ettiradi.
Jami ijtimoiy mahsulot quyidagi ikki asosiy qismdan iborat:
-mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish vositalarining qiymati (mehnat qurollari va mehnat predmetlari);
-milliy daromad (ishchi kuchi va qо‘shimcha mahsulotning qiymati).
Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun davlat subsidiyalaridan yoki bank kreditidan foydalanish kerak. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab chiqarish sohasidan chetda shakllanadi. Jami ijtimoiy mahsulotning qiymatidan sarflangan ishlab chiqarish vositalarini tiklashni (amortizatsiya ajratmalari, materiallar, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib olish, yoqilg‘i elektroenergiyani xarib qilish kо‘rinishlarida va xokazo) taqsimlash jarayonlariga kiritish mumkin emas. Bu tiklanish takror ishlab chiqarishning uzluksiz zarurligi bilan belgilanadi. Chunki usiz jamiyatning bо‘lishi (amal qilishi) mumkin emas. Lekin shaklan bu jami ijtimoiy mahsulotni taqsimlash jarayonidir.
Agar moddiy ishlab chiqarish sohasini yagona (alohidalashgan) tizim sifatida qabul qilinsa, u holda keyingi qayta taqsimlash milliy daromaddan faqat soliqlarni tо‘lashga borib tugar edi. Biroq taqsimlashning real sohasida faqat davlat (soliq tizimi orqali) ishtirok etibgina qolmasdan, balki xizmat kо‘rsatish sferasi, maorif, sohliqni saqlash, bank tizimi va xokazolar ham qatnashadi.
Davlat о‘z daromadlarini shakllantirib, ular hisobidan, xususan, byudjet sohasining xodimlariga ish haqi tо‘laydi. Byudjet sohasida ishlaydiganlar esa, о‘z navbatida, davlat byudjetining daromadlarini shakllantirishga yо‘naltirilgan soliqlarni tо‘laydilar. Fuqarolar о‘zlarining shaxsiy daromadlari hisobidan turli xizmatlarning haqini tо‘laydilar, sug‘urta fondlariga ajratmalar (badallar) qiladilar, bank kreditidan foydalanganliklari uchun foizlarni qayta-radilar.
Korxonalar xizmat kо‘rsatib olgan daromadlari hisobidan ham soliqlar tо‘laydilarki, ular byudjet daromadlarini shakllantirishga yо‘naltiriladi. Taqsimlashning tarkibiga kiruvchi barcha munosabatlar ham moliya bо‘lavermaydi. Lekin taqsimlashning chegarasidan chetda moliya mavjud emas.
Jami ijtimoiy mahsulotning ikkiga bо‘linishi bilan xarakterlanadigan taqsimlashning birinchi bosqichidan sо‘ng ikkinchi bosqich boshlanadiki, unga muvofiq milliy daromad jamg‘arish fondi va iste’mol fondiga bо‘linadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish