12-Mavzu: Moliyaviy nazorat
Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’ektiv xos bо‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bо‘lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yо‘nalishda (aspektda) qaraladi:
-barcha iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq reglamentatsiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati;
-moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro - va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elenmenti.
Moliyaviy nazoratning har ikki yо‘nalishi (aspekti) bir-biri bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lsada, nazoratning maqsadi, metodi va sub’ektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi.
13-Mavzu: Xо‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi
1.Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi bilan о‘zaro bog‘liqligi
Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti sub’ektlari va aholining pul daromadlari va jamg‘armalari asosida shakllanib (tashkil topib), о‘zaro bog‘langan quyidagi bо‘g‘inlardan tashkil topadi:
-respublika va mahalliy byudjetlar, davlat maqsadli fondlari byudjetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; davlat (unitar) xо‘jalik yurituvchi sub’ektlari (XYUS) va davlatning ishtirokidagi XYUSlar moliyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag‘lar, uy-rо‘zg‘or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati – inson kapitali kiradigan moddiy kapital kо‘rinishidagi milliy boylik hajmi (о‘lchami)ni kiritish mumkin;
-xususiy XYUSlar moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tashqari aktivlar va aylanma aktivlarining yig‘indisidan tashkil topadi. Bu erda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daromadli quyilmalar, uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iboratdir.
1.Davlatning moliyaviy salohiyati nimalar asosida shakllanadi?
2Davlatning moliyaviy salohiyati о‘zaro bog‘langan qanday bо‘g‘inlardan tashkil topadi?
3.Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga nimalarni kiritish mumkin?
4.Aylanmadan tashqari aktivlarning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |