5-Mavzu: Sug‘urta, uning iqtisodiy mohiyati va funksiyalari 1-misol
Sug’urta tashkiloti yil davomida 5 xil sug’urta xizmati yo’nalishlarida operatsiyalarni amalga oshirib ,quyidagi tushumlarga ega bo’ldi;
Shaxsiy sug’urtalash bo’yicha badallar to’lovidan-26890.5ming so’m
Bank kreditlarini sug’urta kafolati bo’so’myicha tushumlar-78936.87 ming
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo’shma korxonalar faoliyatini sug’urtalashdan tushgan tushumlar-105654.7 ming so’m
Bundan tashqari tashkilot faoliyatida yillik xarajatlar quyidagiga teng bo’ldi;
Xodimlar ish haqi uchun ajratilgan mablag’lar15000.0ming so’m
Sug’urta qoplamalarini to’lash xarajatlari-65993.2ming so’m
Ogohlantirish tadbirlarini o’tkazish sarflari -9658.5ming so’m
Soliq va boshqa majburiy to’lovlar xarajatlari – 39697.4 ming so’m
boshqa xarajatlar-16808.79ming so’m
shu ma’lumotlar asosida sug’urta tashkilotining yillik daromadlari va xarajatlari miqdori hamda uning sof foydasi aniqlansin.
Yechish:
A)dastlab sug’urta tashkilotini daromadlar miqdori aniqlanadi:
Dyil=26890.5+19489.25+78936.87+105654.7=225971.32
b) yil davomida xarajatlat summasi hisoblanadi:
Xyil= 15000.0+65993.2+9658.5+39697.4+16808.79=147157.89
c) umumiy daromad va xarajatlarning farqi va sof foyda hisoblanadi:
2-misol Sug’urta tashkilotini sof foydasi 78813.43ming so’mdan iborat bo’lib ,uning jami xarajatlar miqdori 147157,89ming so’mni tashkil etadi,uning sug’urta xizmatlarini ko’rsatish faoliyati rentabelligini aniqlang.
Yechish:
R= SF/Xyil*100=78813.43/147157.89*100=53.5%
6-Mavzu: Moliya bozori va instrumentlari
Moliya bozori – bu moliyaviy (pul) resurslari va investitsion qiymatliklarni (moliyaviy resurslarni tashkil qilish vositalarini) sotuvchilari va xaridorlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar sohasi. Moliya bozori valyuta, qimmatli qog‘ozlar, ssuda kapitali yoki pul bozorlari tizimidan iborat. Moliya bozori keng ma’noli va murakkab iqtisodiy toifani tashkil qiladi hamda muayyan moliya muassasalari orqali o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan mulk egalari bilan sarmoya, qarz oluvchilar o‘rtasidagi munosabatni tasvirlaydi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti uchun moliya bozori o‘ziga xos «asab markazi» hisoblanadi, uning rivojlanish darajasiga qarab mamlakat iqtisodiyotining «ahvoli» hakida fikr yuritish mumkin, chunki moliya bozoriga ta’sir ko‘rsatib, jamiyatning iqtisodiy faoligini boshqarish mumkin. Bilamizki, insoniyat tarixida jamg‘armalardan foydalanishning eng keng tarqalgan ikki usuli ma’lum: naqd pullarni saqlash yoki qimmatli qog‘ozlar sotib olish.