Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i bо‘yicha imtiyozlar



Download 5,22 Mb.
bet127/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

2.Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i bо‘yicha imtiyozlar
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq solinadigan baza quyidagilarning о‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga (о‘rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi:
1) kommunal xо‘jaligi ob’ektlarining. Kommunal xо‘jaligi ob’ektlariga quyidagilar kiradi: vodoprovod tarmoqlari (suv chiqarish inshootlari bilan), kanalizatsiya tarmoqlari (tozalash inshootlari bilan), gaz va issiqlikni taqsimlash tarmoqlari (ulardagi inshootlar bilan), kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun qozonxonalar (shu jumladan asbob-uskunalar);
2) madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot sohasiga kiradigan ijtimoiy-madaniy soha ob’ektlarining;
5) sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari ob’ektlarining;
8) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob’ektlarning. Ob’ektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob’ektlarga kiritish tegishli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoki davlat yong‘in nazorati organining ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi;
9) umumiy foydalanishdagi temir yо‘llar va avtomobilь yо‘llari, magistralь truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalarining, shuningdek Soliq ob’ektlarning ajralmas texnologik qismi bо‘lgan inshootlarning;
10) soliq tо‘lovchining balansida bо‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob’ektlarning;
Quyidagilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod qilinadi:
1) sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya hamda ijtimoiy ta’minot, ta’lim, madaniyat va san’at tashkilotlari;
2) uy-joy-kommunal xо‘jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xо‘jaligi korxonalari. Uy-joy-kommunal va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xо‘jaliklari jumlasiga uy-joy fondini bevosita boshqarish, saqlash hamda undan foydalanishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, sanitariya tozalash va yig‘ishtirish, obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish, shaharlar hamda shaharchalarni tashqi yoritish, vodoprovod suv olish inshootlaridan, taqsimlanadigan tarmoqlardan (tozalovchi inshootlari bilan) foydalanish va suvni taqsimlash, kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanish (tozalash inshootlari bilan), gaz taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish hamda gazni taqsimlash, qozonxona, issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish va kommunal-maishiy ehtiyojlarga hamda aholiga issiqlikni taqsimlashni bevosita amalga oshiruvchi tashkilotlar, xizmat binolarining xо‘jalik boshqarmalari, о‘t о‘chirish komandalari, uy-joy-kommunal xо‘jaligining xо‘jalik boshqarmalari, uy-joy-kommunal xо‘jaligi va shahar xо‘jaligining umumfuqaroviy ahamiyatga molik boshqa korxonalari kiradi;
3) yangi tashkil etilgan korxonalar - davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida.
Mazkur imtiyoz qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar negizida tashkil etilgan korxonalarga, shuningdek boshqa korxonalar hududida shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalardan foydalangan holda о‘z faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslarga nisbatan qо‘llanilmaydi;
4) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini - yuridik shaxslarni davlat rо‘yxatidan о‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish tо‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran.
Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tо‘xtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda, Soliq imtiyoz qо‘llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qо‘llanilgan butun davr uchun tо‘liq miqdorda undiriladi.
Yuridik shaxslar - davlat mulki ob’ektlarini sotib oluvchilar uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi davlat mulki ob’ektlariga tо‘g‘ri keladigan soliq summasiga kamaytirilib, bо‘shagan mablag‘lar xususiylashtirilgan ob’ektlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ularni rivojlantirishga maqsadli tarzda yо‘naltiriladi. Soliq imtiyozi oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan e’tiboran 12 oy mobaynida qо‘llaniladi.
Nazarda tutilgan imtiyozlar normativ muddatda tugallanmagan qurilish ob’ektlariga, bо‘sh turgan binolarga, yashash uchun mо‘ljallanmagan inshootlarga, shuningdek qaysi foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari bо‘yicha ulardan samarasiz foydalanilayotganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xulosa chiqarilgan bо‘lsa, о‘sha ob’ektlarga nisbatan qо‘llanilmaydi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi soliq solinadigan bazaning 2 foizi miqdorida belgilanadi. Normativ muddatlarda belgilanmagan jihozlar va normativ muddatda tugallanmagan qurilish ob’ektlariga mol-mulk solig‘i ikki karra oshirilgan stavkada tо‘lanadi.
Normativ muddatda tugallanmagan qurilish ob’ektlari, bо‘sh turgan binolar, yashash uchun mо‘ljallanmagan inshootlar bо‘yicha, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari bо‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Soliq maydonlardan samarasiz foydalanilayotganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqarilgan xulosa asosida, oshirilgan stavkalar bо‘yicha tо‘lanadi.
Soliq davri bо‘lib, kalendar yil hisoblanadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish