Nazorat savollari
Korporativ boshqaruvining institutional asoslarini ayting.
Korporativ huquq tushunchasi nima?
Korporativ huquqning belgilarini aytib bering.
Korporativ me’yoriy hujjatlari tartibga solish nima?
Korporativ boshqaruv dasturini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ayting.
Korporativ boshqaruvning andozalarini ayting.
Korporativ boshqaruv kodeksiga qoyiladigan talablarni aytib bering.
7-MA’RUZA. KORPORATIV BOSHQARUV ORGANLARI
Korporativ boshqaruv organlarining mohiyati va zarurligi
Korporativ hulq-atvor kodeksi
Korporativ boshqaruv organlarining mohiyati va zarurligi
O‘zbekiston Respublikasida 1996-yil 26-apreldagi N 223-1 sonli «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» qonunida ko‘rsatilganidek, aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv organlariga quyidagilar kiradi:
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi;
Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi);
Ijroiya organi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatni boshqarishning oliy organidir. Jamiyat har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi (aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishi)ni o‘tkazishi shart.
Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin ko‘pi bilan olti oy ichida o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi (taftishchisi)ni saylash to‘g‘risidagi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni bekor qilish) mumkinligi to‘g‘risidagi, auditorlik tekshiruvi o‘tkazish haqida qaror qabul qilish to‘g‘risidagi masalalar, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash masalalari hal etiladi, shuningdek, jamiyatning yillik hisoboti va boshqa hujjatlar qarab chiqiladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlari navbatdan tashqari yig‘ilish hisoblanadi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana va uni O‘tkazish tartibi, yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan material (axborot)lar ro‘yxatini jamiyatning kuzatuv kengashi belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |