4.Korporativ boshqaruv reytingini integral baholash. 5.Korporativ boshqaruv sifatiga qarab reyting sinflari. 6.Reytingni hisob-kitob qilishda qanday ma’lumotlardan foydalaniladi? 7.Korporativ boshqaruvda reyting darajalari. 8.Korporativ boshqaruvda monitoring tizimi.
14-MA’RUZA. KORPORATIV BOSHQARUVDA AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA Boshqaruv va moliyaviy hisobi boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonini axborot bilan ta’minlash manbai sifatida
Korporatsiyalarda moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilar va hisobot shakllari talablari
Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlaridan axborot manbai sifatida foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari
Boshqaruv va moliyaviy hisobi boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonini axborot bilan ta’minlash manbai sifatida
Boshqaruv hisobi boshqaruvni axborot bilan qo‘llab-quvvatlash tizimidir. Boshqaruv hisobining maqsadi barcha darajadagi korxonalarning menejerlarini boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborot bilan ta’minlashdan iborat. U mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilish va xarajatlarni boshqarish, uzoq muddatli rejali va byudjet tuzish, byudjetlar ijrosini nazorat va tahlil qilish, og‘ishlar bo‘yicha boshqaruv usullarini, xilma-xil va ko‘p sonli vaziyatga oid boshqaruv qarorlari uchun axborot tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobining alohida kichik tizimi bo‘lib, moliyaviy hisobni ham qamrab oladi, ularning har birini o‘z maqsad va vazifalari bor.
Moliyaviy hisobning maqsadi korxonaning hisobotini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash va taqdim qilishdir. Moliyaviy hisobot ma’lumotlari taqqoslanadigan bo‘lishi va undan tashqi foydalanuvchilar, investorlar va kreditorlar korxonaning moliyaviy holatiga uning to‘lov qobiliyatiga ob’ektiv baho bera olishlari uchun zarur axborot bo‘lishi lozim. Moliyaviy hisob Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartldari kabi aniq standart va belgilangan me’yorlar asosida yuritilishi lozim.
Boshqaruv hisobi korxonani boshqarishning hamma darajalarida rahbariyat tomonida ichki foydalanish uchun hisob axborotnining barcha turlarini qamrab oladi. Boshqaruv hisobini menejerlarga rejalashtirish, nazorat qilish, qarorlar qabul qilish kabi jarayonlarda yordam berish maqsadida ularga moliyaviy va nomoliyaviy axborot berish deb ta’riflash mumkin.
Korxona rahbariyati uchun mo‘ljallangan boshqaruv hisobi ma’lumotlariga qo‘yiladigan talablar moliyaviy hisobotlarga chva tashqi foydalanishga taqdim qilingan ma’lumotga qo‘yiladigan talabdan boshqachadir.
Boshqaruv va moliyaviy hisob o‘rtasida o‘xshashliklar ko‘p, chunki ikkalasi ham korxonaning hisob tizimidan foydalanadi. Biroq hisobning bu ikki turi bir-biridan katta farq qiladi. Eng muhim farqlar quyidagilardan iborat.