Korxona to‘g‘risidagi axborotlarining oshkora qilinishi
Axborotlarni boshqarish — bu kompaniyaning ma’lum darajadagi qarorlarini qabul qilishi demakdir. Iqtisodiy asoslangan qaror qabul qilish tegishli axborotlardan samarali foydalanish bilan belgilanadi. Buyuk davlat arbobi Napoleon «Boshqarish — oldindan ko‘ra bilish, buning uchun esa kerakli axborotlarga ega bo‘lish lozim» — deb ta’kidlagan.
Taniqli shveysariyalik iqtisodchi olim I.SHer esa «Buxgalteriya hisobi kompaniyaning o‘tmishini shubhasiz aniq baholovchi, hozirgi zamonini zaruriy yo‘ldoshi va boshqaruvchisi, xo‘jalik faoliyati kelajagi uchun har tomonlama nisbatan istiqbolli maslahat beruvchisi hisoblanadi» — deb ta’riflaydi.
Bunday hisob ma’lumotlarining roli va imkoniyatlari haqidagi tushuncha, kompaniyalarda buxgalteriyaning oddiy hisob bo‘limidan xo‘jalik faoliyatining moliyaviy masalahatchisi va menejeriga aylantirmoqda. Moliyaviy hisobotlar korxona moliyaviy faoliyatining «oxirgi natijalari» hisoblanib qolmasdan samarali iqtisodiy faolligini rag‘batlantirishdagi zaruriy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborotlar manbalariga aylanmoqda.
Umuman bu ikki ta’rifdan shuni ko‘rishimiz mumkinki, boshqarish oldindan ko‘ra bilish hisoblanadi, uning uchun zaruriy axborotlarga ega bo‘lish lozim.
Bunday axborotlarning asosiy manbalari esa buxgalteriya hisobi va uning hisobotlar tizimi hisoblanadi.
Kompaniyalarda moliyaviy axborotlar samaradorligini boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun axborotlar manbalariga aylanmoqda.
Kompaniyalarda moliyaviy axborotlar samaradorligini boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydalaniladigan axborotlar tizimi orqali aniqlanadi. Kompaniyalarda moliyaviy axborotlar bazasini shakllantirish moliyaviy faoliyatni boshqarish uchun strategik qarorlar qabul qilish va mazkur strategik qarorlarni amalga oshirishning taktik usullarini ishlab chiqish kabi samarali joriy boshqarishga muvofiq keluvchi maqsadli yo‘naltirilgan axborotlar ko‘rsatkichlarini tanlash jarayonini o‘z ichiga oladi.
Ma’lum kompaniyalar uchun moliyaviy axborot ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirish uning tarmoq xususiyatlari, tashkiliy huquqiy shakllari, ishlab chiqarish hajmi, xo‘jalik faoliyati diversifikatsiya darajasi va boshqa shart-sharoitlarga bog‘liq.
Axborotlar bazasiga kiritiladigan ko‘rsatkichlarning jami axborotlar manbalari turlari bo‘yicha guruhlashtiriladi va kompaniyalar amaliy faoliyatida har qaysi guruhlar bo‘yicha qat’iy aniqlashtirishlar talab qilinadi.
Kompaniyalar faoliyatini boshqarishda axboorotlarning asosiy manbalari bevosita kompaniyalar iqtisodiy faoliyatini tartiblashtiruvchi buxgalteriya va moliyaviy hisobotlar tizimi hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar iqtisodiy faoliyati natijalaridan davlat bilan birgalikda boshqa iqtisodiy sub’ektlar ham manfaatdordir. SHuning uchun ham iqtisodiy faoliyat, xususan, ishlab chiqarish faoliyati natijalarini o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy axborotlarni shakllantirish muhim iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Quyidagi jadval orqali buni ko‘rib o‘tishimiz mumkin.