Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 1,38 Mb.
bet82/237
Sana31.12.2021
Hajmi1,38 Mb.
#256343
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   237
Bog'liq
АндМИ Бухг хисоби МАЖМУА

Amaliy mashg’ulot - o’quv ishlarining mantiqiy davomi bo’lib, bu termin talabalarning mustaqil auditoriya ishlarining umumiy tushunchasi hisoblanadi. Agar ma‘ruzada ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadigan bo’lsa, amaliy mashg’ulotlarda bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va detallashtiriladi. Eng muhimi, amaliy mashg’ulotlar talabalarning bilimini sinashga xizmat qiladi. Amaliy mashg’ulotlarda mashqlar, laboratoriya ishlarini o’tkazish, har xil ilmiy tajribalarni o’tkazish kabilar amalga oshiriladi. Bilim berishning bu shaklida ma‘ruzalarda olingan nazariy bilimlar bevosita amaliyot bilan bog’lanadi va o’quvchilar tomonidan tajribalar amalga oshiriladi. Amaliy mashg’ulot shakllaridan biri seminardir.

Seminar – talabalarning ma‘ruzadan olgan ilmiy-nazariy bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish maqsadida tashkil etilgan ta‘lim shakllaridan biridir. Seminar jarayonida o’qituvchining o’rni juda yuksak, ya‘ni o’qituvchi talabaning o’rniga javobni aytib bermaydi, balki muhokamalarni tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Seminar mashg’ulotiga tayyorlanish talabalardan katta mas‘uliyatni talab etadi. Jumladan, talabalar seminar darslariga tayyorgarligi davomida mustaqil o’qishlari, kerakli adabiyotlar bilan ishlashlari, ro’znoma va jurnallardan foydalana bilishlari, shuningdek boshqa mavzuga oid manbalarni izlab topishlari, ularni o’zlashtirishlari kerak bo’ladi.

Talabalar darsda passiv rol о‘ynashadi. Seminar darsida esa talabalar aktiv rol о‘ynashadi. Darsda turli uslublarni qо‘llab, ularni faolligini ta’minlash imkoniyati keng.Ma’ruza darsi asosan monolog tarzida bayon qilinsa, seminar darsi turli tuman dialog asosida olib boriladi. Odatda seminar darsida talabalarning bilimi, о‘z ustida ishlash darajasi aniqlanadi va nazorat qilinadi.Seminar (lot.seminarium-manba, kо‘chma ma’noda –maktab) –о‘quv amaliy mashg‘ulot shakllaridan biri. Asosan oliy ukuv yurtlarida ilmiy tо‘garak anjumanlarida qо‘llaniladi.Ta’limning seminar shakli qadimgi Yunon va Rim maktablarida paydo bо‘lgan. Keyinchalik /arbiy Yevropa universitetlarida rivojlantirilgan.

Seminar talabaning adabiyotlar, manba ustida ishlash vazifasini о‘tagan. XX asr boshlaridan seminar darslari talabalarning umumiy ilmiy dunyo qarashini kengaytirishda, ularni muayyan fan tarixidagi muhim muammo va tadqiqotlar bilan tanishtirishda katta rol о‘ynay boshlagan.Seminarning asoan uch turi bor.

1.О‘rganilayetgan fan yoki kursni chuqur о‘rganishga yordam beradigan darslari.

2.Ayrim muammo, asoiy yoki muhim mavzuni о‘rganish uchun о‘tkaziladigan seminarlar.

3.Tadqiqot xarakteridagi seminarlar.

О‘quv jarayonini tashkil etishda seminar darslari alohida о‘rin tutadi. Seminar talabalarning bilimlarini mustahkamlashni ta’minlovchi, ijodiy qobiliyatini namoyon qiluvchi о‘quv jarayoni shaklidir.Seminar mashg‘ulotlarinig maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta’minlash, olgan bilimni real hayetda qayta qо‘llashdir.Buning uchun talaba olgan axborotlarini ta`lil qilish, ilmiy tadqiqot о‘tkazish, taqqoslash xulosa chikarishni bilishi kerak. Bunday mahoratga ega bо‘lishga kо‘p jihatdan seminar darsi yordam beradi.Seminar darsining oldiga qо‘yilgan bosh maqsadni amalga oshirish uchun darsni olidiga kuyilgan qator vazifalarni amalga oshirish kerak. Bu vazifalar seminar darslari bajaradigan funksiyalarda о‘z ifodasini topadi.Seminar darsi kator funksiyalarni bajaradi

1. Talabalarga proffesional ta’lim berish va tarbiyalash;1.Mustaqil ishlash malakasini о‘stirish;

2.Talabalarni mantiqiy fikrlashga о‘rgatish;

3.Nutq, sо‘zlash, ilmiy munozaralar olib borishga о‘rgatish;

4.Mustaqil fikr yuritish va fikrini о‘rtoklashishga о‘rgatish;

5.О‘rtoklari fikrini tanqidiy nuqtai nazardan baholashga о‘rgatish; Seminar darsini о‘tkazishda qо‘llaniladigan uslublar turli tuman bо‘lib, u yoki bu uslubni tanlash, avvolo о‘rganilayotgan fanninng xususiyatiga, ikkinchidan, о‘tilayotgan mavzuga, uchinchidan, seminar darsida qо‘yilgan maqsadga, nihoyat, tо‘rtinchidan, tanlangan uslubni qо‘llash imkoniyatiga bog‘liq. Ayni paytda iqtisodiy ta’lim jarayonida nisbatan keng qо‘llaniladigan uslublardan ekspres-savol-javob, savollar tizimiga asoslangan muhokama, masala, mashq, test va ularning natijasini muhokama qilish va boshqalarni kо‘rsatish mumkin.

Seminar mavzusi ma’ruza mavzusi bilan bir xil bо‘lishi shart emas. Ayrim paytlarda mavzudagi ayrim savollarni ma’ruzada kо‘rilsa, ayrimlarini seminarda muhokama qilish mumkin. Hozirgi paytda shunday tajriba amal qiladiki, ma’ruzada kо‘rilgan mavzu albatta seminarda ham muhokama qilinadi. Lekin ma’lum sharoitda seminar darsi va uning mavzusiga boshqacha yondashish mumkin. Aytaylik, mustaqil о‘rganish uchun turli adabiyotlar, boshqa axborot manbalari mavjud bо‘lsa, seminarda mustaqil о‘rganilgan mavzusi muhokama qilish mumkin. Ayniqsa mavzuni о‘rganish uchun vaqt yetishmagan paytda bunday usul qо‘l keladi.Seminar darsini muvaffaqiyatli о‘tkazish uchun eng avvalo asosiy va qо‘shimcha adabiyotlarni sinchkovlik bilan о‘rganib chiqish zarur. Adabiyotlarni о‘rganish dars jarayonida talabalarning diqqatini qaratish lozim bо‘lgan masalalarni alohida ajratish, mavzuni qaysi usul asosida о‘rganishni rejalashtirish va darsga tayyorlanish imkonini beradi. Ayniqsa, auditoriyada jonlanish, muhokama qilish munozaraga sabab bо‘ladigan savollar qо‘yilganda yuz beradi. Natijada mavzuni chuqurroq о‘rganishga yordam beradi.Shuning uchun ham bunday savollarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega.

Mavzuning mazmunini о‘zlashtirishni chuqurlashtirishning eng oddiy yо‘li bu savollarni murakkablashtirish hamda alohida savollardan savollar tizimiga о‘tish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu esa qо‘yilgan savollarga javob berish, muammoni, savolni muhokama qilish jarayonida vujudga kelgan muammoli vaziyatni о‘rganib, uni yechish imkonini beradi. Masalan, iqtisodiyot nazariyasining bosh masalasi nima? degan savol qо‘yilgan.

Mavzuni о‘rganishni chuqurlashtirishga savol shaklini о‘zgartirib, uni murakkablashtirish orqali erishish mumkin. Aytaylik, Yuqorida berilgan savolni boshqacharoq qilib, iqtisodiyotning bosh muammosi nima va uni nimaga bosh muammo deb qarash kerak?-deb о‘zgartirish mumkin.Talabalarni mavzuni u yoki bu katigoriyani qay darajada tushunganlarini sinash uchun ularga ushbu mavzu bо‘yicha berilgan savollarga olingan javoblari asosida muhokama qilish usulini qо‘llash mumkin yoki mavzu bо‘yicha testlardan foydalanish mumkin bо‘ladi.Seminar darsining talabalar tamonidan bilim, iqtidor, nutq, boshqalar fikriga tanqidiy qarashni talab etadigan uslublaridan munozara bо‘lib, u murakkabdir. Bunday usul bilan dars о‘tish о‘qituvchidan katta tayyorgarlik kо‘rish, mahoratni talab etadi. Umuman olganda seminar darsi turli uslublar asosida olib borilar ekan, u qiziqarli, barcha talabalarni faol qatnashishga va ohir oqibat qunt bilan tayyorlanib kelishga undaydi. Oliy о‘quv yurtlarida talabalar ma’ruza darslarida olgan bilimlarini chuqurlashtirishi, ularni kengaytirishi maqsadida о‘quv yurtining о‘quv rejasida har bir fan (kurs)lar uchun seminar mashg‘ulotini talabalar uchun mustaqil ish sifatida qarash mumkin. Chunki talaba ma’ruzada olgan bilimini о‘zlashtirgani holda, seminar mashg‘ulotiga boshqa adabiyotlar, kerakli manbaalardan, darsliklardan foydalanib ma’lumotlar axtaradi va ularni bо‘lg‘usi seminar mashg‘ulotiga о‘zlashtirib boradi. Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik talabalarga izlanishga, fikrlashga, kelajakka tayyorlashda muhim vosita hisoblanadi.

Biz yuqorida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari haqidagi nazariy fikrlarimizni bayon etdik. Shu ma’noda savol tug‘iladi. Xо‘sh, iqtisodchi-pedagog kadrlarni tayyorlashda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari qanday ahamiyat kasb etadi? Mashg‘ulotlarni tashkil etishda asosan nimalarga e’tibor qaratish lozim? Ma’lumki, iqtisodchi-pedagog kadrlar tayyorlashda ma’ruza va seminar darslari alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’ruzada olingan nazariy bilimlar bevosita seminar darslarida amaliy nuqtai nazardan tegishli savollar asosida ta`lil etiladi. Bu esa iktisodchi-о‘qituvchi kadrlar uchun amaliy tajriba vazifasini о‘taydi. Ular bir vaqtning о‘zida bilim olayotgan bо‘lsalar, bir vaqtning о‘zida olingan bilimlarini amaliyotga joriy etishni о‘rganadilar. Shu bilan birga ma’ruza va seminar darslarini tashkil etayotgan о‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini doimiy kuzatib boradilar. Ulardan о‘zlariga kerakli xulosalar chiqaradilar.Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida pedagogika fani oldida turgan asosiy vazifalardan biri shuki, ta’lim jarayonida talaba obyektdan subyektga aylanishi lozim va unga erishishda albatta fan о‘qituvchilarining roli katta. Shu ma’noda, ma’ruzava seminar mashg‘ulotlarini tashkil etishda asosiy e’tibor an’anaviy dars о‘tishga emas, balki noan’anaviy darslarga qaratilishi lozim. Bunga erishish uchun esa о‘qituvchi dars о‘tish uslubiyotini tо‘g‘ri tanlay olishi lozim. Bas, shunday ekan iqtisodchi-о‘qituvchi kadrlar tayyorlash mobaynida quyidagi no’ananaviy usul va uslublardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Har kanday mavzuni о‘ganishda turli uslublar qо‘llaniladi. Buning sababi, birinchidan, dars о‘tishda turli uslublarni qо‘llash uni qiziqarli bо‘lishiga, talabalarni diqqatini о‘tilayotgan darsni о‘zlashtirishga qaratiladi.Bir xil uslubda dars о‘tilishi talabalarni zeriktiradi hamda dars paytida diqqati boshqa narsalarga qaratiladi.Psixologlarning tadqiqotlariga kо‘ra har qanday mohir о‘qituvchi ham bir xil uslubda dars berar ekan, aytaylik , ma’ruza о‘qir ekan, talabalar dastlab 20 minut, sо‘ngra darsni tugashidan oldin 20 minut ma’ruzani diqqat bilan eshitar, qolgan paytda hayoli qochar ekan.Ikkinchidan, talabalarning darsni о‘zlashtirish, eshitganlari, yangi bilimni qabul qilish qobiliyatlari har xil talabalar tomonidan nisbatan tо‘lik о‘zlashtirishga olib keladi. Tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, olgan bilimni о‘zlashtirish jarayonida bir xil talabalarga bir uslub mavzuning mazmunini tezrok anglashga yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradi.



Shuning uchun ham barcha pedagoglar talabalarga bilim berishning eng samarali yо‘li, dars о‘tishni turli uslublarini qо‘llash degan fikr tarafdori bо‘lib, aynan qaysi uslub qaysi toifadagi talabalar uchun qо‘llanilishi ma’qulligi bо‘yicha yagona fikr yо‘q.Jahon pedagogikasi tajribasi shuni kо‘rsatadiki, ta`lil fikr yuritadigan talabalardan muvaffaqiyat bilan ishlovchi biznesmenlar, siyosiy liderlar (sardorlar), fan arboblari yetishib chiqadi.Pedagoglarning muhim vazifasi, maqsadi aynan turli uslublar orqali talabalarni bilim, axborot olishni turli shakllariga tezda moslashishga, о‘z dunyoqarashini kengaytirish uchun harakat qilishga talabalarni qiziqtirish va uni amalga oshirishdir.Agar о‘qituvchi talaba yoqtirmaydigan uslubda dars olib borsa uning borgan sari о‘qishdan kо‘ngli sovib, shu darajaga yetishi mumkin-ki, fanni umuman о‘qigisi kelmay qolishi mumkin. Aksincha, butkul biron talaba yoktiradigan usul bilan dars berilsa, unda fikrlashning qzgaruvchanligi yо‘qoladi. О‘z imkoniyatini tо‘la ishga sola olmaydi. Bu degani kelgusida о‘z faoliyatida muvaffaqiyatga erishish imkoniyati cheklanadi. Ba’zi talabalar aniq faktlar, ma’lumotlarni tezroq qabul qiladi. Boshqalari nazariy matematik modellarni yoqtiradi. Ba’zi talabalar kо‘rgazmali rasmlar, diagrammalar orqali, boshqalari munozara qilganda, uchinchilari о‘zi bajarishda qatnashsa yaxshiroq, puxtaroq о‘rganadi.Olimlarning hisob-kitobiga kо‘ra aholining 40% i kо‘rish orqali tezrok о‘rgansa, 30%i esa eshitishni ustun qо‘yadigan bо‘lib, birovdan eshitganlari orqali tezroq о‘rganar ekan, qolgan 30%i aralash, о‘zi qatnashsa tezroq о‘zlashtirar ekan.Umuman olganda, ta’lim-tarbiya berishning uslublari qotib qolgan emas. Vaqt о‘tishi bilan о‘zgaradi. Talabalarni bilim olishi va olgan axborotini qayta ishlashi uchun turli tuman uslublarni о‘ylab topib qо‘llash mumkin. Ayniqsa xozirgi paytda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun juda kо‘p sohalarga bilishning turli usullarini qо‘llash va bilim berishda moslashuvchanlik, rang-barang pedagogik uslublar qо‘llash talab etiladi.О‘qituvchilarni dars jarayonida turli uslublarni, о‘quv topshiriqlarini qо‘llab, о‘z talabalarida bilim olishga ishtiyoq uygotishlari nihoyatda muhim ahamiyatga ega.Kо‘chilik pedagoglarning ishonchi komilki, talabalarning qobiliyatini, ularni individualligini hisobga olgan holda turli uslublarni qо‘llash, albatta о‘zlashtirish natijasini kо‘taradi.Dars о‘tishda qо‘llaniladigan uslublarni shartli ravishda an’anaviy dars о‘tish uslublari hamda talabalar faolligini oshiruvchi interaktiv uslublarga ajratish mumkin.An’anaviy darsо‘tishda darsning asosiy maqsadi kо‘prok tushuntirishga qaratilgan. Talabalarni о‘rganilayotgan mavzuni qay darajada о‘zlashtirganlarini nazorat qilish jarayonida bildirgan fikrlariga qarab amalga oshiriladi.Dars о‘tishning talabalar faolligini oshiruvchi interaktiv usullari ayrim adabiyotlarda noan’anaviy dars о‘tish usullari deb ham ta’riflanadi. Bu usullardan avvallari ham foydalanilgan, lekin kamroq e’tibor berilgan. Hozirgi paytda butun dunyoda faol interaktiv uslublarni qо‘llash dars о‘tishni samarali usuli sifatida tan olinib, keng qо‘llanilmokda.Dars o'tish uslublari turlicha bо‘lib, ulardan eng kо‘p qо‘llaniladigan asosiy metodlar kuyidagilar:Amerika munozara(debatlar). Bunday tarzda dars о‘tishda ikki talaba belgilangan qat’iy tartib bо‘yicha, munozaraga raislik qiluvchining rahbarligi ostida berilgan savol yoki muammo bо‘yicha munozara olib boradilar.Ularning bildirgan fikrlarini arbitrlar kollegiyasi baholaydi. Arbitrlar talabalardan belgilanadi.Inglizcha munozara(debatlar). Munozaraning bu shaklida muhokama qilinayotgan muammo yechimiga yetkaziladi. Ochiq munozara. +о‘yilgan muammoni belgilangan qoida bо‘yicha muhokama qilib, yechimini qabul qilish yoki qilmaslikni plenumga topshirish bilan yakunlanadi.Sirtki uslub(masofadan о‘kitish). О‘quv materialini xatlar, topshiriqlar yoki audiovizual vositalar orqali mustaqil о‘rganish. Internetni hayotga kirib kelish va borgan sari keng qо‘llanilishi bilan bu uslub asosida dars berish ham rivojlanib, keng yoyilmokda.Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bayon qilish uslubi. Bu model (uslub) yangi tushunchalar, navbatma navbat, astalik bilan mantiqiy izchillikda berib boriladi. Bu uslub kо‘proq ma’ruza uqiganda qо‘llaniladi.

Guruhlarda juftlik yoki kichik guruhlarga bо‘linib ishlash.Bu uslubda juftlik, yoki kichik guruh bilan birgalikda aniq qо‘yilgan u yoki bu masalani, ma’lum belgilangan vaqt ichida о‘zaro fikr almashish, muloqot qilish orqali yechish kо‘zda tutiladi.Intervyu–bir yoki bir necha kishilardan axborot olish uchun aniq maqsadga qaratilgan sо‘rov (savol-javob) о‘tkaziladi. Darsni aniq yо‘naltirilgan (mо‘ljallangan) savollar asosida olib borish. Bu uslubda mavzu bо‘yicha aniq yо‘naltirilgan savollar bilan mavzu muhokama qilinadi. О‘qituvchi savol-javob suhbatni boshqarib turadi. Modellashtiruvchi amaliy о‘yinlar va mashqlar. Bu uslubda talabalarning о‘zlari qatnashadi. Modellashtirishda abstrakt uslublardan foydalanib real vokelikka iloji boricha yaqinlashtiriladi. Bu uslub о‘zi bajarganda oson tushunadigan talabalarga qо‘l keladi. Modellashtiruvchi о‘yinda talabalar о‘zlari belgilangan rollarni bajaradilar. О‘z hatti harakatlari orqali zarur malaka va kо‘nikmalarni egallashadi.




Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish