Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish



Download 1,38 Mb.
bet81/237
Sana31.12.2021
Hajmi1,38 Mb.
#256343
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   237
Bog'liq
АндМИ Бухг хисоби МАЖМУА

Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish

SXEMASI

Bosqichlar




Tadbirlar




Ijro uchun mas’ullar




Bajarish muddatlari






















1-bosqich




Ta’lim dasturi doirasida o‘quv jarayonini tashkil etish uchun quyidagilarni amalga oshirish:

1. O‘quv rejasi va fan dasturlarini jahon standartlariga moslashtirish va tasdiqlash;

2. Xar bir fanga kreditlarni taqsimlash;

3. Fanlar katalogini shakllantirish va e’lon qilish.






Oliy ta’lim muassasasi




O‘quv yili boshlangunga qadar































2-bosqich




Ta’limning kredit tizimi bo‘yicha talabalarni (bakalavr va magistraturaga) belgilangan tartibda 1 kursga qabul qilish.




Oliy ta’lim muassasasi




O‘quv yili boshlangunga qadar































3-bosqich




Talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar to‘plash va xohlagan kompetensiyalar yig‘indisiga ega bo‘lish imkoniyatini berish uchun Talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini belgilash




Oliy ta’lim muassasasi




2020/2021 o‘quv yilidan boshlab xar bir o‘quv yili boshlangunga qadar































4-bosqich




Mobillikni tashkil etish uchun quyidagilarni amalga oshirish:

1. Professor-o‘qituvchilar tarkibining mobilligi bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan kelishuvlar tuzish;

2. Magistratura talabalarining ta’lim trayektoriyasida mobillik oynasini tashkil etish;

3. Bakalavriat talabalarining mobillik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.






Oliy ta’lim muassasasi, tegishli vazirliklar va idoralar




2020/2021 o‘quv yilidan boshlab doimo































5-bosqich




Ta’lim sifatini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish:

1. Ta’limning kredit-modul tizimini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha vakolatli tashkilotlar bilan bitim tuzish;

2. Ta’limning kredit tizimlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish.





Oliy ta’lim muassasasi, tegishli vazirliklar va idoralar




2021/2022 o‘quv yilidan boshlab doimo































6-bosqich




Ta’lim berish natijasini tasdiqlash maqsadida xalqaro tan olinadigan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom berish.




Oliy ta’lim muassasasi




2022-yildan boshlab ta’lim dasturi yakunida

MAVZU № 7: OLIY O’QUV YURTIDA O’QITISHNING ASOSIY SHAKLLARI

1.O’quv mashg’ulotlarining asosiy turlari. Ma’ruza va uning o’quv jarayonidagi yetakchi roli.

2.Seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, ularning mohiyati va ahamiyati. Talabalarning seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanish usullari.

3.Kurs ishlari va loyihalar, ularni yozish usuli. Maslahatlar, ularning shakllari va o’qish jarayonidagi roli.

4.Talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti, iqtisodiy bilim yurtlarida uni tashkil etish xususiyatlari.

5.Reyting usuli va uning ahamiyati. Talabalarni yakuniy baholash va reyting nazoratiga tayyorlanish usullari.

1.O’quv mashg’ulotlarining asosiy turlari. Ma’ruza va uning o’quv jarayonidagi yetakchi roli

Uzluksiz rivojlangan jamiyatda ta‘limning mukammal jamoa shakli ya‘ni dars necha yillardan beri takomillashib, unga qo’yilgan talablar murakkablashib va zamonaviylashib bormoqda. XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tarixda birinchi bo’lib maktab ta‘limida sinf-dars tizimini yaratdi. Ya. A. Komesnkiyning ta‘limni tashkil qilish haqidagi qarashlari bir qator jiddiy qarshiliklarga uchragan bo’lsa ham g’arb mamlakatlariga juda tez tarqaldi va ta‘limni tashkil qilishning birdan-bir shakli deb e‘tirof etildi. Sinf-dars tizimi sharq mamlakatlariga, jumladan Markaziy Osiyodagi eski musulmon mamlakatlariga tadbiq etilmadi. Ularda 1917 yilga qadar o’rta asr maktablariga xos ta‘lim tizimi (shakli) davom etib keldi. Ushbu maktablarda 6 yoshdan 15-16 yoshgacha bo’lgan bolalarga bir xonada bir vaqt maboynida mashg’ulot olib borilardi. Shu boisdan bolalarning bilim darajalari va o’zlashtirishi ham turlicha bo’lar edi.O’zbek maktablari oktyabr to’ntarishidan keyin sinf-dars tizimiga o’tdi. Hozirgi davrgacha guruhli mashg’ulotlarning sinf-dars tizimi deb atalgan bunday shakli keng tarqaldi, mustahkamlandi va shuncha vaqt maboynida darsning tashkiliy shakllari ham, ta‘limning metodlari ham uzluksiz takomillashib ketdi. Sinf- yoshi va bilimi jihatdan bir xil bo’lgan ma‘lum miqdordagi o’quvchilar guruhidir.

Dars deb bevosita o’qituvchining rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta‘lim mashg’ulotiga aytiladi. Dars - o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Dars - o’quv ishlarining markaziy qismidir. Darsda o’quv – tarbiya ishlarining barcha komponentlari: maqsad, mazmun, vositalar, metodlar, tashkil etish va boshqarish faoliyati hamda uning hamma didaktik elementlari mujassamlangan deb hisoblash qabul qilingan. Shunga asosan o’qituvchi dars muammolariga to’g’ri yondoshishi uchun ta‘lim jarayonining asosiy komponentlarini bilishi, ularning o’zaro bog’liqligi va bir-biriga ta‘sirini tushunishi lozim. Umuman olganda, sinfga ham reproduktiv, ham ijodiy topshiriqlar berish mumkin.

Dars - o’qituvchilar va o’quvchilar faoliyatini tashkil etishning shakli bo’lib, u bolalarni o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshiradi. Dars o’qitishni tashkil etishning o’zgarmas shakli emas. O’quv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yo’llarini izlaydi. Bu soxada ko’pgina islohatlar amalga oshirilmoqda. Turli-tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi lozim:

1. Har bir dars ma‘lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo’lmog’i lozim.

2. Har bir dars mustahkam g’oyaviy-siyosiy yo’nalishga ega bo’log’i lozim.

3. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog’langan bo’lmog’i, shuningdek xilma xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmog’i lozim.

4. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli foydalanmoq zarur.

5. Dars o’qituvchi va o’quvchilarning faolligi birligini ta‘minlamog’i lozim. 6. Darsda o’quv materialining mazmuniga oid ko’rsatmali qurollar, texnik vositalar va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.

7. Darsda har bir o’quvchining individual xususiyatlarini ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir.

Ta‘lim tizimida eng ko’p qo’llaniladigan dars turlari quyidagilar:

- Yangi bilimlarni bayon qilish darsi (ma‘ruza).

- O’tilgan materiallarni mustahkamlash darsi.

- O’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini tekshirish va baholash darsi.

- Takrorlash – umumlashtiruvchi va kirish darslari.

- Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nechtasini birga qo’llanishi).

Har bir dars turining ma‘lum tuzilishi va xususiyatlari bor, bu narsa o’qituvchining o’quv materialini to’g’ri va samarali tushuntirishiga, mustahkam esda qoldirishga, takrorlashga va uning o’zlashtirishini nazorat qilib borishiga yordam beradi.

Demak, dars boshdan – oyoq bir dars turi bilan olib borilmaydi, balki shu darsda yangi bilimni bayon qilish bilan birga uni mustahkamlash (savol-javob), yangi bilimlar ustida mashq o’tkazish (masala va misollar yechdirish, grafik ishlari olib borish), uyga vazifa (boshqa bir dars elementi-tushuntirish, yo’l-yo’riqlar ko’rsatish va h. k) kabi boshqa elementlarning bo’lishi ham mumkin. Shunga qaramay, darsdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarga yangi bilim berishga qaratilgan bo’lsa, butun didaktik usullar shunga buysundiriladi. Shuning uchun ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi.

Dars tuzilishi u yoki bu dars turining tuzilishini, uning qismlarini anglatadi. Biroq, dars turlari tuzilishidagi har qanday qism – didaktik usul, dars tuzilishi bo’lavermaydi. U o’qitish usuli bilan bog’langandagina dars tuzilishini tashkil qiladi. Ya‘ni dars tuzilishining o’zgarishi bilanoq dars olib borish usuli ham o’zgaradi. Darsning tuzilishi qo’yilgan maqsadlarga, o’rganilayotgan materialning mazmuniga, ta‘limning darsda qo’llanadigan metodlari va usullariga, o’quvchilarning tayyorgarlik va kamolat darajasiga, darsning o’quv jarayonidagi o’rniga bog’liqdir.Dars tuzilishini biridan ikkinchisiga o’tishi va shu orqali darsning shakli hamda usullarining o’zgarishi dars bosqichi deb yuritiladi. Masalan, aralash dars turining tuzilishi:

- uy vazifalarini so’rash, tekshirib ko’rish;yangi materiallarni bayon qilish;

- yangi materiallarni mustahkamlash;

- uy vazifalarini topshirishni o’z ichiga oladi. Bunda:

a) uy vazifalarini ko’rish suhbat (savol-javob), misol va masalalar ishlatish yo’li bilan olib borilishi mumkin. Bu dars tuzilishining birinchi qismi, darsning birinchi bosqichi;

b) yangi materiallarni bayon qilish jarayonida o’qituvchi tushuntirish, hikoya qilish, maktab ma‘ruzasi, suhbat kabi usullardan foydalanish mumkin. Bu – dars tuzilishining ikkinchi qismi, darsning ikkinchi bosqichi;

v) yangi materiallarni mustahkamlash jarayonida suhbat, mashq qildirish, kitob bilan ishlash usullaridan foydalanish mumkin. Bu – dars tuzilishining uchinsi qismi, uchinchi bosqichi;

g) uy vazifalarini topshirish jarayonida tushuntirish. Suhbat usulidan foydalanish mumkin. Bu – dars tuzilishini to’rtinchi qismi, darsning to’rtinchi bosqichidir. Yuqorida ko’rib o’tilgan dars turlarining hammasi o’z tuzilishiga ega bo’lganidek, ma‘lum bosqichlarga ham ajraladi.

Takroriy-umumlashtiruvchi dars, odatda, dasturning ma‘lum bir qismi yoki yirik mavzu o’tib bo’lganidan keyin o’tkaziladi. Bunda o’tilgan materiallarni takrorlash – qayta esga tushirish va mustahkamlash maqsadida o’tilgan mavzularni qamrab olgan va bir-biriga bog’liq bo’lgan savollar orqali umumlashtirish nazarda tutiladi.

Oliy maktabdagi o’qitish jarayoni o’qitishning shakl va metodlarini tashkil etishning ko’p qirrali yagona tizimiga asosan amalga oshiriladi. Oliy o’quv yurtlaridagi o’qitishning shakl va usullari tasnifi o’zaro bog’langan va o’zaro shartlangan ikki faoliyatga tayanadi:

- o’quv jarayonini boshqarish va tashkil etish bo’yicha o’qituvchilarning faoliyati;

- talabalarning o’quv va bilish faoliyati.

O’zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to’g’risida» gi qonunida «Oliy ta‘lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta‘minlaydi» deyilgan. Shu bilan birga oliy ta‘lim talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga ham o’rgatadi. Shu o’rinda yurtboshimiz ta‘kidlaganidek «Ayniqsa o’sib kelayotgan avlod taqdiriga hech kim befarq qaray olmaydi. Bunda oliy o’quv yurtlarining ahamiyati kattadir. Yoshlarni qay usulda o’qitish, ularni tarbiyalash, mustaqil mamlakatning yetuk mutaxassislari bo’lishiga qayg’urish har birimizning muqaddas burchimizdir». Shu nuqtai nazardan oliy maktablarda bilimlarni hozirgi zamon darajasida berib borish alohida ahamiyatga ega. Hozirda oliy ta‘lim ikki bosqichdan iborat, ya‘ni bakalavriat va magistratura. Mana shu bosqichlarni amalga oshirishda, aniqrog’i, oliy ma‘lumotli yetuk mutaxassis tayyorlashda o’qitishning bir qancha tashkiliy shakllari qo’llaniladi.

Oliy o’quv yurtlarida o’quv ishlari va bilim berishning tashkiliy shakllari «Ta‘lim to’g’risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ga asosan olib boriladi.

Oliy maktabdagi o’quv jarayoni shakllariga ma‘ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv anjumanlar, maslahatlar, ekskursiya, ekspeditsiya, o’quv ishlab chiqarish pedagogik amaliyoti, kurs va diplom ishlari, talabalarning mustaqil ta‘limi kabilar kiradi.

Ma‘ruza – bilim berishning shunday shakliki, unda pedagog (o’qituvchi) tomonidan berilayotgan bilimlar, malaka va ko’nikmalar talabalarga yoppasiga bayon etiladi. Ma‘ruza - o’quv jarayonining ilg’or usullaridan biri bo’lib, dastlab u o’rta asrlarda biron bir kitobni o’qish yoki uni izohlash yo’li bilan namoyon bo’lgan. Jamiyat rivojlanishi maboynida og’zaki tushuntirishning bu usuli XVIII asrda lotin tilida amalga oshirildi. XVIII asr o’rtalariga kelib ma‘ruzalar rus tilida o’qiy boshlandi. Uning ilg’or namoyandalaridan biri M.V. Lomonosovdir.

Ma’ruza - bilim berishning shunday shakliki, unda pedagog (о‘qituvchi) tomonidan о‘rganilayotgan bilimlar, malakalar, kо‘nikmalar talabalarga yoppasiga bayon etiladi. Ma’ruzalar bayon etilish joyiga qarab har xil bо‘lishi mumkin, ya’ni tegishli fanlarga oid (iqtisod, marketing, menejment, tadbirkorlik, huquq, iqtisodiy informatika va hokazo), ijtimoiy xarakterga ega ma’ruzalar, texnika-texnologiyalarga oid ma’ruzalar, ilmiy pedagogik markazlar, badiiy ijodiyotga oid ma’ruzalar (adabiyot, san’at), diniy dunyoviy ma’ruzalar va boshqalar. Biz uchun hozirda iqtisodiyot fanlariga oid ma’ruzalar xarakterlidir.Ma’ruza bayon etilishi jarayonida unga quyidagi talablar quyiladi:

1) Berilayotgan materiallar ilmiy xarakterga ega bо‘lishligi.

2) Ma’ruza sistemali (tizimli) bо‘lishligi.

3)Materiallar, ma’lumotlar talabalar kuchiga mos va xos bо‘lishligi.

4)Ma’ruza siyosiy jihatdan talabga javob berishligi.

5)Ma’ruzada nazariy masalalar amaliyot bilan bevosita bog‘langan bо‘lishligi.

6)Ma’ruza mavzuga oid Respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy voqea, hodisalarning eng sо‘nggi statistik ma’lumotlari bilan boyitilgan bо‘lishligi lozim.


2.Seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, ularning mohiyati va ahamiyati. Talabalarning seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanish usullari


Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish