III. Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va boshqarish
7. Institut talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va boshqarish institutning yoshlar bilan ishlash bo`yicha hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektorlari zimmasiga yuklanadi. Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyati kafedralar, talabalar ilmiy to`garaklari, Yosh olimlar kengashi, Iqtidorli talabalar bo`limi olib boriladi. Mazkur tuzilmalardagi ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va boshqarish, ularning samaradorligiga mazkur tuzilma mashul xodimlari javobgar hisoblanadi. Ushbu tuzilmalarning har biri o`zining funktsional vazifalaridan kelib chiqqan holda talabalar ilmiy faoliyatini amalga oshirish ishlarida ishtirok etadi.
8. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish ularning institut doirasida, respublika OTMlari va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, konferentsiyalar, davra suhbatlari, olimpiadalar, tanlovlarda ishtirok etishini tahminlashni nazarda tutadi.
9. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini bevosita ro`yobga chiqaradigan asosiy bo`g`in kafedra hisoblanadi.
Kafedralar talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq quyidagilani ishlab chiqadi va tasdiqlaydi:
iqtidorli talabalar uchun ilmiy mavzular ro`yxati;
kurs ishlari mavzulari;
bitiruv malakaviy ishlari mavzulari;
magistrlik dissertatsiyalari mavzulari.
Kafedraning professor-o`qituvchilari talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalarni ko`rib chiqadi va chop etish uchun tavsiya etadi.
Kafedralar Institut ilmiy yo`nalishdagi faoliyatini rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug`ullanuvchi har bir talabaning ilmiy sohada o`z qobiliyatini ko`rsatishiga imkoniyat yaratishi shart.
Kafedralar qoshidagi ilmiy to`garaklar talabalarni mazkur nizomda belgilangan maqsadlarga erishish hamda tegishli fanlar bo`yicha olimpiadalarida ishtirok etishi uchun tayyorlaydi.
Kafedrada amalga oshirilayotgan talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid ko`rsatkichlar kafedra va uning professor-o`qituvchilari faoliyatiga baho berishda inobatga olinadi. Mazkur ko`rsatkichlar kafedralarning hisobotlarida aks etishi shart.
10. Institutda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishni boshqarish kafedralar tomonidan talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid rejalarning bajarilishini nazorat qilishni ham ko`zda tutadi.
Har bir kafedra iqtidorli talabalar va ilmiy to`garaklar faoliyatiga oid rejalar, ularning bajarilishiga oid mahlumotlar yuzasidan Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo`limiga va zarur hollarda esa bevosita Institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektoriga hisobot berib boradi.
SHuningdek, magistratura bo`limi va kafedralar magistrlarning ilmiy tadqiqot ishlari, xususan magistrlik dissertatsiyalarining holati, sifati yuzasidan Institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektoriga har o`quv semestri yakunida bir marta hisobot berib boradi.
11. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan bog`liq institut boshqaruv ishlarini takomillashtirishga oid takliflari Talabalar ilmiy jamiyati tomonidan o`rganiladi va ular yuzasidan tegishli tartibda taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
12. Institutda talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
o`quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining o`zaro bog`liqligi va uzviy olib borilishi;
talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishda ham nazariy, ham amaliy ko`nikmalarning shakllantirilishi;
talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatining ilmiy faoliyat natijalari referatlar, risolalar, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, ilmiy maqolalar va tezislar kabi mahlum shakllarda namoyon bo`lishi;
talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatining davomiyligi va uzluksizligi (bakalavr, magistr, katta ilmiy-xodim izlanuvchi);
talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatining o`quv dasturlari va o`quv jarayonlari bosqichlariga mos tarzda tashkil etilishi;
ilmiy-tadqiqot faoliyatida qo`llaniladigan usul va shakllarni talabaning bilim darajasi (kursi)ga ko`ra murakkablashtirib borish.
13. Institut talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyati turlari:
o`quv jarayonida qo`llaniladigan ilmiy-tadqiqot faoliyati;
o`quv jarayonini to`ldiradigan ilmiy-tadqiqot faoliyati.
14. O`quv jarayonida qo`llaniladigan ilmiy-tadqiqot faoliyati o`quv dasturlari va rejalariga kiritilgan bo`lib, u quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari.
15. O`quv jarayonini to`ldiradigan ilmiy-tadqiqot faoliyati o`quv dasturlarida nazarda tutilmaydi, u talabalarning mutaxassis sifatidagi ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga ko`maklashadi. Ushbu faoliyat quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
talabalar ilmiy jamiyati faoliyatida ishtirok etish;
talabalar ilmiy to`garaklariga ahzo bo`lish;
talabalarning Institut doirasida, respublika OTMlari va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, konferentsiyalar, davra suhbatlari, kongresslar, forumlarda ishtirok etishi;
talabalar ilmiy nashrlari.
16. Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat:
ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish metodologiyasini o`rganish;
Institutning ilmiy faoliyat yo`nalishlari, ularning faoliyatini amalga oshirish printsiplari, anhanalari, yutuqlari bilan tanishish;
talabalar ilmiy jamiyati, ilmiy to`garaklar, Huquqiy tadqiqotlar markazi va boshqa ilmiy bo`linmalar faoliyatida ishtirok etish;
Institut doirasida, Respublika OTMlari va xalqaro miqyosida amalga oshiriladigan ilmiy seminarlar, konferentsiyalar, davra suhbatlari, kongresslar, forumlarda ishtirok etish;
bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishi natijalarini magistrlik dissertatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, kurs ishi, referat, konferentsiya yoki davra suhbatlarida, ilmiy to`garak majlislarida bayon etiladigan ilmiy mahruza tarzida ilmiy maqola yoki tezis taqdim etish;
ilmiy yo`nalishlar bo`yicha tadqiqot mavzularini izlash va tanlash;
ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish;
xorijiy ilmiy nashrlar (Sco’us ro`yxatidagi) maqolalar chop etish;
ilmiy risola va monografiyalar chop etish;
fan olimpiadalarda ishtirok etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |