Talabalarning o’quv jarayonidan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish shakllari
Talabalar oliy o’quv yurtida ta’lim olish davrida bajaradigan mehnat turlari xilma-xildir. Ularni ta`lilini uch guruhga ajratish mumkin:
1. Ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog’liq bo’lgan mehnat faoliyati. Bunga talabalarning o’quv ishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, tanishuv, o’quv ishlab chiqarish amaliyotlari kabi mehnat turlari kiradi.
2. O’quv mashg’ulotlaridan bo’sh vaqtidagi mehnat faoliyati. Bunga o’z-o’ziga xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan ishlar, masalan, o’quv binolari, talabalar uylari, institut hovlisini tozalash, ozoda tutish, ko’kalamzorlashtirish, obodonlashtirish kabi ishlarni kiritish mumkin.
Talabalarning o’quv va mehnat faoliyatini, ular o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarini uyushtirishda talabalarning birlamchi jamoasi - o’quv guruhi muhim rol o’ynaydi. o’quv guruhini fakultet dekani tomonidan tayyorlangan guruh sardori boshqaradi.
Talabalarning dars jadvali bo’yicha o’tkaziladigan o’quv mashg’ulotlaridan keyingi bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish hozirgi kundagi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bo’sh vaqtdan oqilona foydalanish birinchi navbatda talabalarning o’zi qayg’urishi, bo’sh vaqtning har bir soati, daqiqasidan unumli foydalanishi, mustaqil kitob o’qish, seminarlarga tayyorgarlik ko’rish, o’qituvchilarning topshiriq-larini bajarish bilan bog’liq bo’lgan aqliy mehnat orasida jismoniy mashqlar, talabalar uyi, institut, oiladagi kunda-lik turmush yumushlari bilan doimo shug’ullanishga, madaniy dam olishning faol shakllarida foydalangan holda hordiq chiqarishga o’zini o’rgatish, odatlantirishi lozim.
Inson organizmi shunday tuzilganki, uham jismoniy, ham emotsional faoliyat bilan shugullanishi talab qiladi. Ammo odamlar ish vaqtida ko’pincha bir xil faoliyat bilan mashg’ul bo’ladilar. CHinonchi talabalarning asosiy faoliyati aqliy mehnatdan iborat. Lekin, agar talaba hamma vaqt aqliy ish bilan mashg’ul bo’lsa, u jismoniy tomondan zaiflashib boradi, aqliy faoliyatda ham yaxshi natijalarga erisha olmay qoladi. Talaba faoliyatida aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat bir-biriga bog’lanib ketishi kerak. Bu - dam olishning asosiy shart-sharoitidir. Boshqacha qilib aytganda, dam olish - bu eng avvalo faoliyat almashtirish demakdir.
Kishining vaqtiy budjeti odatda “ish vaqtiga”, “zaruriy vaqtga”, “bo’sh vaqtga” ajratiladi. “Bo’sh vaqt” deganda, keng ma’noda, belgilangan ijtimoiy foydali mehnatdan tashqari bajariladigan barcha faoliyat uchun ketgan vaqt tushuniladi.
“Zaruriy vaqt”: uxlash, ovqat yeyish, kir yuvish, uyni yig’ishtirish, turli xo’jalik ishlari va hokazolar uchun sariflanadigan vaqt bo’lib, uni ish vaqtiga ham, bo’sh vaqtiga ham kiritish qiyin. Zaruriy vaqt ishlab chiqarish vaqti bilan bo’sh vaqt o’rtasida bo’ladi. Uning zaruriy vaqt deyilishining boisi shundaki, u vaqtda bajariladigan faoliyat inson turmushi, fiziologik-ruhiy hayoti uchun qonuniy ravishda zarurdir.
“Dam olish vaqti” bo’sh vaqtning bir qismi bo’lib, u kishining ishlab chiqarishda sarf bo’lgan ruhiy-fiziologik kuchini tiklash, charchoqini chiqarish hamda uning ma’naviy, intelletual va jismoniy taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.
Dam olish aktiv va passiv bo’lishi mumkin. Aktiv dam olishga madaniyat boyliklaridan va go’zalliklaridan bahramand bo’lish, o’ziga yoqqan ijodiy ishlar bilan shug’ullanish, ajoyib kishilar bilan muloqotda bo’lish, sayr qilish va boshqa maroqli mashg’ulotlar kiradi.
Talabalarning madaniy dam olishini uyushtirishda oliy o’quv yurtining rahbariyati va jamoat tashkilotlari, talabalarning o’z-o’zini boshqarish organlari muhim rol o’ynaydi.
Institut rahbariyati talabalarning bo’sh vaqtini to’g’ri uyushtirish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berish haqida g’amxo’rlik qiladi, jamoat tashkilotlari esa mavjud sharoit-larni to’la ishga solish, ulardan oqilona foydalanish to’g’risida qayg’uradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |