1.O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy ta’limning rivojlanishi va institutining tashkil etilishi.
Oliy o`quv yurtlarining vazifasi xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyo`rlashdan iboratdir.
Oliy o`quv yurtlari katta ikki guruhga bo`linadi: universitetlar va institutlar. Bugungi kunda O`zbekiston oliy maktabi tizimida 125 ta oliy o`quv yurti mavjud. SHulardan tasi universitetlar va tasi esa institutlar hisoblanadi. Bu keltirilgan ma`lumotlardan shu narsani anglash mumkinki, oliy ta’lim tizimida asosiy massani institutlar tashkil etadi.
Oliy ta’lim o`rta maxsus kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanadi, hamda ikki bosqichga ega: bakalavriat va magistratura.
Bakalavriatlar-mutaxassisliklar yo`nalishlari bo`yicha fundamental va Amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to`rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura-aniq mutaxassislik bo`yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Ma`lumki, oliy o`quv yurtlari boshqaruvi murakkab sistemani tashkil etadi. Oliy o`quv yurtlari boshqaruvining bosh organi Oliy va O`rta maxsus ta’lim vazirligi hisoblanadi. Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi bakalavrlar va magistrlarni tayyo`rlash ilmiy-pedagogik kadrlarning malakasini oshirish, o`quv jaraѐnining mazmunini takomillashtirish, moddiy-texnika tahminotini jahon andozalari darajasiga ko`tarish, tadqiqot ishlarini yuksaltirish bilan bog`liq masalalarni amalga oshirishga rahbarlik qiladi. SHuningdek, bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha o`quv rejalarini, Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishni tashikil etadi va ularni tasdiqlaydi. Respublikada oliy ta’limni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlarini ishlab chiqib, ularni tasdiqlashni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi Oliy va o`rta mahsus ta’lim vazirligining eng muhim vazifalaridan biri mehѐriy-texnik hujjatlarni, darslik va o`quv qo`llanmalarini ѐzishni, nashr etishni tashkil etish hisoblanadi.
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi oliy o`quv yurtlariga rahbarlikni to`g`ridan-to`g`ri va viloyat xokimliklaridagi Oli yo`quv yurtlari boshqarmalari orqali amalga oshiradi. Bizda bugungi kunda tarmoq Oliy o`quv yurtlari ham faoliyat yuritmoqda. Bu oliy yurtlari faqat ana shu tarmoq ѐki vazirliklar tizimi va faoliyati uchun kadrlar tayyo`rlab beradi. Masalan, qishloq xo`jaligi institutlari va tibbiѐt institutlarini shu guruhga kiritish mumkin. Bu oliy o`quv yurtlari faoliyatini koordinatsiya qilish oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligidan tashqari tarmoq vazirliklari zimmasiga ham yuklatildi.
Oliy o`quv yurtining turi, kategoriyasi va mutaxassislar tayyo`rlash shakliga qarab o`zining strukturasida filiallar, fakulg’tetlari, bo`limlari, kafedralari, o`quv-konsulg’tatsiya punktlari, laboratoriyalari, axborotresurs markazlari, o`quv-ishlab chiqarish va ekspertimental bazalariga, ustaxonalari, kompg’yuter markazi, bosmaxona, sport-sog`lomashtirish lagerlari va boshqa bo`linmalariga ega bo`ladi. (2-rasm).
Oliy o`quv yurtining butun faoliyatiga rahbarlik institut rektoriga yuklatiladi. Rektor institutning holati va faoliyati uchun birdan-bar javobgar shaxs hisoblanadi.
Rektor kadrlar tayyo`rlash bo`yicha o`quv rejalari, dasturlari, ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari mahruzalar, laboratoriya va amaliy darslarning sifati, amaliѐtlar va talabalarning mustaqil ishlashini tashkil etishni nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |