2. Ishlab chiqarish amaliyotning maqsadi va vazifalari
Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi – bu olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va real ishlab chiqarish sharoitlarida tegishli ko`rsatkichlarni iqtisodiy tahlil qilish, qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarini naqadar ob`ektiv ekanligini baholash va asoslab berish. Zarur bo`lganda, mavjud muammolarni bartaraf etish bo`yicha aniq chora-tadbirlar qo`llashni o`rganishdir.
Amaliyotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va korxonadagi ishlab chiqarish, texnologik hamda boshqa jarayonlarni, mehnat jamoasidagi o`zaro munosabatlarni iqtisodiy nuqtai nazardan o’rganish;
mehnatni tashkil etish tizimini o’rganish;
rejali-iqtisodiy ish usullarini o’rganish va o’zlashtirish;
jamoada ijtimoiy-tashkiliy ishlar tajribasini o’rganish;
ho`jalik yurituvchi sub`ektning mamlakat va hudud iqtisodiyotidagi or`nini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |