4. Ayrim korxonalarni joylashtirishni iqtisodiy asoslash usuli
Sanoat korxonasini joylashtirish hududi va joyini tanlash yangi quriladigan korxona hajmi va ixtisoslashishini hamda yangi qurilayotgan korxonalarning ishlab turgan, loyihalanayotgan korxonalar bilan aloqalarini aniqlash sanoat korxonalarini faqat to‘g‘ri jug‘rofik joylashtirishning muhim masalalarigina bo‘lib qolmay, balki yangi va ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiya qilishni loyihalashning ham muhim masalasidir. Loyihaning yuqoridagi masalalariga bag‘ishlangan qismi qolgan barcha qismlarining ishlashi uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu qismda korxonani mazkur joyda qurishning maqsadga muvofiqligi, xomashyo, yoqilg‘i, energiya va suv manbalari, loyihalanayotgan korxonaning qiymati va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |