a) korxonalarni joylashtirish hududini tanlash;
Sanoat korxonasini qurish uchun tanlangan hudud (iqtisodiy hudud) quyidagi talablarga javob bermog‘i lozim: hududda xomashyo, yoqilg‘i, asosiy va yordamchi mahsulotlar mavjud bo‘lmog‘i kerak hamda loyihalashtirilayotgan korxona mahsulotiga yetarli talab bo‘lishi zarur. Bundan tashqari, qurilayotgan korxona uchun tanlangan hudud ishlab chiqarish kuchlari majmuasi rivojlanishini va mahalliy xomashyo, energetika resurslaridan to‘la foydalanishni ta’minlashi lozim. Tanlangan hududda quriladigan korxonalar ular mansub bo‘lgan tarmoqlarning mamlakat hududi bo‘ylab bir tekis joylashishini ta’minlanmog‘i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |