Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/72
Sana18.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#455037
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72
Bog'liq
2 5285267968547098640

Reja:
15-ma’ruza 
Marketing
 
1.
Marketing moxiyati va maqsadi; 
2.
Marketing vazifalari; 
3.
Marketing turlari; 
4.
Marketing taktika va strategiyasi; 
5.
Marketing xizmatini tashkil qilish. 
Marketing moxiyati va maqsadi
 
Marketing (inglizcha “market” bozor, “marketing” bozor bilan shug‘ullanish) 

bozorning qoidalarini bilish, moslanish va uga ta’sir etish, tovar ishlab 
chiqaruvchilar va xaridorlarning o‘zaro bog‘liqligiga erishishga qaratilgan xo‘jalik 
munosabatlari majmui. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri, bu 
ishlab chiqarishning qo‘lami va xajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga 
kelishi, tovar turlarining ko‘payishi va tadbirkorlar o‘rtasida maxsulotni sotish 
suammosining vujudga kelishidir. 


Hozirgi davrda jaxon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan ortiq 
ta’rifi bor. Masalan, T. Levitiy “Sotish sotuvchining manfaatiga qaratilgan bo‘lsa, 
marketing – xaridor iste’moliga qalatalgandir” – deb ezgan edi. P. Draker shunday 
deydi: “Sotish va marketing bir-biriga qarama-qarshi xodisadilardir. Sotishning 
maqsadi uning juda ko‘payishiga erishishdir. Marketingning maqsadi iste’molchini 
shunday o‘rganish va tushunishidan iboratki, tovarlar yoki tovarlashgan xizmatlar 
o‘zlarining zarurligini, mazmunini to‘la bildirish kerak”. 
Marketing nazariyasi va amaliyotini umumlashtirib darslik yaratgan AQSH 
iqtisodchisi Filipp Kotler marketingning moxiyatini ko‘rsatar ekan: “Extiyojni 
axtaring va uni qodiring. Sota oladigan tovarni ishlab chiqaring. Tovarni emas, 
mijozni seving” - deb ta’kidlaydi. Marketing konsepsiyasi bo‘yicha firmaning 
maqsadi iste’molchilarni qondirish yo‘li foyda olishni ta’minlashdir. 
Marketingning raqobat vositasi sifatida qo‘llanilishida tadbirkorlik firmasi 
raqibiga bevosita, ya’ni talab orqali ta’sir etadi. Raqiblarga ta’sirni kuchaytirish 
iste’molchilar talabani qondirishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Lekin xaridorga o‘z 
tovarlarini o‘tkazish xollari xam bo‘lishi mumkin. Bu, avvalo monopol sharoit 
mavjud bo‘lsha, ikkinchidan, u bozor sharoitini to‘lar e’tiborga olgan xolda, 
bozordagi o‘zgarishlardan samarali foydalana olsa yuz berishi mumkin. 
Marketing xaqiqatdan xam “xaridor bozori” davri uchun mosdir va uning 
talabi, maxmunini o‘zida aks ettiruvchidir. Marketing maqsadini umumlashtirilsa, 
quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lish mumkin: 
1.
Eng yuqori iste’molga erishish; 
2.
Iste’molning eng yuqori darajada qondirilishiga erishish; 
3.
YUqori tanlov sharoitiga erishish; 
4.
Eng yuqori turmush sifatiga erishish. 
Marketingda diqqat-e’tibor iste’molchiga qaratilgan, ya’ni uning diqqat 
markazida inson iste’moli etadi va shunga yo‘natirilgan faoliyat tufayli pirovard 
maqsadga erishiladi. 
Marketing faoliyati xarajatlar bilan birga bog‘liqdir. SHuning uchun 
marketingning samaradorlik muammosi vujudga keladi. xar soxada bo‘lganidek, 
asosiy masala tashkil eta bilish, undan yaxshi foydalana olish, qo‘lay chegarani topa 
bilish va pirovardida kutilgan samaraga erisha bilishdadir. Ma’lumki, bozor 
iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarning bu soxada xam tajribasi katta. Bizning 
vazifamiz bu tajribalardan o‘z sharoitimiz, talabamiz asosida foydalanish. 
Marketingni tovar xarakatining deyarli barcha bosqichlarida zarurligini, ya’ni 
talablarni yuzaga keltira olishini, iste’molchini to‘la qondira olishidagi axamiyatini 
quyidagicha bosqichma-bosqich ko‘rish mumkin. 
1.
Tovar yuqori sifatli, ma’kul baxoda bo‘lgan taqdirda iste’molchi bu tovarga 
nisbatan ijobiy munosabatda bo‘ladi. Tovar egash tovar-pul muomalasini ko‘p 
urinmay amalga oshirishga muyassar bo‘ladi va o‘z maqsadiga mushkulsiz erishadi. 
Natijada ko‘zlangan xajmdagi tovarini sotib, kutilgan darajada foyda olishi mumkin. 
CHunki bunda juda chuqur va keng bo‘lmagan maxsus tijoriy- marketing faoliyati 
yuz yueradi xolos. Aytish mumkinki, marketing muraqqab bozor aloqalarini 
xarakatga keltirishda qatnashuviga qaramay, bunda katta muraqqablik yo‘q. 


2.
Boshqaga xolat xam bo‘lishi mumkin, ya’ni katta urinishlarsiz xaridorlarni 
jalb etish mumkin bo‘lmaganda, ko‘zlangan miqdorda tovarlarni sotish, zarur foydani 
olish uchun katta tashkiliy-texnikaviy ishlarni o‘z ichiga oladigan marketing tizimi 
talab etiladi. Bunda bozorni chuqur o‘rganish, reklama baxo siyosati, tovarlarni 
qaboqlash, tovarlarni o‘rash, tovarlar sotilgandan keyin iste’mol bilan xizmatlarni 
uyushtirish kabi ishlarni o‘z ichiga oladigan marketing tizimi talab etiladi. Bu 
tovarlar xarakatini amalga oshirishdan iborat muraqqab jarayonni o‘z ichiga oluvchi 
marketing xizmatidan iboratdir. 
1. 
Bundan tashkari yana boshqacha xolat mavjud bo‘lib, bunda 
tovarlarni sotish ancha og‘irlashib, endi buning uchun juda ko‘p qo‘shimcha 
xarakatlar qilish tufayligina zarur darajadagi xaridorlarga ega bo‘lish aloxida usullar 
qo‘llanishi bozorga boshqarishni o‘z ichiga olgan muraqqab marketing tizimidan 
foydalanishi talab qilinadi. Bunda albatta kibdiki, erkin bozor o‘zaro aloqa sharoitida 
iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish mexanizmlari xarakatining o‘zi marketing 
tizimini yuzaga keltiradi. Marketing, avvalo korxonalarning tijoriy faoliyatini ifoda 
etib, ularning bozordagi xakatlarni tarkibiy qimini tashkil etadi. Bunday xolda 
marketing tovarlarning iste’molchilar tomon va ularga etguncha bo‘lgan faoliyatini 
o‘z ichiga oladi. 
Buning zaruriyati iste’molchi talabiga tovarning mos kelishi, shu asosda ish 
yuritish ishlab chiqarishni shunga bog‘lashdan kelib chiqadi. Ma’lumki, xar bir 
tadbirkor ko‘r-ko‘rona ish boshlamaydi va faqat tavakkal qilib xarakat qilmaydi, shu 
bilan birga xos sababsiz o‘z soxa va tarmog‘ini tanlamaydi. Albatta, bunda 
iste’molchi talabi turtki bo‘ladi. 
Aytganimizdek, tadbirkorning manfaati iste’molchi manfaatisiz amalga 
oshmaydi. Demak, uning daromad olishi, ularning darajasi tovarlarga bo‘lgan talab 
bilan belgilanadi. 
Bozor sharoitida asli maqsad xarakatlantiruvchi kuch foyda olishga qaratilgan 
bo‘lib, bu faqat tovar sotilishi tufayli amalga oshadi. Buning uchun tovar talabga ega 
bo‘lishi, uni sotib olish qobiliyatiga ega bo‘lgan iste’molchi mavjudligi zarur. 
SHuning uchun xar bir korxona, tadbirkorning tovarlarini iste’molchiga etib borishi, 
iste’molchini xaridor sifatida yaxshi bilishi, tovar xarakatini to‘lig‘icha shunga qarata 
bilishigina faoliyatining muvafaqiyatli yakunlanishiga imkon beradi. 
Juda muraqqab bo‘lgan ishlab chiqarish bilan birga bozor talabidan kelib 
chiquvchi maqsadli tovar xarakati, tijorat, iste’molni tashkil etishigina tadbirkor, 
bozor qatnashchilarning asl maqsadini ruyobga chiqarish mumkin. Bunda 
marketingning o‘rni tijoraviy mazmunli tovar xarakati va xaridorlarga sotilishi 
jarayonidan iborat. 
SHuning uchun xam xar bir tovar bozorini tashkil etish, uning o‘z joyini topa 
bilish, xaridorni yuzaga keltira bilish, shu tovar bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatishni 
yuritish, iste’molchi talabasi asosidagi barcha xususiyatlarga ega bo‘lgan tovar ishlab 
chiqarishni ta’minlash marketingning faoliyat soxasini tashkil etadi. SHunday qilib, 
marketing keng qo‘lamli xodisa, tarkib topgan tizimdir. U tub mazmuni bilan bozor 
iqtisodiyoti maxsulidir. Bozorni endi marketingsiz tasavvur etish qiyin, chunki xozir 
marketing aylangan. U bozor tufayli taraqqiy etish bilan birga, o‘z navbatida, bozorni 


taraqqiy ettirishda katta axamiyat kasb etadi. CHunki, marketing korxona faoliyatini 
to‘la bozor iqtisodiga qaratadi, unga bozor faoliyati mazmuni singdiradi. 
Marketing vazifalari 
Tovar xarakatini ko‘zatish va maqsadga yo‘naltirish marketingdagi asosiy 
maqsad bo‘lgani uchun tovar eng asosiy ob’ektdir. Bu maxsulot, xizmat ko‘rsatish 
yoki axborot shakllarida nomosi bo‘lishi mumkin. Bundagi eng muxim narsa 
xaridorning e’tibori bo‘lib, xaridor uchun zarur bo‘lsa va usotib olsa, shunda tovar 
mazmuniga ega bo‘ladi. Marketingning maqsadi tovar dunyosida o‘z tovarini 
aniqlash va belgilash, uning maqsadga muvofiq xarakatini ta’minlashdir. O‘z 
tovarining bozorda aloxidaligini ta’minlash marketingning muxim vazifasidir. 
Marketing ish ko‘radigan tovarning bozor uchun zarurligi, vaqtning uzoq va 
qisqaligini aniqlash birlamchi vazifadir. Bunda, birinchidan, tovarning bozorda paydo 
bo‘lish davri va asta-sekin uning sotilishi xajmining ortib borishi, ikkinchidan, 
tovarning tezda bozorda inobatga olinishi va foydaning sezirlari ravishda ko‘payishi, 
uchinchidan, sotilishi xajmi o‘suvining sekinlashuvi, foydaning o‘sish darajasiga 
etishi va nixoyat uning pasayishi davri va to‘rtinchidan, tovar sotilish xajmining 
keskin pasayishi, shunga ko‘ra foydaning qisqarishi davrlari asosiy bosqichlardar. 
Umumlashgan xolda tovar umri (mavjud davri) to‘rt davrdan iborat bo‘lib, ular 
singish, o‘sish, rivojlanish va so‘nish darvlarini tashkil qiladi. SHu davrlar 
xususiyatiga qarab tovar siyosatini belgilash talab etiladi. 
Tovar siyosatining asosiy mazmuni qaysi tovarni va qaysi miqdorda ishlab 
chiqarish kerak xoliga qarab qanday usullar bilan bo‘lmashi o‘zgartirib bo‘lsa xam 
saqlab qolish yoki bu tovardan voz kechish, yangisini yaratish kabi xal qiluvchi yo‘l 
tanlash talab etiladi. Bularning xar birining o‘z ijro yo‘li bor. Birinchisi, tovar 
mavqyoini saqlash uchun uni yangilashga xarakat qilish, shu tufayli uning xaridorlik 
xususiyatini saqlashdir. Bunda tashki ko‘rinishini o‘zgartirish, qandaydir qo‘shimcha 
ishni bajarish, modalashtirish yoki iste’mol xizmatini qo‘llash kabilarni foydalanish 
kerak. 
Tovardan voz kechishini olsak, bu uning ishlab chiqarishni to‘xtatish degan 
so‘z. Bu, avvalo sarf-xarajat o‘zini oqlay olmanganligi bilan belgilanadi. Tovar 
bozorda yaxshi o‘tmasa yoki xom ashyo, material qimmatlashib ketsa, shu bilan birga 
tovarning istiqbolsizligi, yangi texnologiya bo‘yicha yangi tovarlarga o‘tish sezilgan 
vaqtda shunday qarorga kelish mumkin. 
YAngi tovar ishlab chiqarish avvalo bozor talabi asosida, shuningdek, 
korxona faoliyatini kengaytirish, uning rentabelligini keskin oshirish kabilar tufayli 
belgilanadi. Bunda, albatta bozor rivoji istiqboli katta axamiyat kasb etadi va 
tovarning baxosi xal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ishlab chiqarishda esa yangi tovarga mos 
quvvat va xunarmandlar imkoniyati, xom ashyo mavjudligi, texnik ta’minot kabilar 
belgilovchi omil bo‘lishi mumkin. 
Tovar ishlab chiqarishni tezlashtirish, avvalo iste’molchi talabani chuqur 
tushnish, marketingga katta e’tibor berish, yangi texnologiyadan faol foydalanish 
kabilarga bog‘liqdir. 


xar bir ishlab chiqaruvchi uchun yangi tovarni to‘g‘ri tanglay olish katta 
axamiyat kasb etib, bu qulay xaridor va xaridorlar guruxini topa bilish, muximi bir xil 
tovarga ko‘p miqdorda bir xil xaridorlarni aniqlab, bular bilan ish olib borishga 
bog‘liqdir. Bu bozor qismlarini belgilay bilish yoki boshqacha qilib aytganda, bozor 
segmentatsiyasini amalga oshirish zaruriyatidir. Marketing ishida asos bo‘lgan 
bozorni ayrim qismlarga taksimlab ish ko‘rish bozordagi faoliyatga aniqlik kiritish, 
ya’ni tavakkalik bilan bozorga kirish emas, balki uning o‘ziga kerak aniq 
qisminitopish va belgilashdan iboratdir. Bozorni qismlartiruv bir xil, bir xususiyatli 
tovarlarga muxtoj iste’molchilar guruxini tanlash, xaqiqiy bozor talabani topa bilish 
jarayonidan iboratdir. SHunday xarakat tufayli marketing o‘z tovarining xaridorlarini 
topadi va ularning sonini ko‘paytirib boradi. Bozor qismlarining to‘g‘ri 
belgilanganligini qanday bilish mumkin va buning mazmuni nimadan iborat? 
Birinchidan, bozor qismlari aniqligi darajasi, ikkinchidan, xar qism xaqida ma’lumot- 
axborot mavjudligi va bularni samarali baxolash, o‘lchash mumkinligi, uchinchidan, 
tanlangan bozor qismining ko‘zlangan foydani keltirish, to‘rtinchidan, bu qismda 
tovarning zaruriy xarakati, reklamasi ta’minlangan xolda uni foydali sotishning 
imkoni mavjudligi kabilarni ta’minlashidir. 
Marketing nazariyaida bozorni qismlartirishning aniq omillari bo‘lib, ularning 
yig‘indisi uning tashki va ichki kompleksini belgilaydi. Bular qatoriga quyidagilarni 
kiritish mumkin: mijozlar, raqobatchilar, xokimiyat, resurslar va korxona 
imkoniyatlari. 
Bozorni segmentlashtirishda mijozlarning tovarlarga nisbatan manfaatdorligi 
darajasi, ularning xajmi, ya’ni qancha xaridor bu tovarlar tufayli o‘z talablarni 
qondira olishlari, mavjud va bo‘lajak mijozlarning to‘lov qobiliyatlarini aniqlash 
axamiyatlidir. Raqobatchilarni olsak, kimlar raqiblik qilishi mumkin, raqiblar 
nimalarni taklif etishi, tovar, xizmatlarning sifati, narxi, xizmat xillari kabilar 
e’tiborlidir. xokimiyat omilida ularning korxonaga bog‘liq tarmoq va soxalarga ta’sir 
darajasi kabilar xisobga olinadi. Resurslar omili ta’minot masalasi, ularni sotib olish 
imkoniyatlari, monopolik qilish imkoniyati kabilardan iborat. Korxona imkoniyatida 
uning quvvat, tovar ishlab chiqarish xajmi, o‘z-o‘zini moliyaviy ta’minlay olishi va 
kredit muxtojligi, belgilangan bozor qismida ish ko‘rishda korxona xodimlarning 
imkonlari kabilar e’tiborlidir. 
Bu omillarni o‘rgangan xolda iste’molchilar talabi imkoni boriga aniqlanadi, 
ya’ni uning eshi, jinsi, kasbi, oilaviy axvoli, daromadi va xokazolar. CHunki 
bularning barchasi axamiyatlidir. Marketing bozorni qismlashtirishda xaridorlarning 
yangi tovarga nisbatan moslashuvi darajasi va imkoniyatlarini xisobga olishi zarur. 
CHunki ba’zi xaridorlar tovar xillariga befarq bo‘ladilar, boshqalari esa yangi tovarga 
tez moslashadi, boshqalari akillik bilan ko‘nikadi, bir xillari ko‘nika olmaydi va x.k. 
bularni e’tiborga olgan xolda sotiladigan tovar xajmini belgilash mumkin. 
Bozorni qismlashtirish, ya’ni o‘zi uchun zarur aniq bozor qismini belgilash 
xaqiqiy bozorni tayyorlashdan iborat bo‘lib, so‘ngra unga dadil tovar olib chiqish 
mumkin. Agar bozor keng xajmi va yana kengayadigan, shu bilan birga unda 
qondirilmagan talab xam mavjudligi, bundan korxona foydalanishi mumkinligi 
aniqlansa, albatta bu uning zaruriy va samarali bozor ekanligini bildiradi. Bu bozorni 
tayyorlash jarayoniga kiradi. SHu bilan birga tovarni ma’lum bozorga xozirlash 


jarayoni xam bo‘lib, bozor qismlashtarilgan va to‘la o‘zlashtirilgandan keyin bemolol 
yangi tovar chiqarish imkoni tug‘iladi. 
Marketing faoliyatida plan, planlashtirish o‘z o‘rnini egallaydi. Ma’lumki, 
iqtisodiy faoliyatni dasturlash, dunda tijoriy va istiqbolli vazifalarni belgilash asos 
bo‘lib xisoblanadi. 
Amerika marketing asssiatsiyasi marketingni planlashtirish va fiqrlar, 
echimlarni amalga oshirish, baxoni belgilash, g‘oya, tovar va tovarlashgan 
xizmatlarni ayrim shaxs va tashkilotlar maqsadini qondirish uchun bo‘lgan xarakatni 
ta’minlab, sotishdan iborat deb ifodalaydi. YA’ni, marketing oddiy bozor maxsulot 
emas, u xozirgi zamon bozor iqtisodiyotining maxsulidir. Marketingdagi reklama, 
bozor to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish, tovarlani ishlab chiqish, baxoni belgilash, 
tovarlarni tarqatish yo‘llarini aniqlash kabilar planlashtirishning tomonlari va 
belgilari bo‘ladi. 
F.
Kotler xatto tijoriy, ya’ni yillik va istiqbolli besh yillik planlar ustida gap 
yuritadi. Uning aytishicha, boshqaruvchi avvalo besh yillik plan tuzadi. Unda besh 
ichida bozorga ta’sir etuvchi asosiy omil va xarajatlar e’tiborga olinadi. SHu bilan 
birga bozorni bozorni egallash, ko‘zlangan foydani olish, xarajatlarni e’tiborga olish 
zarur bo‘ladi. xar yili bu plan aniqlab boriladi. Tijoriy planda marketingga xolat, 
maqsad va muammolar, marketingning yillik strategiyasi va uni amalga oshirish, 
nazorat tartibi kabilar kiritiladi. 
Demak, marketing faoliyati planli reja asosida amalga oshadi. Maqsadli 
bozorni aniqlab borish, marketing xarakati tizimini ishlab borish, natijada ishlab 
chiqarish va tijoratga yangi-yangi ishlanmalar va fiqrlarni singdirib borish tijoriy 
planlar bilan birga istiqboli planlashtirishning qo‘llanilishini talab etadi. 
SHuni e’tiborga olish zarurki, xozirgi bozor iqtisodiyoti rivojida bir-biriga 
qarama-qarshi, turli xususiyatli ikki xarakatning o‘zaro bog‘liqligi yuz bermoqda. Bir 
tomondan, iqtisodiy mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning raqobati mavjud bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan, ularning integratsiyasi yuz bermoqda. CHunki intensiv 
rivojlanish 
markazga 
intiluvtendensiyasini 
tezlashtiradi. 
Bu 
tovarlarni 
standartlashtirish, zamonaviy texnologiya, axborot tizimlarini qo‘llash kabilarni 
tezlashtiradi. Lekin raqobat xam axamiyatini pasaytirmaydi. CHunonchi, raqobat 
innovatsiyaviy faoliyatni kuchaytiradi, talab o‘zgarishi tufayli maxsulotlarning 
tabaqalanishidagi tezlashuv kabilarda o‘z ta’sirini kuchaytiradi. 
Bunday xolatda planlilik ta’sirchan bo‘ladi. Iqtisodiy aloxalarning 
muraqqablashuvi planlilikni faqat mikro darajada, marketingda qo‘llanilishidan 
tashkari makro darajada xam qo‘llashlik zaruriyatini tug‘dirida. 
Marketing vazifalaridan eng muximi axborot xizmatini uyushtirish, uning 
zamonaviy usullarini qo‘llab, samaradorligini oshirishdir. Buning imkoniyatlari juda 
katta. Bu soxada elektronika, kosmos texnikasi, kompyuterlashtirish katta rol 
o‘ynaydi. 
Reklama 
xam 
marketing 
soxasiga 
kiradi, 
uning 
qo‘llanilishi 
takomillashtirilmoqda, 
uning 
vositalari 
ko‘paymoqda, ilmiy-texnik xolati 
ko‘tarilmoqda. Reklama faoliyati boshidan oxirigacha bozorni chuqur o‘rganishga 
asoslanadi. 


iborat: 
Ma’lum bir maqsadga qaratilgan reklamaning vazifalari quyidagilardan 

korxona 
obro‘-e’tiborini ko‘tarish (pablik rileyshiz). Tovarni 
tayyorlagan korxona xaridorga tashish va yaxnom chiqargan bo‘lsa, ana 
shu taqbirdagina xaridor tovarni yuqori baxoda sotib olishga tayyor 
turadi; 

mazkur tovarga extiyoj paydo bo‘lishiga ko‘maklashishi, ya’ni talabni 
yuzaga keltirish; 

iste’molchilarga tovar to‘g‘risidagi zarur axborotni berish; 

tovarlarni o‘tkazish, sotishni ta’minlash, shu soxada erishilgan 
natijalarni qo‘llab-quvvatlab va kengaytirib borish. 
Reklama faoliyatining asosiy tamoyili, muvaffaqiyatining muxim sharti 
xaridor eslab qoladigan va konkret tovarni xayoliga keltiradigan reklamani doimiy 
muomalaga kiritishdir asosiy mavzun o‘zgarmasligi kerak: 

tovarga va uni tayyorlab chiqargan korxonaga ishonch xosil qilish; 

mijozlarning extiyojidan kelib chiqish. Reklama iste’molchining 
ruxiyati, xarid qilinadigan narsani tanlab olishdagi rag‘batlarini 
o‘rganish va taxlil qilib chiqish bilan maxkam bog‘langan; 

mazkur tovarga muayyan obraz (imij) berish; 

tovarning firma nommi, tashki ko‘rinishi va o‘rovlari qanday bo‘lishini 
ishlab chiqishdan oldin potensial xaridorlar doirasini, ularning madaniy 
saviyasini, urf-odatlari, o‘rganishlari va boshqalarni xar tomonlama 
taxlil qilib, aniqlab olish kerak. 
Reklama korxonaning butun faoliyatini, ya’ni uning tashki ko‘rinishi, 
xodimlarning yurish-turishi, kotiblarning telefondagi ovozidan tortib tovarning nomi, 
o‘rovi, mijozlarga xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan butun faoliyatini xar tomonlama 
o‘z ichiga oladi. 
Tovarlar sifati jixatidan kam farq qilinadigan bo‘lsa, ularni shuncha ko‘proq 
reklama qilish kerak. 
Keng iste’mol tovarlari reklamaiga bo‘ladigan sarf xarajatlar o‘rta xisobda 
xajmining 5-15% boradi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish