Ob’ekt
– bu boshqariladigan tizimcha,
sub’ekt
esa
boshqaruvchi tizimchadir.
Boshqaruv jarayonining ishlab chiqarishga taaluqli tomoni shundan iboratki,
u guyoki uzluksiz, maqsad sari yo‘naltirilgan, ijtimoiy–texnik jarayon xisoblanadi.
Binobarin, bu jarayon xar xil uslub va vositalar orqali iqtisodiy-texnik natijalarga
erishish uchun amalga oshiriladi.
“Menejment” iborasi – bu ajnabiy so‘z bulib, xayotimizga bozor iqtisodiyoti
bilan birga kirib kelgan so‘zlar qatoridan joy oladi.
“Menejment” boshqaruv, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni boshqarish kabi
masalalarni o‘z ichiga oladi. Bu so‘zning asosida lotincha “manus” yoki “ko‘l” so‘zi
yotadi va uning ilk ma’nosida otlarni boshqarish anglanar edi. Asta-sekin so‘zning
ishlatilish doirasi kengayib, Xozirgi kunda butun iqtisodiyot miqyosida ishlatiladi.
G‘arb menejmentida boshqaruv faoliyatining ikki ko‘rinishi farqlanadi:
A)
texnik faoliyat – ma’lum bir soxa va tarmoqlarda ishlatiladigan
materiallar, texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish;
B)
bevosita boshqaruv faoliyati – ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish,
xodimlarning xarakatlarini kelishtirib turish va nazorat qilish.
Texnik faoliyatida menejment va menejerdan asosan texnik g‘oyalarni taklif
qiladigan, ularni amalga oshiradigan odamlarni topib, ularga sharoit yaratib berish
talab qilinadi.
Menejment uchun eng muximi – bevosita boshqaruv faoliyatidir.
Ishlab chiqarish jarayonida xar xil ijtimoiy, ruxiy, pedagogik, xuquq,
texnologiya
va
boshqa
ilmlar
o‘rganiladi, ammo jamoaning boshqaruv
munosabatlarini anglab olishda asosiy vazifani tashkiliy munosabatlar bilimlari
egallaydi. Bular jumlasiga jamoani tashkil qilish nazariyasi, tarmok iktisodiyotini
rejalashtirish nazariyasi, ishlab chiqarishni ilmiy xolda tashkil qilish, boshqaruv fani
va xokazolar kiradi. Boshqaruv fanining izlanishi ob’ekti – jamoaga taaluqli tashkiliy
munosabatlar, ya’ni ishlab chiqarish komplekslarini muvofiqlashtirish jarayonlari
xisoblanadi.
Boshqarish –bu ko‘zlangan maqsadga etish qobilyati va maxorati demakdir. Bu
ta’rif sodda ko‘ringani bilan unda boshqaruv faoliyatining mazmun va shakllari
yashiringan, muvaffaqiyat qozonish uchun eng avvalo nima qilish kerakligini bilish
va o‘z bilimini amalda qo‘llay olish lozim.
Boshqarish aniq bir maqsadni ko‘zlab amalga oshirilar ekan, shuning uchun
maqsad boshqaruvning asosini tashkil etadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun
muayyan biror rejaga ega bo‘lish kerak. Bu rejani asoslash, uning to‘g‘riligini
isbotlash xam muhim ahamiyatga ega.
2.
Boshqaruv maqsadi – bu muddao, murod, ya’ni niyatga erishmoq uchun
ko‘zda tutilgan orzu. Boshqarish maqsidlari ilmiy asoslangan va to‘g‘ri belgilangan
bo‘lishi shart. CHunki shu maqsadga binoan:
–
boshqaruv funksiyalari;
–
boshqaruv usullari;
–
boshqaruv struktura (tuzilma)si;
–
lavozimlarni belgilash va kadrlarni tayyorlash kabi muxim masalalar
echiladi.
–
boshqaruv maqsadlari quyidagi talablarga javob berishi kerak;
–
1) maqsad bir ma’noli va aniq bo‘lishi kerak;
–
2) maqsadni bajarish mumkinbo‘lishi kerak;
–
3) maqsad miqdoriy o‘lchavga ega bo‘lishi kerak;
–
4) maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak;
–
5) maqsad bo‘limlari va mas’ullari bo‘yicha detallashtirilgan bo‘lishi kerak;
–
6) maqsad ko‘p qirrali bo‘lishi kerak;
3.
Xo‘jalik boshqaruv vazifalarini quyidagi guruxlarga bo‘lish mumkin:
A)
tadqiqotchi va loyixalovchi;
B)
me’yorlovchi va rejalovchi;
V) tashkilotchilik va muvofiqlashtirish;
G) ta’minlovchi;
D) Xisobchi-nazoratchi.
Tadqotchi va loyixalovchi vazifalari – ularga izlanishlarni o‘tkazish, kelajak
rejalarni tuzish va unga oid iqtisodiy ma’lumotlarni o‘rganib chiqish ishlari kiradi.
Me’yorlovchi va rejalovchi vazifalari – ishlab chiqarish boshqaruvini tashkil
qilish asosining yaratilishini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayoni to‘g‘ri yo‘lga
solishda istiqbol, joriy, tezkor rejalar muxim axamiyatga ega bo‘lib, u boshqaruv
ilmining asosiy vazifalaridan biridir.
Tashkilotchilik va muvofiqlashtirish vazifalari – katta ish xajmiga ega bo‘lgan
texnika, ishlab chiqarish va xo‘jalik, korxona raxbarlaridan iborat, boshqaruv apparati
tarkibini loyixalash, xodimlarni tanlash va joy-joyiga quyish, ishlab chiqarishga
muxandislik raxbarligi kabi masalalarni kamrab oladi.
Ishlab chiqarish boshqaruvida ta’minlovchi vazifasi tarkibiga energetika,
transport, asbobsozlik va ta’mirlash xizmatlarini boshqarish ishlari kiradi. Bu
guruxda moddiy texnika ta’minotining maxsulot sotish boshqaruvi aloxida o‘rin
tutadi.
Nixoyat, bu gurux vazifalariga xujjatlar bilan ishlash, arxiv ishlari, xo‘jalik
boshqaruvi, kapital qurilishi, turar joy kommunal va qo‘shma xo‘jalik (mol boqish,
parrandachilik, sabzavot va meva etishtirish xo‘jaliklari), maishiy xizmat idoralari,
sokchi va yonginga qarshi qurashuvchi tashkilotlar kiradi.
Xisobchi – nazoratchi va analitik vazifalari – statistika, buxgalteriya va tezkor
xisob-kitob ishlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |