—
variantlarni joriy
etish uchun kerak bulgan mablaglar mikdori;
Tn
1
va Tn
2
—
taqqoslanadigan variantlar bo‘yicha maxsulot tannarxi.
Qo‘shimcha kapital mablag‘larning qiyosiy samaradorlik koeffitsienti (E)
qoplanish muddatining teskari ifodasi hisoblanadi va tannarxni pasaytirishdan
olingan tejamning qo‘shimcha kapital mablag‘lar miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
Keltirilgan xarajatlar, ularning vazifasi va ularni xisoblash usuli. Keltirilgan
xarajatlar kapital mablag‘larning qiyosiy-iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi
ko‘rsatkich bo‘lib, texnikaviy va iqtisodiy masalalarni xal qilish variantlarining eng
yaxshisini tanlab olishda qo‘llaniladi. Biron bir texnikaviy vazifani xal etshining,
ratsionalizatorlik va ixtirochilik takliflari, texnikaviy va tashkillashtirishning mumkin
bo‘lgan variantlarini, maxsulot sifatini oshirishning turli usullarini taqqoslaganda
boshqa shartlari teng bo‘lib qalsa, keltirilgan xarajatlar minimum bo‘lishining talab
qiladigan variant eng yaxshisi hisoblanadi. Bir necha variantlardan eng yaxshisini
tanlab olish uchun quyidagi keltirilgan xarajatlar formulasidan foydalanish kerak:
Bu erda: T
/
n - muayyan variant bo‘yicha ishlab chiqarilgan maxsulot tannarxi;
En - kapital mablag‘lar samaradorligining normativ koeffitsienti;
K - bir yo‘la solinadigan kapital mablag‘larning yig‘indisi .
Xalq xo‘jaligida yangi texnika, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflaridan
foydalanishning iqtisodiy samaradorligini belgilash metodikasida samaradorlikning
normativ koeffitsienti xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlari uchun 0,15 ga teng qilib
olingan.
Keltirilgan harajatlarni aniqlash eski texnika o‘rniga yangisini yaratish va
qo‘llash natijasida hosil bo‘ladigan iqtisodiy samarani baholashga xalk xo‘jalgi
nuqtai nazaridan yondashishni taqozo etadi.
Yillik iktisodiy samara
—
bu, yangi texnika, texnologiya va progressiv
mahsulot turlarining, mexnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy
samaradorligini tahlil etish va baholashda qo‘llaniladigan muxim kursatkichlardan
biridir. Bu ko‘rsatkich qiyos qilinadigan variantlar bo‘yicha sarflangan xarajatlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida quyidagi formula yordamida hisoblab chiqiladi:
Bu erda:
Y
— yillik tejam;
T
/
n
1
— yangi texnika bo‘yicha tadbirlar joriy qilingungacha maxsulot yoki ish
birligining tannarxi (so‘m xisobida);
T
/
n
2
—
shuning o‘zi, tadbirlar joriy qilingandan so‘ng (so‘m )
K
1
— tadbirlar joriy qilingungacha maxsulot birligiga sarflangan kapital
mablag‘lar miqdori;
Y
=
[( T
/
n
1
+ En* K
1
)
—
[( T
/
n
2
+ En* K
2
)]*
T
/
n
+
En* K —> min
E = Tn
1
—
Tn
2
/ K
2
—K
1
yoki 1/
K
2
—
shuning o‘zi, tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng;
A
2
— yangi tadbirlar amalga oshirilgandan boshlab ishlab chiqariladigan yillik
maxsulot yoki ishlarning xajmi.
En — kapital xarajatlarning normativ samaradorlik koeffitsienti.
U yangi kapital quyilmalarning minimal darajadagi iqtisodiy samaradorligini
xamda bir so‘mlik kapital quyilma bir yilda maxsulot tannarxini necha tiyinga
kamaytira olishini bildiradi. Masalan, sanoat tarmog‘a uchun belgilangan
samaradorlik koeffitsienti normasi 0,15 bo‘lsa, bu shu tarmoqda har bir so‘m kapital
quyilmalar maxsulot tannarxining pasayishi hisobiga eng kami bilan 15 tiyinlik
tejam, foyda berishi zarur. Samaradorlik koeffitsienti «0»dan «1»ga dqncha tez
intilsa, samaradorlik shuncha yuqori, xarajatlarning qoplanishi muddati esa shuncha
qisqa bo‘ladi.
Tayanch so‘zlari:
Samara — ishlab chiqarilayotgan maxsulot (ish, xizmat), foyda va daromad
xajmini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish, mahsulot sifatini oshirish yoki
sifatsiz maxsulot ishlab chiqarishni kamaytirish ya’ni, umuman korxona faoliyatining
ijobiy natijalaridir.
Samaradorlik — bu avvalo, korxona faoliyatining sifat ji-xatlarini
tavsiflovchi tushuncha bo‘lib, barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan
xarajatlar (resurslar)ga nisbatidir.
Ishlab chiqarishning mutlaq samaradorligi- xarajatlar va resurslarning
ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning miqdoridir.
Qiyosiy samaradorlik- bu ishlab chiqarish—texnik vazifani xal etishning
biror varyantining ijtimoiy iqtisodiy avzalligini asoslab berish, taqdim etilgan
variantlardan eng unumligini tanlab olish tushuniladi.
Keltirilgan
xarajatlar—kapital
mablag‘larning
qiyosiy-iqtisodiy
samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatgich bo‘lib texnikaviy va iqtisodiy masalalarni
hal qilish variantlarining eng avzalini tanlab olishda qo‘llaniladi.
(T/N+En*K)
Yillik iqtisodiy samara—bu progressiv, ya’ni yangi texnika, texnologiya va
maxsulot turlarining, mexnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning samaradorligin
taxlil etib, taqqoslanayotgan variantlar bo‘yicha sarflangan xarajatlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar asosidagi natija yoki tijoriy yutuq.
Nazorat savollari:
Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati nimadan iborat. Samaraning
samadorlikdan farqi nimada?
Samaradorlik ko‘rsatgichlarining mazmuni va hisobi qanday?
Yillik iqtisodiy samara qanday xisoblanadi?
Korxona faoliyati samaradorligini oshirishning qanday yo‘llari va omillari
mavjud?
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy o‘rin kimga tegishli: fan-
texnika taraqqiyoti , insonlar yoki resurslagami?
Samaradorlikning normativ koeffitsenti deganda nimani tushunilad
Do'stlaringiz bilan baham: |