Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Aylanma mablag‘laning xosil bo‘lish manbaalari



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/72
Sana18.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#455037
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
Bog'liq
2 5285267968547098640

Aylanma mablag‘laning xosil bo‘lish manbaalari
 
xosil bo‘lish manbaalari bo‘yicha aylanma mablag‘lar, shaxsiy va zayom 
aylanma mablag‘larga bo‘linadilar. 
SHaxsiy aylanma mablag‘lar – bu xususiy resurslar xisobidan tashkil topgan 
va korxona xisobida doimiy bo‘lgan mablag‘dir (masalan, foyda va boshqa). 


Unga tenglashtirilgan mablag‘lar – korxona xodimlariga to‘lash lozim bo‘lgan 
ish xaklar va ijtimoiy sug‘urta ajratmalarning karzlari, moddiy resurslar bilan 
ta’minlovchilar uchun mo‘ljallangan to‘lovlar va boshqa. 
Zayom mablag‘lar – banklar kreditlari, kreditorlik karzlar (tijorat krediti) va 
boshqa turli maxsus fondlar mablag‘lari. Kredit – ma’lum davrga ma’lum maqsadlar 
uchun mo‘ljallangan mablag‘lar, uning uchun korxona belgilangan miqdorda %-da 
xak to‘laydi. 
Korxonada tashkil topgan maxsus fondlar mablag‘laridan sarflaguncha qadar 
korxona oboritida foydalanish mumkin va ular ichki moliya resurs manbaa 
xisoblanadilar. 
Korxonaning samarali ish faoliyati - bu minimal xarajatlar asosida maksimal 
natijalarga erishish. Sarflar minimizatsiyasi esa – bu avvalo aylanma mablag‘larning 
xosil bo‘lish manbaalari va strukturasini optimizatsiyasi demakdir, ya’ni shaxsiy va 
kredit resursdarning oqilona muofiqligi. 
Aylanma mablag‘larning aylanishi
Aylanma mablag‘lar doimo xolatini o‘zgartirib turadilar. Bir ishlab chiqarish 
sikli davomida ular 3 bosqichdan o‘tadilar. 
1
bosqichda korxoan pul mablag‘larini mexnat buyumlari (aylanma 
fondlarga), ish xakiga sarflaydi. Bu bosqichda aylanma mablag‘lar pul formasidan 
tovar ko‘rinishiga, pul mablag‘lari esa muomala doirasidan ishlab chiasiga o‘tadi. 
2
bosqichda sotib olingan aylanma (oborot) fondlar bevosita ishlab chiqarish 
jarayoniga o‘tib, avval ishlab chiqarish zaxiralari va yarim fabrikat aylanadilar; ishlab 
chiayoni tugallangandan so‘ng esa tayyor maxsulotga aylanib tovar formasiga 
o‘tadilar. 
3
bosqichda tayyor maxsulot sotiladi, natijada aylanma fondlar ishlab 
chiasidan muomala doirasiga o‘tib, qayta pul formasini qabul qiladilar. Bu mablag‘lar 
qaytadan yangi mexnat buyumlar xarid qilishga sarflanib, yangilanish doira 
boshlanadi, ya’ni: (P-T-F-T-P-F-T-P) 
yoki P 
-I/CH –T-P
1
… 


P dan (foyda evaziga) 
Bu erda: 
P va P
1
- pul mablaglari 
I/CH zax.- i/ch zaxiralari 
I/CH – tugallanmagan ishlab chikarish yoki chala maxsulot. 
T- tayyor maxsulot. 
Ammo bu aylanma mablag‘lar ketma-ket bir bosqichdan boshqasiga o‘tadi 
degan ma’noni bildirmaydi. Ular bir vaqtni o‘zida doiraviy aylanishning 3 
bosqichida bo‘ladilar. xar bir daqiqada nimadir sotib olinadi, ishlab chiqariladi, 
sotiladi va yana xarid qilinadi. Ana xuddi shu esa uzluksiz ishlab chiqarish va 
beto‘xtov maxsulot sotilishini ta’minlaydi. 
Aylanma mablag‘larning to‘la doiraviy aylanish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish 
davri va muomala davridan o‘tishlari, aylanma mablag‘larning aylanish davri deb 
ataladi. Bu ko‘rsatkich tarmoq yoki korxonalarda aylanma mablag‘larning o‘rtacha 
xarakat tezligini ifodalaydi, lekin u aniq maxsulot turining xaqiqiy ishlab chiqarish va 


sotish davriga to‘g‘ri kelmaydi. Aylanma bo‘lgan vaqti maxsulotning iste’mol va 
texnologik xossalariga, uni ishlab chiqarish va sotish xususiyatlarga xos sezonlik 
xususiyatlar aylanma mablag‘larni 1 bosqichda ancha ushlanib qolishiga sabab 
bo‘ladi. 
Vino, pivo, konyak ishlab chiqarish tarmoqlarida esa ishlab chiqarish 
siklining uzoq davom etishi va tugallanmagan ishlab chikarish xajmiga nisbatan katta 
xajmi aylanma mablag‘larni 2 bosqichda (ishlab chiqarish bosqichi) ancha vaqt 
qolishini talab qiladi. 
Sabzavot-meva tarmog‘ida esa tayyor maxsulotni sotilishining aylanma 
mablag‘larni 3 bosqich (tovar bosqich) ga ko‘proq jalb etilishiga olib keladi. 
Kimyo sanoatida esa ishlab chiqarish siklining qisqaligi tugallanmagan ishlab 
chiqarish ulushining kamayishini ta’minlaydi. Asosiy kimyo soxalarida eng yuqori 
ulush – bu tayyor maxsulot. SHina ishlab chiqarish tarmog‘ida ishlab chiqarish 
zaxiralar ulushi eng katta va x.k. 
SHunday qilib, aylanma mablag‘lar aylanma doirasining umumiy, bu ushbu 
mablag‘larni aylanish bosqichlarida turgan vaqtining funksiyasi. 
Amalda, aylnma mablag‘lar aylanish doirasini utish vaqtining uzayishi 
xususiy aylanma mablag‘larni bog‘lab ko‘yishdan tashkari, yana qo‘shimcha 
mablag‘ni jalb etishga olib keladi, aqs xolda ishlab chiayonining uzluksizligini 
ta’minlab bo‘lmaydi. Bozor munosabatlari sharoitida bunday vaziyat korxona 
raqobatbardoshligini susaytirib, uni iqtisodiy axvolini og‘irlashtiradi. SHuning uchun 
bozor sharoitida korxonani aylanma mablag‘lar bilan ratsional ta’minlash juda katta 
axamiyatga ega. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish