Bir maromli to‘g‘ri chiziqli usul
deb tugatilgan qiymati ayrilgan asosiy vositalar
ob’ekti qiymatini davrlar bo‘yicha foydalanish muddati davomida teng nisbatda hisoblash
usuliga aytiladi. Amortizatsiya summasi amortizatsiyalanayotgan qiymatni (tugatish
qiymati ayrilgan ob’ektning dastlabki qiymatini) ko‘zda tutilgan foydalanish davrlari
soniga bo‘lish yo‘li bilan aniklanadi. Amortizatsiya me’yori o‘zgarmaydi.
Amortizatsiya quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Dastlabki — Tugatish
qiymati
qiymati = yillik amortazatsiya summasi
xizmat muddati
-
yil
Masalan, kompyuter qiymati 500000 so‘m, tugatish qiymati 30000 so‘m, xizmat
muddati 5 yil. Bu holda har yilgi amortizatsiya 10 : 5 = 20%, ya’ni 500000 - 30000 :
5 = 94000 so‘mni tashkil etadi.
5 yil davomida hisoblangan amortizatsiyani quyidagicha aks ettirish mumkin:
birinchi yil oxirida — 94 ming so‘m;
ikkinchi yil oxirida — 94 ming so‘m;
uchinchi yil oxirida — 94 ming so‘m;
to‘rtinchi yil oxirida —94 ming so‘m;
beshinchi yil oxirida — 94 ming so‘m.
Binobarin, amortizatsiyani bir maromda hisoblash usulida uning summasi
foydalanish muddati davomida bir xil bo‘ladi, jamg‘arilgan eskirish bir tekisda oshib
boradi, qoldiq qiymati esa, baholangan tugatish qiymatiga etguncha — bir tekisda
kamayib boradi.
Bajarilgan ish hajmiga nisbatan (ishlab chiqarish) amortizatsiyani hisoblash usuli
asosiy vositalarning har hisobot yilida bajargan ishining xisobiga asoslangan. Mazkur usul
bilan eskirishning har yilgi qiymatini hisoblash uchun jami foydalanish muddati
davomida umumiy baholangan ishlab chiqarishni hamda har bir aniq yildagi ishlab
chiqarishni oldindan aniklash lozim. Ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot,
ishlangan soatlar miqdori va hokazolar olinishi mumkin.
Amortizatsiya me’yori quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Dastlabki — Tugatish
qiymati
qiymati = yillik amortizatsiya summasi
Mo‘ljallangan ishlar hajmi
-
yil
YUqorida qayd etilgan kompyuterning 5 yil muddatda ishlash resursi 6500 soat
deb taxmin qilamiz. Kompyuter 1-yilda 2000 soat, 2-yilda 1500 soat, 3-yilda 1200 soat,
4-yilda 1000 soat, 5-yilda 800 soat ishlatilgan.
Binobarin, amortizatsiya meyori quyidagini tashkil etadi: (500000 -- 30000): 6500
= 72,307 so‘m/soat.
Amortizatsiyani ishlab chiqarish usuli bilan hisoblash quyidagicha amalga
oshiriladi:
birinchi yil oxirida — 2000 x 72,307 = 144615 so‘m;
ikkinchi yil oxirida — 1500 x 72,387 = 108461 so‘m;
uchinchi yil oxirida — 1200 x 72,307 = 86770 so‘m;
to‘rtinchi yil oxirida — 1000 x 72,307 = 72308 so‘m;
beshinchi yil oxirida — 800 x 72,307 = 57846 so‘m.
Jami 470 000 so‘m.
Bajarilgan ish hajmi ko‘rsatkichlari asosida amortizatsiyani xisoblash usullari
ob’ektlardan foydalanish muddati, ularning tuzilish xususiyatlari bilan cheklangan
hamda mazkur aktivlarning xo‘jalik faoliyati hajmi yilma – yil o‘zgargan hollarda
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |