12-Mavzu. Ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi
Iqtisodiy samaradorlik tushunchasi va moxiyati.
Iqtisodiy samaradorlikning ko‘rsatkichlari.
Iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llari va omillari.
Yillik iqtisodiy samaraning xisobi.
Ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi korxonaning muvaffaqiyati va iqtisodiy jihatdan barqarorligi xamda oqilona xo‘jalik yuritishini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish samaradorligi xar bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, moddiylashgan va jonli mexnat xarajatlari xamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Samarali ishlash degani o‘z moxiyatiga ko‘ra, mo‘ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yuqotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mexnat samaradorligini oshirish, ishlab chikarilayotgan maxsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi.
"Samara", "samaradorlik",' ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik" kabi tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur.
Samara — ishlab chiqarilayotgan maxsulot (ish, xizmat), foyda va daromad xajmini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz maxsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat ji-xatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U "samara" toifasidan kelib chiqadi xamda unga qaraganda murakkab va majmua tavsifiga ega.
Samaradorlik chora sifatida ko‘plab texnik, iqtisodiy, loyixa va xo‘jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.
Iqtisodiy samaradorlik qabul qilinayotgan qarorlarning xo‘jalik yuritishda maksadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha xollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar (ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik kam bo‘lsa (maxsulot sifatiga ta’sir qilmagan xolda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik xam oshadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mexnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, akliy va jismoniy mexnat o‘rtasidagi farqni yo‘qotishni inobatga olgan xolda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bir vaqtning o’zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning xar tomonlama rivojlanishi va uning barcha kobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining o‘sishi, aholii sog‘lig‘ining yaxshilanishi va umr ko‘rishining uzayishida aks ettiriladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi x,isoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga yordamlashadi. Masalan, foydaning o‘sishi, jamg‘armalarning ortishi korxonaga ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi.
Birok, samaradorlik va uning asosiy kursatkichi - foyda (daromad) o‘z- o‘zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa hususiyatlardan kelib chikkan holda, turli vosita va yullardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya’ni samaradorlikka qiska yoki uzoq muddatlarda erishishni muljallash, asosiy rollardan birini uynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini kisqa vakt mobaynida mahsulot sifatini yaxshilashni mablag‘ bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayotgan mablaglarni kamaytirish yuli bilan kupaytirishi mumkin. Uzok muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va xattoki korxonaning bozordagi o‘rnini yuqotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib kelishi mumkin.
Xorijiy firma va korxonalar o‘z faoliyatlarida samara-dorlikka erishish uchun ishlab chiqarish texnika va texnologiya-lariga e’tiborni kuchaytirishdan tashqari, mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga aloxida e’tibor qaratmoqdalar. Masalan, YAponiyaning "Omron" firmasi o‘ziga "Barchaning yaxshi xayoti, yaxshi dunyo uchun degan iborani shior qilib olgan. Amerikaning "Katerpiller" kompaniyasining shiori "Dunyoning har bir burchagida 48 soat xizmat ko‘rsatish" bo’lsa, ' Ribok" firmasi YAxshi bahodagi narx" iborasini shior qilib olgan. Bunday misollardan yana bir nechtasini keltirib o‘tish mumkin. YUqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan kategoriyalar qatoriga kirmaydi xamda fakatgana pul ko‘rinishida o‘lchanmaydi. Samaradorlik va sifatli mexnat tufayli korxona birinchidan, o‘zining iqtisodiy barqarorligi va bozordagi raqobatchilikka bardosh berishini ta’minlaydi, ikkinchidan, o‘z imidjini yaxshilaydi va hamkorlar bilan aloqalarini mustaxkamlaydi, uchinchidan, xodimlarning qktisodiy va ijtimoiy axvolini yaxshilaydi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yullarini qidirish, xarajat va natijalarni to‘g‘ri solishtirish, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, xududiy joylashishi va faoliyat turidan qat’iy nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi.
2. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish — korxona rahbariyatining doimiy vazifasidir. Bu vazifani echish amaliyotda kuyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘ladi:
bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash;
iste’molchilar talabini qondirishga yunaltirilgan mahsulotni sotish va yuqori daromad (foyda) olish;
aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish zahiralarini yaratish.
Xujalik samaradorligini baxolash, korxonada foydala- niladigan resurs turlari bo‘yicha amalga oshirilishi va miq- dor jihatidan o‘lchanishi mumkin. Masalan, ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va mahsulotning mexnat sig‘imi ko‘rsatkichlari yordamida quyidagi formula asosida baholashmumkin:
Mu = Q / Nr
My - mexnat unumdorligi;
Q - maxsulot xajmi kiymat kurinishida; Nr - ishlovchilar (ishchilar) soni.
Maxsulotning mexnat sig‘imi mexnat unumdorligiga tes-kari ko‘rsatkichi bo‘lib, sarflangan mehnat miqdorining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati sifatida aniklanadi:
T = Nr/ Q
Mehnat qurollari (asosiy fondlar)dan foydalanish samaradorligi mahsulotning fond sig‘imi va fond qaytimi ko‘r-satkichlari yordamida aniklanadi. Bunda fond kaytimi korxo-na asosiy fondlarining bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarilgan mahsulotni anglatsa, fond sig‘imi esa fond kayti-miga teskari ko‘rsatkich bo‘lib, yangi asosiy fondlarni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan kapital quyilmalarni anilash vazifasini bajaradi.
Fond qaytimi (Fq) va fond sig‘imi (Fs)sig‘imini aniklash formulasi quyidagicha:
Fq= Q/ Af
Q - maxsulot xajmi, qiymat bo‘yicha; Af — asosiy ishlab chiqarish fondlar kiymati.
Fs= Af / Q
Fond qaytimi qanchalik yuqori va fond sig‘imi qanchalik past bo’lsa, ishlab chiqarish va mexnat qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha. Mashina va uskunalardan unumli foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish xamda xodimlar malaka-sini oshirish, fond qaytimini kupaytirishning muxim zaxira-si xisoblanadi.
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi, max-sulotlarning material sig‘imi yordamida sarflangan xomashyo, material, yoqilg‘i, quvvat va mexnat buyumlarining umumiy qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati or-kali aniklanadi. Uning formulasi kuyidagicha:
m = M / Q
m - maxsulotlarning material sig‘imi ;
M - mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan moddiy xara-jatlarning umumiy miqdori, pul ko‘rinishida;
Q - ishlab chikarilgan maxsulot xajmi, qiymati bo‘yicha.
Mahsulotning material sig‘imi qanchalik past bo’lsa, ishlab chiqarish samaradorligi shunchalik yukori bo’ladi. Birok maxsulot material sig‘imini kamaytirish, uning sifatini pa-saytirish yoki texnologiya me’yor va qoidalarini bo’zish xisobiga amalga oshirilmasligi lozim. Material sig‘imining bu tarzda kamaytirilii iqtisodiy jinoyat xisoblanadi va qonunga asosan jazoga tortiladi.
Bozor sharoitlarida korxona xo‘jalik faoliyati samara-dorligining umumlashtiruvchi yoki mezon kursatkichi sifatida rentabellik yoki kapitalning daromadliligini qabul qilish mumkin. Bu kursatkich quyidagi formula asosida xisoblanadi:
Ri/ch = F b / Af-Om*100
Ri/ch - rentabellik, xujalik faoliyatining nati-jasini foyda shaklida kursatadi va foizlarda zygaanadi;
F b - korxonaning balans foydasi;
Af-Om - avanslangan kapital(asosiy va aylanma).
Nisbatning kattalashishi mexnat, moliya, texnologiya va moddiy resurslaridan unumlirod foydalanishni anglatadi. CHunki aynan ular ishlab chiqarish xajmi va xarajatlari, mahsulot bahosiga ta’sir o‘tkazadi. Xujalik faoliyati minimal xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yulga qo‘yilgan joylarda samaraliroq bo‘ladi.
Korxona rentabelligini aniqlashda ba’zida korxona olgan umumiy foyda emas, balki mahsulot tannarxini pasaytirish xisobiga olinuvchi foyda ulushidan foydalaniladi.
YUqorida keltirilgan xo‘jalik samaradorligini baxolash usullari va ko‘rsatkichlaridan tashqari bugungi kunda amaliyotda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mulk Qumitasi tomonidan ishlab chiqilgan korxonalarning iqtisodiy nochorlik belgilarini aniqlash uchun mezonlar tizimi ham qo‘llaniladi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
tulov qobiliyati koeffitsienta (Kt.q.);
xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nisbati koeffitsienti (Kx.q); moliyaviy mustaqillik koeffitsienta (Kmm );
xususiy aylanma mablarlar bilan ta’minlanganlik
koeffitsienta (Kxam).
Bu ko‘rsatkichlar bir karashda maxsulot ishlab chiqarish soxasiga, demak, ishlab chiqarish samaradorligiga aloqasi yo‘qday tuyuladi. Aslida esa aynan ular orkali korxonaning samarali faoliyatini anglatuvchi iqtisodiy va moliyaviy barqarorlik aks ettiriladi. Bundan tashdari, maxsulotning material sig‘imi, fond kaytimi, mexdat unumdorligi va rentabellik ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishni rejalashtirish va taxlil qilishda qo‘llansa, mezonlar tizimi yordamida esa korxonalar o‘zlarining faoliyat yuritish qobiliyatini ko‘rsatadi xamda turli xil muammoli vaziyatlarda xujalik sudlarida o‘z manfaatlarini ximoya qiladi.
To‘lov qobiliyati koeffitsienti (Kt,q.) korxonaning debitorlar bilan o‘z vaqtida xisob-kitob qilish xamda tayyor maxsulot va boshqa moddiy vositalarini sotishning qulay sharoitlarda sotish orqali baxolanadigan to‘liq imkoniyatlarini kursatadi. U quyidagi formula asosida xisoblanadi:
Km.k =A2-My.o.k / P2 - Ikk
A2 — aylanma aktivlar (ishlab chiqarish zaxi-ralari, tayyor maxsulot, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlari va xokazolar);
P2 — majburiyatlar (kiska muddatli qarzlar, qisqa muddatli kreditlar, byudjet oldidagi darzlar, kreditorlik karzlari va xokazo);
Mo‘.d.q— muddati utib ketgan debitorlik karzlari; Iqk— uzoq muddatli darz va kreditlar.
Xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nisbati koeffitsienti (Kh.q.m.) ularning shakllanish manbalarini inobatga olgan xolda, pul maolarlari bilan ta’minlanganlik darajasini aniklaydi. U quyidagi formula asosida xisoblanadi:
K= P1 /Pg -Ikk
P1—xususiy mablag‘lar manbalari (Nizom jamg‘armasi, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va xokazo).
Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti (Kmm korxona moliyaviy mustaqilligining kamayishi (kupayishi), kelajakda moliyaviy qiyinchiliklarga uchrash xavfining kuchayishi (pasayishi) xaqida ma’lumot beradi xamda korxona o‘z majburiyatlari oldida javob berishining kafolatlarini belgilab beradi. U quyidagi formula asosida xisoblanadi:
Kmm= P1 / IB
IB - korxona balansi aktivi yoki passivining yakuni.
Xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti (Kx.a.m) korxonaning barqaror ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan aylanma vositalar mavjudligini tavsiflaydi. SHuningdek u, korxona egalari va kreditorlar manfaatlaridagi munosabatlarni ham aks ettiradi.
Mazkur koeffitsient quyidagi formula asosida xisoblanadi: Kx.a.m= P1 -A1 /A2
A1 — uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, kapital quyilmalar, nomoddiy aktivlar va xokazo).
Ko‘rsatkichlar tizimini tayyorlagan mualliflar tomonidan korxonaning tulovga qobiliyatligi yoki nochorligini aniqlovchi ulchamlar belgilab berilgan. Masalan, to‘lov kobiliyati koeffitsienti hamda xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nis-bati koeffitsienti 2 dan kichik bo’lsa (Kt.q <2; Kx.q.m<2), moliya-viy mustaqillik koeffitsienti 0,5 dan kichik bo‘lsa (Kmm(<0,5), xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti 0,1 dan kichik bo‘lsa (Kx.a.m <0,1) korxonalar nochor deb topiladi. Korxona nochorligi, demak, xo‘jalik faoliyatining samarasizligi to’g’‘risidagi yakuniy qaror, nochorlik o‘lchamlarining umumiy summasi 4,6 dan kichik bo‘lgan xolda qabul qilinadi.
Xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish juda ham murakkab jarayon bo‘lib, buning xamma uchun to’g’‘ri keluvchi yago-na yuli mavjud emas. Har bir korxona bu masalani echishda o‘z imkoniyatlari va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan xolda xarakat qiladi. Biroq barcha xollarda xam samaradorlikning asosida foydani myakagmallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirish yotadi.
Misol: Aytaylik, korxonaning 10 mln. sum miqdorida mablag‘i bo‘lib, bu mablag‘larni ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash muljallangan. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, korxona 10 mln. sum sarf qilganda qo‘shimcha 11 mln. sumlik
maxsulot ishlab chiqaradi, ya’ni foyda 1 mln. sumni yoki qo‘shilgan kapitalning 10
% qismini tashkil qiladi.
Agar korxona ushbu mablag‘ni bankka yiliga 12 %li depozit hisobiga qo‘yganida, foizlar uchui 1,2 mln. sum foyda olgan bo‘lar edi. Demak, muqobil xarajatlarni hisoblaganda korxona 0,2 mln. sum miqdoridagi qo‘ldan chiqarib yuborilgan foydani xam hisobga olishi lozim. Birok ishga bunday yondoshishning, bugungi bozor munosabatlari sharoitlarida keng tarkalgan bunday usulida, ya’ni eng ko‘p foydaga ega bo’lish tamoyili asosidagi usulda, korxona foydani maksimal darajaga chiqarsada, ishlab chiqarishni kengaytirishga erisha olmaydi. Ishlab chiqarishni kengaytirish esa, barchaga ma’lum bo’lgani-dek, iqtisodiyotning rivojlanishi uchun eng muhim talablardan biri hisoblanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xujalik yuri-tishning bozor tizimi xamda har qanday davrning muhim tala-bidir. Samaradorlik istalgan korxonaning iqtisodiy barqa-rorligi va faoliyat yuritish kobiliyatini aks ettiradi. Har kanday ishda, jumladan, korxonalar faoliyatida samaradorlikning, ijobiy natijalarning mavjud bo‘lmasligini, obrazli qilib aytganda, ovoragarchilik, vaqt, kuch va resurslarni yuqo- tish bilan izoxlash mumkin.
Fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib kelgan va hozirda ham o‘z ahamiyatini yuqotmagan. Mazkur omildan quyidagi yo‘llar bilan foydalanish mumkin:
ishlab chiqarish va mexnatni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish hamda kompleks ravishdagi mexanizatsiyalashtirish;
asosiy texnologik jarayonlarni robotlashtirish;
progressiv, mehnat hamda resurslarni tejashga yo‘naltirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish;
xomashyo va materiallar (mexnat buyumlari) zamonaviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish;
ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, hisoblash texnikasidan foydalanish;
ishlab chiqarish va mexnatni ilmiy asosda tashkil qilish.
Ishlab chiqarish-texnik vazifani xal etishning biror variantining ijtimoiy - iqtisodiy afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng samaralisini tanlab olish maqsadida aniqlanadigan samaradorlik qiyosiy samaradorlik deb ataladi. Qiyosiy samaradorlik ikki va undan ortik variantni takqoslash va shu asosda bir variantning boiqa variantlardan ustunligi va optimalligini aniqlab beradi.
Optimal variantni tanlash xamda uni asoslash uchun qo‘shimcha kapital mablaglarning doplanish muddati yoki qiyosiy samaradorlik koeffitsientini hisoblab chiqish va ular miqdorini normativ qiymati bilan taqqoslash kerak.
Qo‘shimcha kapital mablag‘larniig o’zini qoplash muddati ( ) qushimcha kapital mablag‘larning (K2—K1) maxsulot tannarxini pasaytirishdan olingan tejam (T1-T2) ra nisbati bilan aniqlanadi:
Bu erda: — qoplanish muddati (yil x,isobida); K1 va K2 — variantlarni joriy etish uchun kerak bo’lgan mablaglar mikdori;
Tn1 va Tn2— taqqoslanadigan variantlar bo‘yicha maxsulot tannarxi. Qo‘shimcha kapital mablag‘larning qiyosiy samaradorlik koeffitsienti (E)
qoplanish muddatining teskari ifodasi hisoblanadi va tannarxni pasaytirishdan olingan tejamning qo‘shimcha kapital mablag‘lar miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
Keltirilgan xarajatlar, ularning vazifasi va ularni xisoblash usuli. Keltirilgan xarajatlar kapital mablag‘larning qiyosiy-iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, texnikaviy va iqtisodiy masalalarni xal qilish variantlarining eng yaxshisini tanlab olishda qo‘llaniladi. Biron bir texnikaviy vazifani xal etshining, ratsionalizatorlik va ixtirochilik takliflari, texnikaviy va tashkillashtirishning mumkin bo‘lgan variantlarini, maxsulot sifatini oshirishning turli usullarini taqqoslaganda boshqa shartlari teng bo‘lib qalsa, keltirilgan xarajatlar minimum bo‘lishining talab qiladigan variant eng yaxshisi hisoblanadi. Bir necha variantlardan eng yaxshisini tanlab olish uchun quyidagi keltirilgan xarajatlar formulasidan foydalanish kerak:
Bu erda: T/n - muayyan variant bo‘yicha ishlab chiqarilgan maxsulot tannarxi; En - kapital mablag‘lar samaradorligining normativ koeffitsienti;
K - bir yo‘la solinadigan kapital mablag‘larning yig‘indisi .
Xalq xo‘jaligida yangi texnika, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini belgilash metodikasida samaradorlikning normativ koeffitsienti xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlari uchun 0,15 ga teng qilib olingan.
Keltirilgan harajatlarni aniqlash eski texnika o‘rniga yangisini yaratish va qo‘llash natijasida hosil bo‘ladigan iqtisodiy samarani baholashga xalk xo‘jalgi nuqtai nazaridan yondashishni taqozo etadi.
Yillik iktisodiy samara — bu, yangi texnika, texnologiya va progressiv mahsulot turlarining, mexnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy samaradorligini tahlil etish va baholashda qo‘llaniladigan muxim kursatkichlardan biridir. Bu ko‘rsatkich qiyos qilinadigan variantlar bo‘yicha sarflangan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida quyidagi formula yordamida hisoblab chiqiladi:
Bu erda: Y — yillik tejam;
T/n1 — yangi texnika bo‘yicha tadbirlar joriy qilingungacha maxsulot yoki ish birligining tannarxi (so‘m xisobida);
T/n2 — shuning o‘zi, tadbirlar joriy qilingandan so‘ng (so‘m )
K1 — tadbirlar joriy qilingungacha maxsulot birligiga sarflangan kapital mablag‘lar miqdori;
K2 — shuning o‘zi, tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng;
A2— yangi tadbirlar amalga oshirilgandan boshlab ishlab chiqariladigan yillik maxsulot yoki ishlarning xajmi.
En — kapital xarajatlarning normativ samaradorlik koeffitsienti.
U yangi kapital quyilmalarning minimal darajadagi iqtisodiy samaradorligini xamda bir so‘mlik kapital quyilma bir yilda maxsulot tannarxini necha tiyinga kamaytira olishini bildiradi. Masalan, sanoat tarmog‘a uchun belgilangan samaradorlik koeffitsienti normasi 0,15 bo‘lsa, bu shu tarmoqda har bir so‘m kapital quyilmalar maxsulot tannarxining pasayishi hisobiga eng kami bilan 15 tiyinlik tejam, foyda berishi zarur. Samaradorlik koeffitsienti «0»dan «1»ga dqncha tez intilsa, samaradorlik shuncha yuqori, xarajatlarning qoplanishi muddati esa shuncha qisqa bo‘ladi.
Tayanch so‘zlari:
Samara — ishlab chiqarilayotgan maxsulot (ish, xizmat), foyda va daromad xajmini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish, mahsulot sifatini oshirish yoki sifatsiz maxsulot ishlab chiqarishni kamaytirish ya’ni, umuman korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir.
Samaradorlik — bu avvalo, korxona faoliyatining sifat ji-xatlarini tavsiflovchi tushuncha bo‘lib, barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar (resurslar)ga nisbatidir.
Ishlab chiqarishning mutlaq samaradorligi- xarajatlar va resurslarning ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning miqdoridir.
Qiyosiy samaradorlik- bu ishlab chiqarish—texnik vazifani xal etishning biror varyantining ijtimoiy iqtisodiy avzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng unumligini tanlab olish tushuniladi.
Keltirilgan xarajatlar—kapital mablag‘larning qiyosiy-iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatgich bo‘lib texnikaviy va iqtisodiy masalalarni hal qilish variantlarining eng avzalini tanlab olishda qo‘llaniladi.
(T/N-En*K)
Yillik iqtisodiy samara—bu progressiv, ya’ni yangi texnika, texnologiya va maxsulot turlarining, mexnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning samaradorligin taxlil etib, taqqoslanayotgan variantlar bo‘yicha sarflangan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosidagi natija yoki tijoriy yutuq.
Nazorat savollari:
Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati nimadan iborat. Samaraning samadorlikdan farqi nimada?
Samaradorlik ko‘rsatgichlarining mazmuni va hisobi qanday? Yillik iqtisodiy samara qanday xisoblanadi?
Korxona faoliyati samaradorligini oshirishning qanday yo‘llari va omillari mavjud?
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy o‘rin kimga tegishli: fan- texnika taraqqiyoti , insonlar yoki resurslagami?
Samaradorlikning normativ koeffitsenti deganda nimani tushuniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |