Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti



Download 2,35 Mb.
bet30/67
Sana05.11.2022
Hajmi2,35 Mb.
#861107
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67
Bog'liq
KOOS korxonalari iqtisodiyoti UMK 2022

Nazorat savollar

    1. “Ishlab chiqarish sarflari” tushunchasi.

    2. Maxsulot tannarxiga kiritiladigan sarflar tarkibi xakidagi yangi Yo‘riqnomaning moxiyati.

    3. Kalkulyasiya sarf moddalari va bir turli iqtisodiy elementlar bo‘yicha sarf xarajatlarning guruxlanishi.

    4. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas (doimiy) sarflar moxiyati?

    5. Maxsulot tannarxidagi – to‘g‘ri va yordamchi (endosh) moddiy sarf xarajatlar moxiyati.

    6. Maxsulot tannarxidagi mexnatga doir to‘g‘ri va yordamchi sarf xarajatlar.

    7. Davr xarajatlar, favqulotdagi sarflarning moxiyati va tarkibi.

    8. Maxsulot tannarxini pasaytirish yo‘nalishlari.



10-Mavzu. Korxonaning moliya ko‘rsatkichlari



  1. Moliya va uning xususiyatlari;

  2. Moliyaning vazifalari;

  3. Koxona moliya resurslari;

  4. Korxona foydasi;

  5. Foydani taqsimlash;

  6. Rentabellik ko‘rsatkichlari;

Moliya va uning xususiyatlari




Bozor iqtisodiyotidagi xar qanday faoliyat mablag‘, pul talab qiladi, moliyani yuzaga keltiradi. Umuman, moliya xakl xo‘jaligida pul resurslari bilan bog‘langan bo‘lib, bunday resurslarni xosil qilish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarining shakllanishi tushunchasidan iboratdir. Ma’lumki, ishlab chiqarish iste’moldan oldin taqsimotni talab etadi. Avvalo qiymat shaklidagi taqsimot amalga oshib, maxsulot ana shu qiymatlar xissasiga qarab taqsimlanadi.
Qiymat taqsimoti turli pul resurslarini, fondlarini yuzaga keltiradi. Bo’lar tovarlarga almashinilib, iste’molni shakllantiradi. Umumjamiyat iste’moli davlat tomonidan ta’minlanadi. Buning uchun avvalo resurslar, bir necha xil pul fondlari yuzaga keltiriladi. Axoli ijtimoiy ximoyasi, atrof-muxitni saqlash, mudofa, davlat boshqaruvi, nomoddiy soxalarni ta’minlash kabilar shular jumlasidandir. Buning uchun avvalo qiymatlar taqsimoti tufayli zarur pul resurslari tashkil etilib, maxsus pul fondlari yuzaga keladi. SHu pul resurs va fondlarning ishlatilishi tufayli eslatib o‘tilgan tarmoq va soxalarning extiyoji qondiriladi. Bo’lar davlat tomonidan amalga oshirilib, davlat moliyasining shakllanishi va davlatning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadi. Demak, pul shaklidagi moliyaviy fondlar xosil bo‘lib, ular moliyaviy resursni tashkil etadi. Moliya maxsulot qiymatining taqsimlanishidir. Qiymat taqsimoti maxsulotni ishlatishdan oldingi jarayon bo‘lib, u iste’molga atalgandir.
Davlat va nodavlat moliyasi mavjud bo‘lib, birinchisi asosan umumjamiyat moxitini kasb etsa, ikkinchisi tadbirkor, oila, jamoa moliyasidan iboratdir. Moliyaviy munosabatlar va aloqalarning sub’ektlari bo‘lib, bo’larga moliyaviy resurslarni tashkil etishda, taqsimlashda va ishlatishda ishtiroq etuvchi kabilar kiradi. xar bir sub’ekt o‘ziga qaratilgan maxsulotlarga teng bo‘lgan pul fondlarini tashkil etadi. Bu fondlar turlicha bo‘lib, xar biri ma’lum maqsadni ko‘zlaydi. Masalan, davlat moliyasi davlatni boshqarish, mudofani ta’minlash, axolini ijtimoiy ximoyalash, rezervlar tashkil etish kabilaga sarf etiladi.

Moliyaning vazifalari




Jamiyatning o‘ziga xos vazifalari mavjud bo‘lib, bo’lardan asosiy to‘rt xilini ko‘rsatish mumkin: taqsimlash, rag‘batlashtirish, ijtimoiy ximoyalash, iqtisodiy axborot vazifalari. Moliyaning vazifalari (funksiyalari) deganimizda uning xo‘jalik faoliyatida mazmunlashuvini, aniq ifodalashini tushunamiz.
Taqsimlash vazifasi milliy maxsulot, milliy daromadning pul fondlari shakllanishi asosida taqsimlanishidan iborat. Birlamchi va qayta taqsimlash mavjud. Bevosita ishlab chiqarishdagi taqsimlash qayta taqsimlanishdan iboratdir. Aytaylik, ish xaki, foyda, ijtimoiy sug‘urta, amortizatsiya kabi fondlarga bo‘linish birlamchi taqsimotga kiradi.
Soliqlar, turli to‘lovlar, maishiy xizmat kabilar ikkilamchi yoki qayta taqsimlashga kiradi. YAlpi milliy maxsulotni 100% deb olsak, shundan 60% ishlab chiqarishni tiklash, 20% ish xaki, 15% foyda, 5% ijtimoiy sug‘urta fondlari uchun taqsimlanishi mumkin.
Moliyaviy axborotlarning iqtisodiy boshqarishda, iqtisodiy faoliyatni baxolashdagi o‘rni katta. Bu moliyaviy yakunlari xususida o‘z vaqtida xabarlar berib turish orqali amalga oshadi. Aytaylik, moliyaviy fondlar xolati bo‘yicha xalk xo‘jaligi soxalarining muvozanati, bir-birlariga lonandligi kabilari aniqlash mumkin.
Moliviy axborotda auditorlik xizmati ma’lum o‘rin egallab, axborotdan foydalanishni yaxshilaydi. Va tezlashtiradi. CHunki auditorlik xizmati korxonalar, kompaniyalarning xo‘jalik-moliyaviy faoliyatini taxlil qiladi, ekspertizasini bajaradi, xolisona xulosalar chiqaradi va ularni o‘z vaqtida etkazib beradi.
Moliya vazifalaridan unumli foydalanish iqtisodiy o‘sish uchun xizmat qiladi. Moliyaviy resurslar ikki turga, ya’ni mikroresurslar va makroresurslarga bikroresurslar markazlashmagan bo‘lib, korxona, firma, kompaniya, tashkilot, jamoa uyushmalari, shaxslarning pul resurslaridan iboratdir. bUnga qarzga olingan pullar xam kiradi.
Makroresurslar asosan davlat ixtiyoridagi pul resurslaridan iborat bo‘lib, umumdavlat miqyosida tashkil etiladi. Bo’lar umuman byudjetda majg‘ariladi. Bozor iqtisodiyotida, albatta mikroresurslar asosiy o‘rinni egallaydi. Bozorda erkin iqtisodiy faoliyat sharoitida albatta firma, konsern, korporatsiya, birlashma, korxona kabilarning moliyasi asos bo‘lib xisoblanadi. Lekin bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat moliyasi etakchi o‘rinda bo‘ladi.
Moliya resurslarining tashkil topishi asosan uch usulda amalga oshadi:

  1. o‘zini-o‘zi moliyalashtirish;

  2. qarz olish (kredit);

  3. zaruriy xolatlarda davlat ajratgan moliyadan foydalanish.



Birinchi usulda pul mablag‘lari, resurslari xar bir iqtisodiy sub’ekt tomonidan o‘z xisobiga shakllanadi. Ikkinchi usulda qarz olish xisobiga moliya resurslari tashkil topadi. Uchinchi usulda davlat byudjeti yoki boshqa umumiy fondlar xisobiga moliyalashtirish zaruriyati to’g’‘ilishi bilan moliya resursi paydo bo‘ladi va shu asosda sarmoyalar ishga solinadi.
Moliya tizimi. Moliya tizimi yuzaga kelib bu bozor iqtisodiyotning tarkibiy qismiga aylanib ketadi. Moliya tizimi deganda jamiyatdagi moliya munosabatlari yig‘indisini, ularni ifodalovchi moliya mexanizmlari, vositalari xamda moliya siyosatini tushunish kerak. Moliya tizimida mikromoliya va makromoliya mavjuddir.
Mikromoliya birlamchi bo‘lib, u korxona, firma, jamoa, oila moliyalarini bildiradi. Buning asosida ichki va tashki moliyaviy, pul bilan bog‘langan munosabat aloqalari yotadi. Bunda o‘zlari taqsimlab, o‘zlari ishlatadilar. Mikromoliyadagi ichki aloqalar shu jamoa ichidagi pul taqsimoti va uni ishlatish jarayonini o‘z ichiga olsa, tashki aloqalar pul sarmolari bilan aloqador boshqa korxona, firmalar, birjalar, banklar va davlat moliya idoralari bilan bo‘lgan munosabatlarni o‘z moliyalarini shakllantiradilar va tashki moliyaviy majburiyatlarini bajaradilar. Bunday moliya amortizatsiya ajratmasi, iqtisodiy faoliyatidan olingan foyda, korxona sotib olingan bo‘lsa, o‘z ishchi va xodimlaridan tushgan pul, shuningdek, firma yoki korxona sotgan aksiya va obligatsiyalardan tushumlar, qarzga olingan pul mablag‘lari, davlat subsidiyasi kabilardan tarkib topadi.
Korxona, firma moliya albatta o‘z faoliyati natijasi bo‘lib, avvalo u foyda darajasi, bu xo‘jaliklarning iqtisodiy samaradorligining asosidir. CHunki korxonaning yaxshi ish natijalari o‘z xissasining ortib borishi, o‘zi ishlab topgan sarmoyalar xisobiga pul resurslarini ko‘paytirib o‘z ishini o‘zi moliyalashtirish darajasida bo‘lishi mustaqil ish olib borish, tez rivojlanish imkonini to’g’‘diradi. Moliyaviy qarashlik xar bir firma uchun doimo qiyinchilik to’g’‘diradi. Mikromoliyadagi tashki majburiyatlarni olsak, bo’lar soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, sug‘urta pulini to‘lash, qarz xajmiga qarab qarz qismi xamda protsentini to‘lash kabilarni o‘z ichiga oladi. Moliyalashtirishda korxonani rivojlantirish xamda asosiy kapital qismini yangilab borish oborot kapitaliga qo‘shilish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshiriladi. Korxonani kuchaytirish maqsadida imkoni boriga boshqa firma yoki korxona aksiyalari va obligatsiyalarini rag‘batlantirish uchun, sarmoyalarni ko‘paytirish uchun xarakat qilinadi. Mikromoliyada aksiya va obligatsiyalarning ta’siri katta bo‘lishi mumkin. Aksiya qimmat baxo qog‘oz bo‘lib, u korxona kapitalida ishtiroklikni bildiruvchi xujjatdir. Aksiya daromad keltiradi. Buni dividend deyiladi. Obligatsiya esa qarzdorlikni bildiruvchi qimmat baxo qog‘oz bo‘lib, bu xam protsent turida daromad keltiradi.
Keyingi vaqtlarda aksioner xamiyatlari ko‘payib, aksiyalarning korxonalar iqtisodiy faoliyatiga ta’siri ortib bormoqda. Aksiyalar oddiy va imtiyozli bo‘ladi. Oddiy aksiyada dividend foyda darajasiga qarab turli bo‘ladi va aksioner ovoz berish xuquqiga ega bo‘ladi. Imtiyozli aksiyada esa daromad oldindan belgilanib, kafolotlanadi, lekin aksioner ovoz berish xuquqiga ega emas.
Imtiyozli aksiyalar xaridorgir bo‘lib, bozorda uning xaridorlari ko‘p, baxosi oldi-sotdida belgilanadi. Ankiyalarning bozor baxosi ularning sotish kursini yuzaga keltiradi. Bozor kursi kotirovka deyilib, u fond birjasida amalga oshiriladi. Aksiya kursi iqtisodiy, siyosiy va ruxiyat omillariga ega.
Makromoliya davlat moliyadan iborat. Lekin bunga mavjud ijtimoiy fondlar xam kiradi. Davlat moliyasi uning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faoliyatini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bu milliy boylik va milliy daromadning bir qismi. Davlat moliyasi tarkibi muraqqab bo‘lib, davlat byudjeti uyushtirilgan fondlar, davlat, kredit va korxonalar moliyasi kabilarni o‘z ichiga oladi.
Davlat moliyasi daromadlari avvalo milliy daromad va milliy boylik qiymatining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonida paydo bo‘ladi. Aniq xolda davlat ixtiyoriga topgan qismi xisobiga shakllanadi. Buning chiki manbalari soliqlar, zaemlar, emissiyadan iboratdir.

Koxona moliya resurslari




Moliya resurslar – bu korxonaga qarashli mablag‘lari bo‘lib, ular joriy xarajatlar va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish xarajatlar, moliya majburiyalarni
bajarish va xodimlarni iqtisodiy rag‘batlantirishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallanganbirlar.
Korxona moliya resurslari o‘ziga qarashli shaxsiy va zaem pul mablag‘lar evaziga shakllanadi. Moliya resurslarning dastlabki shakllanishi korxona ta’sis etilgan va uni ustav (aksioner yoki shirkat) kapitali.
Ustav kapitali – bu korxonaning mulqidir. U ta’sischilar ulushi, korxona nizomi yoki uni tashkil qilish SHartnomasiga binoan belgilangan faoliyatni boshlash uchun zarur bo‘lgan kapital miqdori, aksiya, obligatsiyalar chiqarish, davlat va xususiy investitsiyalar evaziga xosil bo‘lib, asosiy va aylanma fondlar qiymatidan iborat xamda korxona balansida boshlang‘ich (dastlabki) qiymatlari bo‘yicha eks ettiriladi.
Korxona moliya resurslari asosan foyda evaziga (asosiy faoliyat yoki boshqa tur faoliyatdan olingan), xamda chiqarilgan mulqni realizatsiyasidan tushgan tushum, turli xil maqsadli to‘lovlar, mexnat jamoasi a’zolarining ulush pullari (vznos, paylar), rezerv va boshqa kapitallar, uzoq muddatli zaemlar, korxona oborotidagi kreditorlik qarzlar va xokazo asosida shakllanadi.
Korxona moliya resurslarni sug‘urta muassasalar tarkibiga kirgan konsern va assotsiatsiyalardan xam olishi mumkin.
Korxona moliya resurslardan quyidagi yo‘yicha foydalanadi:

  • maxsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishga ketgan joriy xarajatlar;

  • mablag‘larni ishlab chiqarishni kengaytirish va texnikaviy yangilashga mo‘ljallangan kapital quyilmalarga investitsiya qilish;

  • moliya resurslarni qimmat baxo qog‘ozlarga investitsiya qilish;

  • moliya bank tizimlari, byudjetdan tashkari fondlarga to‘lovlar to‘lash;

  • kengaytirish, rag‘batlantirish, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan fondlar va rezervlarni tashkil qilish;

  • xayriya maqsadlari, sponsorlik va x.k.

Korxona foydasi




Ishlab chiqarish sarflari, mexnat va moddiy resurslar iste’mol xajmilari, texnika darajasi, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqa faktorlar (omillar) asosida yoki ko‘payishi yoki kamayishi mumkin, ammo boshqaruvchi o‘tkir, bilimli bo‘lsa, sarflarni kamaytirish yo‘llari ish qo‘llab, boshqarishni to‘g‘ri olib boradi.
Korxona, firma faoliyatining natijasi (yakuni) maxsulot sotilgandan so‘ng xosil bo‘lgan tushim (QQS va aksizsiz) va maxsulotni ishlab chiqarish va sotishga sarflangan xarajatlar ayirmasiga teng.
Bu erda yalpi daromad va yalpi foyda tushunchalarni farq qilish lozim.
YAlpi daromad – korxona yoki firmaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini yakunlovchi ko‘rsatkich bo‘lib, yalpi tushum va maxsulotni ishlab chiqarish va sotilishiga ketgan sarf xarajatlar (ish xakidan tashkari) ayirmasiga teng.
YAlpi tushum – bu tovar maxsulot, ishlar, xizmat va moddiy ne’ematlarni xaqiqiy sotilgan narxlari bo‘yicha realizatsiyasidan kelib tushgan mablag‘larning to‘la yig‘indisi.
YAlpi foyda – yalpi daromadning qismi bo‘lib, korxolna maxsulot, asosiy fondlar va boshqa mulqini sotish natijasida xosil bo‘lgan va ushbu jarayonlar sarf xarajatlar miqdoriga kamaygan mablag‘.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qoidasiga binoan quyidagi foyda ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi:

  1. Maxsulot sotishdan tushgan yalpi foyda: Fya=Sm –T/N Sm – sotilgan maxsulot, (so‘m)

T/N – maxsulotning ishlab chiqargan sarflari, (so‘m).



  1. Asosiy faoliyatning foydasi: Fa=Fya-Dxar±boshqa daromad zarar Dxar – davr xarajatlari.




  1. Umumxo‘jalik faoliyatning foydasi: Fux=Fa-Dd±Dval(3)±Qq-S(%)

Dd – dividend va %-lar bo‘yicha daromadlari
Dval – chet el valyutalari bilan operatsiyalar daromai (zarar)
Qq – qimmat baxoqog‘ozlarga investitsiya (quyilma) larni qayta baxolash (peretseonka investitsiy v sennыe bumagi)
S(%) – foiz bo‘yicha sarflar.



  1. Soliqni to‘laguncha qadar xosil bo‘lgan foyda: Fs=Fux±Ff(3)

Ff(z) – favqulotdagi (ko‘zda tutilmagan, gayri tabiiy) daromad yoki zararlar saldosi.



  1. Korxonani o‘zida qoladigan sof foyda: SF=Fs-Soliq(fd)-boshqa soliq va to‘lovlar



Korxona xo‘jalik faoliyatining yakunlovchi moliyaviy ko‘rsatkichi bo‘lib balansidagi foyda (kvartal, yil natijalari bo‘yicha to’zilgan buxgalterlik balansida aks ettirilgan) xizmat qiladi.
Balans foydasi uch elementdan tashkil topadi:

  • maxsulotni sotish, ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatishdan kelgan foyda;

  • asosiy fondlar yoki boshqa tur mulqni realizatsiyasidan tushgan foyda (zarar);

  • realizatsiyasidan tashkari operatsiyalarning moliyaviy natijalari.

Foydaning shakllanish va taqsimlanishi quyidagi sxemada keltirilgan.


Foydani taqsimlash

Foyda turli, rang-barang extiyojlarni qondirar ekan, bozor iqtisodiyoti sharoitida, uni iqtisodiy asoslangan tizimni ishlab chiqish va joriy etish katta axamiyatga ega. Bu tizimda xo‘jalik sub’ektlarning manfaatlari oqilona, bir-biriga muofiq kelishilgan bo‘lishi lozim.


Foyda taqsimlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • jamiyat (davlat ko‘rinishida) oldidagi moliyaviy majburiyatlarni birinchi galda bajarish;

  • kengaytirilgan ishlab chiqarish extiyojlarini maksimal darajada ta’minlash;

  • ishlovchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish;

  • foydani ijtimoiy-madaniy maqsadlarga ishlatish.



O‘zbekiston Respublikasi “Korxonalar to‘g‘risida” dagi qonunning (18 modda) da “Byudjetga to‘lanadigan soliq va boshqa to‘lovlardan so‘ng qolgan foyda (sof foyda) korxona ixtiyorida qoladi va uni tortib olish man etiladi” deb qayd etilgan.
Bozor sharoitida korxona yuqoridagi prinsiplarni amalga oshirish yo‘llarini o‘zi belgilaydi, foydani qaerga, qancha va qancha muddatda sarflashni o‘zi xal qiladi, korxonalar faoliyatidagi davlat nazorati soliqlar (ularga tegishli imtiyoz va sanksiyalar bilan) orqali amalga oshiriladi.
Soliq – qonunda belgilangan muddat va xajmda byujdetga to‘lanishi majburiy (shart) bo‘lgan to‘lovlar (bitta yalpi daromad, qolganlari foyda xisobidan). Qonunga binoan to‘lovlar tartibi quyidagilardir:

  • avvalo daromaddan QQS va aksiz solig‘i to‘lanadi;

  • keyin mulq soliqlari (korxona mulqi, er, transport soliqlari) to‘lanadi;

  • qolgan soliqlar, shu jumladan foyda solig‘i.

Soliq va to‘lovlardan so‘ng qolgan foyda ishlab chiqarish iste’mol xamda ijtimoiy extiyoj va maqsadlarga taqsimlanadi. Bundan tashkari, agar korxona ustav fondi boshqa investorlar ishtirokida tashkil topgan bo‘lsa, u xolda shu foydadan ularga foiz (%) va dividendlar to‘lanadi.


Korxona ixtiyorida qolgan foydani taqsimlash tizimida bugungi kunda asosiy talab – bu iste’mol va jamg‘arish uchun ajratilgan mablag‘lar orasida optimal nisbatar belgilash asosida kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni moliya resurslari bilan ta’minlashdir.
Bozor konyukturasi talabiga binoan korxona ishlab chiqarish potensiyalini kengaytirish va yangilash zaruriyati to’g’‘ilsa, foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish fondlarna ajratmalar miqdorini belgilash muxim o‘rin tutadi. Bu fondlar resurslari kapital quyilmalarni moliyalashtirish, aylanma mablag‘larni ko‘paytirish, ilmiy-tekshirish ishlarni o‘tkazish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ilg‘or mexnat usullariga o‘tish va xokazolarga mo‘ljallangandir. Foyda ma’lum miqdorda yana kredit investitsiyalar bo‘yicha foiz (%) to‘lovlarga ishlatiladi.
Foyda taqsimlanish tizimida rag‘batlantirish fondlarni tashkil qilish xam katta axamiyatga ega. Ushbu fondlar resurslari ishchi va xizmatchilarni mukofolash, yil yakunlari bo‘yicha taqbirlash, bir vaqtli moddiy yordam ko‘rsatish va xokazolarga ishlatiladi.
Bozor sharoitiga o‘tish munosabati bilan xodimlarni ijtimoiy muxofaza etish tizimining axamiyati ortib boradi. SHuning uchun foydaning ma’lum miqdori turli ijtimoiy-madaniy extiyojlarni qondirish uchun mo‘ljallanadi, shu jumladan:

  • turar uy-joylar, maktabgacha bo‘lgan bolalar muassasalarini qurish va kapital ta’mirlash;

  • ishchi oshxonalar uchun dotatsiya, xodimlarga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash;

  • maktabgacha bo‘lgan bolalar muassasalari va ezgi lagerlarda bolalar oziqlanishini yaxshilash va x.k.

Rentabellik ko‘rsatkichlari


Rentabellik ko‘rsatkichi korxona faoliyatining umumiy samaradorlik darajasini ifodalab, olingan natija (yalpi daromad, foyda) ni sarflar yoki iste’mol qilingan resurslar bilan solishtiradi.
Amalda korxona faoliyatida quyidagi rentabellik ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:

  1. Maxsulot rentabelligi: Rm=(Fya/T/n)*100% - sof foydani maxsulot tannarxiga bo‘lgan nisbati (maxsulot, tovar xizmatlar erkin baxo bo‘yicha sotiladi).




  1. Ishlab chiqarish rentabelligi:

Ri/chF=(Fb/(Af-Och.m.))*100%, yoki Ri/chF=(Fs/(Af-Och.m.))*100% Fb – balans bo‘yicha foyda miqdori;
Fs – sof foyda;
Af - asosiy ishlab chiqarish fondlar o‘rtacha-yillik qiymati, (so‘m); Och.m. – cheklangan (me’erlangan) aylanma mablag‘lar qiymati, (so‘m).



  1. Korxona jami aktivlarining rentabelligi: RA=(Fs/A.) Fs – sof foyda, so‘m;

A – aktivlarning o‘rtacha-yillik qiymati.
Aktivlar rentabelligi aktivlarning 1 so‘mi qancha sof foydani kelib tushganini ko‘rsatadi.



  1. xususiy (shaxsiy) mablag‘lar rentabelligi – sof foydani korxona balansidagi xususiy mablag‘lar xajmiga bo‘lgan nisbatni ifodalaydi.




  1. SHaxsiy (xususiy) kapital rentabelligi: Rsh.k.=(Fs/(Kfsh.o‘r.yil.)

Ksh.o‘r.yil – shaxsiy kapitalning o‘rtacha-yillik qiymati (ustav kapitali-rezerv kapitali-jamg‘arilgan foyda).
SHaxsiy kapital rentabelligi xususiy mulq egalari korxonaga sarflangan xar bir so‘mi qancha sof foyda keltirganini ko‘rsatadi. Maxsulot realizatsiyasining rentabelligi: Rr=(Frya/Mr), yoki (Fs/Mr)
Bu katkich realizatsiya etilgan (sotilgan) maxsulot xajmida sof foyda ulushini belgilaydi yoki sotilgan maxsulot xajmida aks ettirilgan sarf xarajatlar ulushini ko‘rsatadi.



  1. Bir aksiyaning rentabelligi (foydaliligi): F/A= (Fs/na) na – muomalaga chiqarilgan aksiyalar soni.

Bir aksiyaning rentabelligi muomaladagi bitta aksiyaga to‘g‘ri kelgan sof foyda miqdorini ko‘rsatadi.
Muomaladagi aksiyalar – bu korxona, firma, kompaniya chiqargan aksiyalarini korxona o‘zi sotib olgan aksiyalar soniga kamaygan miqdoridir.
Erkin baxolar bo‘yicha sotilgan maxsulotning rentabellik darajasi cheklanmagan (bundan monopol maxsulot istisno, chunki respublika moliya muassasalari tomonidan ularga cheklangan rentabellik darajalari belgilangan).



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish