Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti



Download 2,35 Mb.
bet65/67
Sana05.11.2022
Hajmi2,35 Mb.
#861107
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
KOOS korxonalari iqtisodiyoti UMK 2022

6. KEYSLAR BANKI


KEYS-1.KENNI ROJERS ROSTERS XITOY BOZORIDA
1995 yilning boshida Franshiz Investment Korporeyshn of Azia (FIKA) tashkiloti Kenni Rojers Rosters (KRR) kompaniyasi bilan franchayzing shartnomasini imzoladi va uning konsepsepsiyasini Xitoyning ikki yirik shaharlari – Pekin va Shanxayda yoyish huquqiga ega bo’ldi. Ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida FIKA tashkiloti prezidenti Toni Vang qiziqish bildirgan mahalliy kompaniyalardan uchtasi bilan muzakaralar olib borishni boshladi.
Kelishuvning tarixi quyidagicha. 1964 yilda Kentukki Fraed Chiken (KFCh) firmasining advokati bo’lmish 29 yoshli Djon Broun 60 yoshli Dek Massey bilan birgalikda KFCh firmasini 74 yoshli Garland Sandersdan 2 mln. Dollar evaziga sotib olishadi. Keyingi besh yil mobaynida sheriklar kompaniyaning mavjud restoranlari qatoriga yana minglab yangilarini qo’shishdi va o’rtacha sotuv hajmini yiliga 96%ga ko’tarishga erishdilar.


Kompaniya bu o’sishga quyidagilar evaziga erishdi:

  1. Bozorga kirishning nisbatan kamxarajat yo’li bo’lgan franchayzing shartnomalarini mahalliy restoranlar bilan imzolashni yo’lga qo’ydi.

  2. Kompaniya rahbari Broun eng perspektiv loyihalarni tanlash qobiliyatiga ega edi.

1971 yilda KFCh Geblen Ink. kompaniyasiga 275 mln. dollar evaziga sotildi. Natijada ikkala sherik juda boyib ketishdi.
70-yillarda Broun Kentukki shtatining gubernatori etib saylandi va birdaniga uchta basketbol klubiga (shular qatorida Boston Seltiks) ega bo’ldi. 80-yillarning oxirlarida AQShda ekologik toza va sog’lom taomlarga talabning keskin oshishi natijasida ko’pgina restoran egalari sohlom taom menyularini taklif qiladigan yangi tipdagi restoranlarga pullarini tika boshladilar. Ushbu yangi talabni hisobga olgan holda, Broun asosiy taomi olovda tayyorlangan tovuq bo’lgan yangi konsepsepsiyadagi restoranlar zanjirini ochishni rejalashtirdi. Maqsadini amalga oshirish uchun u o’zining eski qadrdoni, o’sha paytlarda Amerikada mashhur bo’lgan hofiz, 3 ta Gremmi, 4 ta platina albom, 5 ta multiplatina albom va bir qator oltin albomlar sohibi Kenni Rodjersni taklif etadi.
Shunday qilib, Kenni Rojers Rosters (KRR) kompaniyasi 1991 yil 17 yanvarda Kentukki shtatining Luisvill shahrida birinchi restoranini, avgustda esa Florida shtati Koral Geybls shahrida ikkinchi restoranini ochdi. Restoranning asosiy menyusi ziravorlar va tsitrusda marinadlanib, kuchli olovda qovurilgan tovuq go’shti hamda bir necha xil garnirlardan (masalan, qaylali kartofel pyuresi, pishirilgan loviya, pastasalat) tashkil topdi. Kompaniya juda tez suratlarda o’sa boshladi, xodimlar soni 5 kishidan 100 kishiga etdi. 1995 yilning oxiriga kelib u o’z qarorgohini Florida shtatining Fort-Lauderdeyl shahriga ko’chirib, 310 ta restoranga egalik qila boshladi. KRRning AQShning 35 ta shtatida, Kanadada o’ndan ortiq, Gretsiya, Kipr, Isroil, Malayziya, Koreya, Filippin, Yaponiya, Singapur va Iordaniyada bittadan restoranlari faoliyat olib borardi. 2002 yilgacha kompaniya o’z restoranlari sonini AQShda 1200 tagacha, boshqa davlatlarda 240 tagacha etkazishni rejalashtirdi.
1995 yil holatiga kompaniya hali o’z aktsiyalarini investorlar orasida uncha keng taqsimlamagan edi. Firma mulki uning egalari tomonidan quyidagicha taqsimlangan edi: 28% Brounga, 14,5% Kenni Rojersga, 35% malayziyalik investorlar guruhiga va qolgan 22,5% Broun va Rojersning bir qator tanishlariga tegishli edi. Brounnnig o’zi kompaniyaning direktorlar kengashi raisi etib saylangan edi. Rojers direktorlar kengashi a’zosi bo’lib, bevosita firma faoliyatida ishtirok etmasdi, lekin kompaniya imijini ommalashtirishda faol ishtirok etardi.
Kompaniyaning boshqaruvchilar tarkibini shakllantirishda Broun ilgari o’zi bilan KFChda ishlagan odamlarni va Vendays, Burger King, Pitstsa Xat, Arbayz, Makdonalds kabi tezkor xizmat ko’rsatish restoranlari zanjirlarida ishlaydigan tajribali mutaxassilarni taklif qildi.
AQShda KRR restoranlari bir vaqtning o’zida 180 tagacha mijozga xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega edi. Restoranlar asosan kantri-vestern uslubida, Rojersning ijodiga mos holda bezalardi. Ularda Rojers videolarini va reklama roliklarini namoyish etadigan monitorla o’rnatilgan edi.
O’tin yoqiladigan mangallar restooranning ko’zga tashlanadigan sohalariga joylashtirilardi. Garnirlarning xilma-xil turini taklif etadigan bufet-ustun ham o’rnatilardi. KRR restoranlarida hamma taomlar joyida tayyorlanardi. Tovuq go’shti tuni bilan marinadlanardi va kuchli olovda tayyorlanardi. Ba’zi garnirlar kompaniya qarorgohi yaqinidagi o’quv markazida tayyorlanadigan yarimfabrikatlardan qilinardi. Mehnat xarajatlari sotuvlarning 26-27% ini, xom-ashyo xarajatlari esa 30% ni tashkil etardi.
Kompaniyaning umumiy daromadi 1993 yilda 68,7 mln., 1994 yilda 150 mln., 1995 yilda 321 mln. dollarni tashkil etdi. 1995 yilda oldinda buyurtma bo’yicha sotuvlar umumiy sotuvlar hajmining 45-50% tashkil etdi va kompaniya bu ko’rsatichni 60% ga etkazishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Restoranning maxsus darchasi orqali yo’llarda sotuvlar hajmi haftasiga 1800 ta tovuqni, tushumlar esa yiliga 1 mln. dollarni tashkil etdi.
1995 yiildan e’tiboran KRR kompaniyasining rivojlanishiga franchayzing shartnomalarining imzolanishi katta turtki bo’ldi. 310 restorandan 85% i bilan franchayzing shartnomalari to’zildi. Kompaniyaning barcha xorijiy restoranlari aynan shu sxema asosida ishlardi. Shartnomalarni imzolashda restoran biznesini sevadigan va biladigan restoranlarga imtiyoz berilardi. Kompaniya franchayzing shartnomalari va kontraktlarni o’rtacha 20 yil muddatga imzolardi. Franchayzing shartnomalari alohida restoranlar bilan imzolansa, kontrakt shartnomalari 5-10 talik restoranlar guruhlari bilan to’zilardi.
KRR bilan franchayzing shartnomasini imzolashdagi birlamchi to’lov 29,5 ming dollarni, joriy to’lovlar esa yiliga sotuv hajmidan 4,5% ni tashkil etardi. Bundan tashqari, Kompaniyalar uchun reklama materiallarini ishlab chiqish fondiga 0,75%, Milliy reklama fondiga 2% va Mahalliy reklama fondlariga kamida 3% dan to’lovlar amalga oshirilardi. Boshlang’ich to’lov shartnoma imzolangunga qadar, qolganlari esa oy sayin to’lab borilardi. Rivojlanish kontraktlari bo’yicha to’lovlar ham yuqoridagilar kabi amalga oshirilardi. Boshlang’ich to’lovdan tashqari, mijoz guruhga qabul qilinadigan har bir qo’shimcha restoran uchun 10 ming dollar miqdorida to’lovni amalga oshirardi. Bu to’lov restoran qurilishi boshlanishi bilan to’lanardi.
Kompaniya tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, AQShdagi har bir yangi restoran qurilishi 650 dan 672 ming dollargacha, mavjud restoranni rekonstruktsiya qilish esa 405 dan 545 dollargacha bo’lgan mablag’ni talab qilar ekan. Bu xarajatlarning tarkibiga ijara haqi, me’moriy va muhandislik ta’minoti xarajatlari, sug’urta, litsenziyalash, asbob-uskunalar, jihozlar, ma’muriy xarajatlar, birlamchi xom-ashyolarga xarajatlar va boshqalar kiradi.
KRR kompaniyasi franchayzilar va restoranlar uchun xodimlarni tayyorlashga muhim ahamiyat qaratdi. Uchta tayyorlov kurslaridan iborat tsikl KRR qarorgohi qoshidagi tayyorlov va rivojlantirish markazida amalga oshirilardi. Hamma xarajatlar, jumladan transport, istiqomat qilish bilan va hokazolar franchayzi zimmasiga yuklatilardi. Birinchi kurs uch kun davom etadi va yangi franchayzilar va sheriklar uchun mo’ljallangan. Qolgan ikki kurs birinchisidan farqli o’laroq majburiy hisoblanmaydi. Har bir franchayzi sertifikatsiyadan o’tishi shart va kamida 2 ta menejeri bo’lishi kerak. Barcha menejerlar uchun bitta kurs 4 haftalie intensiv dastur asosida tashkil etiladi va restoran ochilishigacha 4-6 hafta oldin o’tkaziladi (birinchi daraja). KRR kompaniyasi mutaxassislar tayyorlashning o’ziga xos uslubidan foydalanar, unga ko’ra har bir menejer o’zining ustozi bilan birga yashab, ulardan kunlik operatsiyalarning barcha aspektlarini o’rganishardi.
Ikkinchi daraja menejerlarni bosh direktor lavozimiga tavsiya etishganida talab etiladi. Bu 6-kunlik dastur faqatgina operatsion amallarni o’rganish bilan chegaralanibgina qolmay, menejmentning nozik qirralariga, masalan personal va mijozlar bilan munosabatlar, ayniqsa muammoli vaziyatlardagi holatlarga e’tiborni qaratadi.
AQShda yangi restoranning ochilishi bilan 60-65 ish o’rni yaratiladi va bu ish o’rinlarining taxminan 60% i faoliyatning ilk oylarida band etiladi. KRRning tayyorlov va rivojlantirish markazi uskunalarni ishlatish va taom tayyorlash bilan bog’liq operatsiyalarni namoyish etadigan 12 qismdan iborat videodasturni ishlab chiqdi. Bu videomaterial mahalliy xodimlar bilan bir qatorda xorijdagi xodimlarni ham tayyorlashda ishlatiladi. Har bir mamlakat uchun alohida menyularni to’zish jarayoni restoranlar faoliyatining muhim qismi hisoblanadi. Masalan, pishirilgan loviya bilan bekonga bo’lgan talab musulmon mamlakatlarida juda past. Bunday holatlarda franchayzilar mamlakatda sertalab va shu bilan birga kompaniya standartlariga javob beradigan taomlarni taklif qilishlari zarur. Bir xil taomni tayyorlashda har bir mintaqaning mijozlarining didi va talablarini e’tiborga olish juda zarur. Masalan, Tinch okeani mintaqasida taom tayyorlashda iloji boricha kamroq shakar mahsulotlarini ishlatish tavsiya etiladi. Biroq, har bir menyu kompaniya qarorgohi bilan kelishilgan holda to’zilishi lozim.
Menyuni ishlab chiqishda KRR o’zining aksar mahsulotlari va uskunalariga umumiy standartlarni joriy qildi. O’z-o’zidan ma’lumki, kompaniya dunyoning har bir mamlakatida tovuq go’shti, non mahsulotlari, ziravorlar, marinadlar, qadoqlarni etkazib beruvchilarni belgilab oladi. Aksariyat hollarda mahalliy tovuq go’shti etkazib beruvchilarni topish qiyin emas. Ammo ba’zi maxsus mahsulotlar, marinadlar va qadoqlar kompaniyaning amerikadagi etkazib beruvchisidan sotib olinadi.
KRR qarorgohi va franchayzilar o’rtasidagi aloqaning uzluksizligini ta’minlash uchun har bir franchayzi o’z restoranlarida kompyuter tizimini o’rnatishi alab qilinadi. Bunday tizim KRRga har bir restorandan sotuvlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z vaqtida olishga va franchayzini moliyaviy hisobot tayyorlash va restoranni muvaffaqiyatli boshqarish uchun zarur bo’lgan axborot bilan ta’minlash imkonini yaratadi. Shu bilan birga, kompaniya dunyoning har bir mamlakatida zahiralarni boshqarish, daromad-yo’qotishlar ko’rsatkichi nazoratining standart shakllariga ega.
Keysning boshida aytilganidek, KRRning Xitoy bozoriga kirishida KFChning sobiq xodimi, Uzoq Sharq mintaqasida katta ish tajribasiga ega bo’lgan Toni Vang bosh figuraga aylangan edi. Toni Vang 1944 yilda Xitoyning Sichuan provintsiyasida tug’ilib, Tayvanda ulg’aydi va 60-yillarning oxirlarida AQShga ko’chib o’tdi. AQShda u avvaliga Kentukki shtati Luisvil shahridagi KFCh kompaniyasida menejer bo’lib ishladi. Bir qator lavozimda ko’tarilishlardan so’ng u 1986 yilda kompaniyaning Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasi bo’yicha vitse-prezidentiga aylandi. Uning ofisi Singapurda joylashgan bo’lishiga qaramasdan, Vang asosiy e’tiborini Xitoyga qaratdi (1,2 mlrd. aholi va ovqatlanish industriyasining sust rivojlanganligi tufayli). 1987 yilda u Pekin shahrida birinchi g’arb andozasidagi tez ovqatlanish restoranini ochishda bevosita ishtirok etdi. Bu restoran KFChning dunyodagi eng yirik restoraniga aylandi va Tyananmqn maydonida Mao maqbarasining ro’parasida joylashdi.
Qushma korxona to’zishda sheriklarni tanlashda Vang restoran rivoji uchun joylashish joyi maqbul bo’lganlariga xayrixohlik bildirardi. U restoranni ochishda va uning keyingi faoliyati rivojida o’ziga tegishli rol o’ynaydigan uchta xitoylik sherikni tanladi: Pekindagi hayvonlarni urchitish byurosi (qo’shma korxonaning 10% ulushiga ega) restoranni mahalliy tovuqlar bilan ta’minlashni o’z bo’yniga oldi; Pekin turist byurosi (ulushi 14%) joyni tanlashda, hukumatdan turli ruxsatlarni olishda, ijara va personalni tanlashda yordam berardi; Xitoy banki (ulushi 25%) daromadni konvertatsiyalashda yordam berardi. Tovuq narxining yuqori bo’lishiga qaramasdan (AQShga nisbatan ikki barobar qimmat), loyiha o’zini oqladi. Vang Xitoyda restoran ochilishini quyidagicha baholadi: “Biz kommunistik davlatlardagi ilk g’arbiy tez xizmat ko’rsatuvchi restoran edik. Bu judayam hayajonli g’oya edi. Ertalablari restoran ochilishi oldidan uning eshiklari tagida katta navbat to’planardi va biz bu navbatni tartibga solish uchun politsiyani chaqirishimiz odatiy holga aylangandi”.
1989 yilning sentyabr oyida Toni Vang KFCh kompaniyasidan SP Fuds Servises
Ko (bu firma Osiyoning eng yirik qishloq xo’jalik kompaniyasi hisoblanmish Charoen Pokfand Grupp tarkibiga kirardi) kompaniyasiga prezident bo’lib o’tdi. Yana ikki yildan so’ng Vang AQShga qaytdi va V.R.Greys end Ko ga tegishli Greys Fud Servises kompaniyasiga prezident bo’ldi. Bir yil o’tib Vang aylanmasi 1,2 mlrd. dollar bo’lgan Fudmeyker Interneshnl kompaniyasiga prezident etib tayinlandi. O’zining 8 yillik faoliyati davomida Vang 800 ta yangi restoran ochdi, ularning aksariyati Tinch Okeani mintaqasida edi.
1993 yilning yanvarida Sietl shahrida joylashgan Vang boshqaruvidagi Djak in de Boks zanjiriga tegishli restoranlardan birida ifloslangan gamburgerlarning topilishi ortidan kompaniya katta qiyinchiliklarga duch keldi. Bosh aybdor kaliforniyalik etkazib beruvchi bo’lishiga qaramasdan, Fudmeyker serxarajat sudlashish jarayonini boshlashga majbur bo’ldi. Yuzaga kelgan g’ala-g’ovur sotuvlar hajmi va moliyaviy tushumlarning keskin kamayishiga olib keldi. Shu tufayli kompaniya xalqaro bozordagi kengayishni orqaga surib turishga qaror qildi.
Toni Vang xalqaro miqyosda kengayishinig katta imkoniyatlarini sezgan holda o’zining shaxsiy mablag’larini jalb qila boshlaydi. Unin shaxsiy Kuik Servis Restoran (KSR) kompaniyasi Fudmeyker bilan shartnoma tuzadi va Yaqin Sharq, Osiyo, jumladan Xitoy va Yaponiyada Djak in de Boks konsepsepsiyasini rivojlantirish va franchayzing shartnomalarini to’zish huquqini oladi. Bu kelishuv 1994 yilning 1
yanvaridan e’tiboran keyingi 10 yil davomida KSR kompaniyasiga yuqorida keltirilgan mintaqalarda biznesni rivojlantirish uchun mustaqil tarzda franchayzilarni tanlash, ular bilan qo’shma korxonalar to’zish, franchayzilardan olingan tushumlarni Fudmeyker kompaniyasi bilan bo’lib olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu vaziyatni Vang qo’yidagicha sharhladi: “Bu o’zaro foydali kelishuv. Ular nou-xauga ega bo’lgani bilan, pullari bo’lmasa, nima ham qila oladilar? Ularning yirik konsepsepsiyasi bor, lekin uni xalqaro miqyosda qo’llay olishmaydi”.
Ovqatlanish industriyasiga qaytganidan so’ng Vang boshqa investitsion loyihalarda ham ishtirok etadi. Masalan, 80-yillarning oxirlaridan boshlab u eng yirik amerika sug’urta kompaniyalaridan biri Ameriken Interneshnl Grup Ink. (AIG) rahbariyati bilan aktiv muzokaralar olib bordi. 1990 yilda AIG franchayzing bozorida faoliyat yuritishi ko’zda tutilgan FIKA kompaniyasini ta’sis etadi va unga prezident sifatida Vangni taklif etadi. Biroq Vang bu g’oyani hali erta deb hisoblaydi.
Vang bu taklifni 4 yil o’tganidan keyingina qabul qildi va 1991 yil yanvaridan e’tiboran FIKA prezidenti va mulkdoriga aylanib, qarorgohni Gonkongga ko’chirdi. Kompaniya aktsiyalari qo’yidagicha taqsimlandi: 60% - AIG, 40% - KSR.
FIKA kompaniyasi quyidagi vakolatlarga ega bo’ldi:

  1. Osiyoda franchayzing kelishuvlarini imzolash va konsepsepsiyalarni

rivojlantirish;

  1. Mintaqada franchayzilar uchun konsultatsiyalar berish;

  2. Franchayzilarni xom-ashyo bilan ta’milab berish.

FIKA kompaniyasi o’sha paytning o’zida Filippin va Tayland bozorlarini egallash uchun Tsirkl-K kompaniyasi bilan, Xitoy bozorini egallash uchun esa Karvel Ays Krim kompaniyasi bilan franchayzing shartnomasini imzoladi. Keyinchalik ularning hamkorligi Tinch Okeani mintaqasining boshqa bozorlariga ham tarqaldi. 1994 yilda FIKA KRRning Xitoy bozoridagi faoliyatini ushbu bozordagi o’z ekspansiyasini kengaytirish maqsadida o’rganishni boshladi. 1995 yilda FIKA KRRdan Pekin va Shanxay shaharlarida tez xizmat ko’rsatish restoranlarini ochish huquqini oladi.
Franshiza huquqi uchun to’lovlardan tashqari Vang birinchi restoranni qurish uchun mablag’ topishi lozim edi. Restoran joyi tasdiqlanganidan so’ng (kerakli xodimlar va menejerlarni topish osonligi tufayli bu shahar Pekin bo’lib chiqdi) Vang mahalliy sherikni izlay boshladi. Xitoy uzoq vaqt mobaynida ochiq eshiklar siyosatini olib borayotganligiga qaramasdan, investitsiyalar sohasiga bu narsa tegishli emas edi: ovqatlantirish kompaniyasi 100% xorijiy egalik huquqiga ega bo’lishi mumkin emas edi. Shu bilan bir qatorda, egalik huquqiga oid bir qator echilmagan muammolar mavjud edi. Shundan kelib chiqib, Vang sherik tanlashda “tashkiliy kuch” taklif qila oladigan va ko’nikmalarga ega bo’lgan kompaniyaga e’tiborini qaratdi.
Avvaliga Vang o’zining KFChdagi eski tanishlari bilan aloqa o’rnatdi. Keyin u o’z vaqtida hamkorlik qilgan Ist Siti Fud Servises end Distribyushn Ko kompaniyasiga chiqdi. Bu kompaniya shahar hukumatiga tegishli bo’lib, Pekin va uning atroflarida har xil tipdagi 30 ta xitoy restoranlariga va 100 dan ortiq sotuv nuqtalariga egalik qilardi. Muzokaralar natijasi o’laroq, Vang kompaniya rahbariyatidan kadrlar siyosati, marketing va ta’minot sohasida qo’llab-quvvatlash imkoniyatini oldi.
Vang muzokaralar olib borishni boshlagan ikkinchi kompaniya yirik xalqaro savdo kompaniyasi bo’lmish Greyt Uoll Treyding Ko ning Pekindagi filiali edi. U g’arb ishbilarmon doiralarida keng aloqalarga ega bo’lib, boshqa xorijiy transmilliy kompaniyalar kabi Pekinda investitsiyalarni amalga oshirishga qiziqish bildirardi.
Vangning uchinchi sherik kompaniyasi – ko’chmas mulk bilan shug’ullanuvchi D end D Realti Ko bo’lib, yillik aylanmasi 1,8 mlrd. dollarni tashkil etardi va qarorgohi Gonkongda joylashgan edi. 1993 yilda u Xitoy bozoriga kirishni boshladi va 1994 yilda Pekinda o’z ofisini ochadi. 1995 yilda u Pekin markazida joylashagan va Gonkong investorlari puliga qurilgan yangi 14-qavatli biznes markaz ijarasi bo’yicha agentga aylandi. Kompaniya ushbu binoning birinchi qavatida tegishli restoran ochilishidan manfaatdor edi va shu tufayli FIKA bilan kelishuv imzoladi. Keyinchalik u Vangga KRR restoranlari uchun butun Pekin bo’ylab binolarni izlab topishni va’da berdi.
1995 yilda Toni Vang FIKA prezidenti sifatida boshqa majburiyatlarga ega bo’lishiga qaramasdan, KRR restoranlarining Pekinda tarqalishiga katta kuch sarflay boshladi. Ammo KRR konsepsepsiyasi bilan bog’liq holat FIKAning boshqa savdo konsepsepsiyalarini Xitoy bozoriga yoyishga xalaqit bera boshladi. KRR konsepsepsiyasidagi restoranlarining intensiv rivojlanishiga Xitoy bozorining to’yinmaganligi ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. 1995 yilning oxirida Pekinda 17 ta MakDonalds, 10 ta KFCh, Xard Rok Kafe, Pitstsa Xat va TDjAy Fraydis kabi zanjirlarning restoranlari ham faoliyat yuritayotgan edi.
G’arb tez ovqatlanish restoranlarinnig va taomlarining mashhurligiga hamda Xitoy bozorining ulkan potentsialiga qaramasdan, Xitoy ommaviy ovqatlanish industriyasi juda sekin templarda rivojlanayotgandi va juda katta tavakkalchilikni taqozo etardi. MakDonalds va KFCh kompaniyalari lizing bo’yicha faoliyat yuritishardi. 1995 yilning fevralida MakDonaldsning rahbariyati ularning dunyodagi eng yirik va ilg’or restorani ijara binosini tark etishi lozimligi to’g’risida ogohlantirildi. Gonkonglik milliarder Li Ka-Shing bu joyda yangi savdo va biznes markazini qurishni rejalashtiradi. MakDonalds rahbariyati uzoq muddatli ijara shartiga asoslanib, bu ogohlantirishlarni e’tiborga olmadi. Restoran o’sha yilning kuz mavsumigacha ishlagan bo’lsada, atrofda olib borilayotgan qurilish ishlari uning faoliyatiga ta’sir ko’rsata boshladi. Pekinda ishlayotgan ishbilarmon doiralarda atayin ijara shartnomasining mavjud emasligi to’g’risida mish-mishlar tarqala boshladi. Boz ustiga KFCh Tyananmin maydonidagi restoranning ijara shartnomasini ijara to’lovi oshirilganligi tufayli uzaytirish imkoniyatidan voz kyechishi to’g’risidagi mishmishlar ham tarqala boshladi. Ammo Xitoyda biznes yuritish muammolari nafaqat ijara muammoalari bilan, balki materiallar va uskunalar importiga yuqori bojlar (50100% atrofida) bilan ham bog’liq edi. KRR mutaxassislari hisob-kitoblariga ko’ra, bitta restoran uchun uskunalarni import qilish kamida 150 ming dollarga tushar ekan. Boshqa muammo personalni tanlash va tayyorlash bilan bog’liq bo’lib, sababi, 15 ta yangi restoran uchun yaqin bir necha yil ichida minglab xodim zarur edi. Personalni tayyorlash gurug’larida hech kim xitoy tilini bilmasdi, xitoy tilida uslubiy materiallar ham mavjud emasdi.
Vang oxirgi paytda ish haqi tez suratlarda o’sa boshlaganligini aniqladi. Xorijiy transmilliy kompaniyalar ingliz tilini birmuncha biladigan xodimlariga oyiga 1500 yuan, inglizchada erkin so’zlasha oladigan top-menejerlarga esa 10 ming yuan maosh berardi. Taqqoslash uchun: Xitoyda xodimlarning 95% idan ko’prog’i davlat sektorida band bo’lib, ularning o’rtacha oylik maoshi 500-700 yuandan iborat edi. Pekinda bunday maoshdan aqalli ijara haqini to’lash ham qiyin hisoblanardi. Natijada hukumat subsidiyalar hisobiga oylik yashash to’lovini 80 yuangacha tushirishga muvaffaq bo’ldi. Subisidiyaga kirmaydigan yashash joylarining ijara haqi shu paytning o’zida kamida 1000 yuan bo’lib, ularning narxi joylashishi, qulaylik darajasiga qarab o’zgarardi.
1995 yilning oktyabr oyigacha KRR qarorgohida mahalliy etkazib beruvchilar borasida noaniqlik hukmron edi va bu o’z navbatida menyuni shakllantirishda qiyinchilik tug’dirardi. Xitoy oshxonasida tovuq go’shti doimo tanovul qilinishiga qaramasdan, KRRning an’anaviy menyusi Pekinda hali sinovdan o’tkazilmagandi. Xitoyliklarning AQShda baralla reklama qilinayotgan sog’lom ovqatga munosabati ham qanaqa bo’lishi borasida noaniqliklar mavjud edi. Vang va uning hamkasblari oldida qisqa vaqt mobaynida echilishi shart bo’lgan bir qator muammolar yuzaga kelgandi:

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish