17-MAVZU. Men sevgan asar. Badiiy tasvir vositalari
Badiiy tasvir vositalari va ularni adabiyot darslarida qo’llash
Har bir ijodkor qalam tebratar ekan badiiy ifodani mazmunan quyuqlashtirish,
uni his-hayajonlarga yo’g’irish uchun so’z salohiyatiga tayanadi. Har bir so’z shakl-
shamoyili, rang-bo’yog’i, o’z salmog’i va ohangiga ega. Har bir ijodkor oddiy
so’zlovchidan so’z sohibiga, undan esa so’z san’atkoriga ko’tarilishi uchun «so’z
sezgisi», «so’z jozibasi», «so’z sehri » kabi bosqichlarni egallashi lozim. Shoir
qalam tebratar ekan uning ixtiyorida bir necha vositalar mavjud. Bu vositalarning
eng muhimlari badiiy tasvir vositalari, she’riy san’atlardir.
She’riy san’atlar yillar mobaynida adabiyotshunosligimizda shakllanib, «ilmi
bade’» nomini olgan badiiylik ilmining asoslaridir. Ular asar jozibasini ko’rsatish va
shoir mahorat qirralarini ochishga xizmat qiladi. Yozuvchilar tasviriy vositalar
yordamida o’zlari tasvirlayotgan narsa hodisalarning ba’zi bir tomonlarini, yoki
belgisini aniq va qisqa xarakterlab berishga erishadilar. Yozuvchi har bir hodisani
aks ettirganda, uning muayyan sharoitda muhim hisoblangan sifatini ajratib
ko’rsatadi. Shuning uchun ularni o’quvchilarga o’rgatishda yangicha yondashuv,
o’zgacha usul va shakllarga murojaat qilish kerak. She’riy san’atlar o’quvchilar
o’zlashtirgan til birliklari, kundalik hayotda uchraydiga yaqin va tanish tushunchalar
orqali singdirilsa, mashg’ulotlar jonli kechadi. Bolalar so’zning matnda bajaradigan
estetik vazifasini his etadilar. Masalan, tazod san’ati tushuntirilganda rangli
qog’ozlardan foydalanish mumkin. Oq rangli qog’oz yoniga sariq, moviy va qora
rangli qog’ozlarni qo’yib, oq qaysi rangni oldida ko’proq ajralib turganligi so’raladi.
O’quvchilar bu qora rang ekanligini bir qarashdayoq anglaydilar. Oq va qora ranglar
yonma-yon turganda bir-birini yorqinroq ko’rinishi va ifodalanishiga xizmat qiladi.
Bu xulosa aytilgach, o’quvchilardan hayotda shu ranglar kabi bir-birini bo’rttirishga
xizmat qiladigan holat, tushunchalarni ifodalaydigan so’zlar, masalan, yaxshi-yomon,
zulm-adolat, boy-kambag’al kabi so’zlar keltiriladi. Bu so’zlar tilda antonim — zid
ma’noli so’zlar deyilsa, adabiyotda tazod deb ifodalanishi aytiladi va ta’rifi misollar
bilan yozdirib qo’yiladi.
Tazod arabcha so’z bo’lib, qarshilantirish usulining klassik adabiyotda
qo’llangan bir ko’rinishi. Tazodda qarama-qarshi qo’yilgan ikki tomon ayni zamonda
uzviy ravishda bir-biriga bog’lanib keladi. Qarshilantirilayotgan narsa, belgi-
xususiyat va holatni yorqin va ta’sirchan ifodalashga xizmat qiladi:
Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas. (Bobur)
80
Badiiy adabiyotda keng qo’llaniladigan tasviriy-ifodaviy vositalardan biri
o’xshatishdir. Yozuvchilar muayyan narsa-hodisa yoki uning asosiy belgilari haqida
kitobxon ongida aniq tasavvur hosil qilish maqsadida uni qandaydir boshqa,
tanishroq narsa-hodisaga yohud uning belgilariga o’xshatadilar. Mumtoz
adabiyotda o’xshatish tashbih deb ham yuritilgan. O’xshatish tasvirlanayotgan narsa-
hodisa yoki uning asosiy belgilarini yorqinroq, aniqroq qilib ko’rsatishga xizmat
qiladi. O’quvchilarga Hamid Olimjonning «Zaynab va Omon» asarini o’tish
jarayonida unda yozuvchi bir necha tasviriy vositalar, jumladan, o’xshatishlardan
o’rinli fodalanganligini aytish lozim. Masalan: Qushday yengil uchar edilar,
Oq bulutday ko’char edilar.
O’xshatishlardan ketma-ket foydalanilsa, tashbihi musalsal deb ataladi. «Zaynab va
Omon» da tashbihi musalsal bir necha o’rinlarda uchraydi:
Daryo tinmay solardi shovqin,
Qiz ko’ziday qora edi tun.
Qiz qalbiday pok edi havo,
Qiz qalbiday sevgidan davo.
Maktab darsligida berilgan badiiy tasvir vositalarini o’quvchilarga tushuntirish
uchun o’qituvchilar o’zlari yetarli ma’lumotga ega bo’lishlari kerak. Su maqsadda
quyida asar jozibasini, jarangdorligini va ta’sirchanligini oshiradigan bir necha
badiiylik ilmining asoslari haqidagi nazariy ma’lumotlarni misollar bilan keltiramiz:
Аllеgoriya ( lotincha allegoria — kinoya, qochiriq, kesatish) — biror mavhum
tushunchani konkret narsa, hodisa orqali ifodalagan majoziy, ya’ni o’z ma’nosidan
boshqa ma’noga ko’chirilgan so’z va iboralarning bir turi.
Masalan: «Tangriqulxo’ja ilonning yog’ini egan odam edi-da»( A.Qahhor). Bu
parchadagi «ilonning yog’ini egan» gapi Tangriqulxo’janing hiylagarligiga
kinoyadir.
Masal va ertaklarda tulki aldoqchi, bo’ri ochko’z, chayon zararli, ilon makkor
kishilarga nisbatan kinoya qilinadi.
18-
Do'stlaringiz bilan baham: |