Iqtisod haqida.
Biz qurayotgan farovon demokratik fuqarolik jamiyati va o’tkazila-yotgan
chuqur iqtisodiy islohotlar mustahkam
Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalariga, tabiiy va ma’naviy
boyliklarga va shu boyliklar tufayli yaratilgan mahsulotdan tushgan milliy daromadga
va uni taqsimlashga yagona egalik qilishi. O’zbekiston misolida iqtisodiy mustaqillik
umumjahon sivilizatsiyasiga, davlat va jamiyat qurilishining xalqaro tajribalariga,
milliy an’analariga, ijtimoiy qadriyatlariga asoslangan. Iqtisodiy mustaqillikni
ta’minlashning asosi - mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligi, uning bir
maromda muvozanatni saqlagan holda rivojlanishidir. Iqtisodiy barqarorlashtirish -
bozorni shakllantirish bo’yicha qonunlar bilan belgilangan muqarrar jarayon. U
tanglik holatiga barham berishga qaratilgan. Bunda ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan
ishlab chiqarish munosabatla-ri darajasi o’rtasidagi muvofiqlikka iqtisodiy qonunlar
orqali erishiladi. Bozorda talab bilan taklif o’rtasida qulay muvozanat yuzaga keladi.
Jahon tajribasida iqtisodiy barqarorlashtirishning bir necha ko’rinishlari mavjud:1)-
monetar yondoshuv bo’lib,u pulning qadrsizlanishi darajasini pasaytirib turishga, pul
hajmini keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga
asoslangan.Bunday yondoshuv chuqur iqtisodiy qayta o’zgartirishlarni
ta’minlamaydi, aksincha, ishlab chiqarishning moddiy hajmlari kamayishiga,
investitsiya faoliyati to’htab qolishiga olib keladi; 2)- ishlab chiqarishni va
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirib, tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshiradi, iqtisodiy
nomutanosibliklarga barham berishga asoslanib yondoshadi. O’zbekistonda
iqtisodiyotni barqarorlashtirishning o’ziga hos yo’li tanlandi. Bu yo’l quyidagilardan
iborat:
-
makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash;
-
tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash;
-
ishlab chiqarishning barcha darajalarida davlat ta’sirini muvofiqlashtirish va
yuksak mehnat intizomini ta’min etish;
-
aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va himoya qilish;
-
pulning qadrsizlanishini to’htatib qolish choralarini ko’rish;
-
davlat budjeti va korhonalar moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish imkoniyatini
yaratish;
-
to’lov balansi va davlat valyuta rezervlar holatini yahshilash, so’mni
ayirboshlash, so’m kursining barqarorligini ta’minlash.
Ichki imkoniyat, salohiyat va zahiralarimizning cheksiz boy va rang-barang
ekanligini ko’zda tutib, davlatimiz iqtisodiy mustaqillik yo’lida muvaffaqiyatli
odimlab bormoqda.
Topshiriq.
1. Matnni o’qing, savollar tuzing va so’zlab bering.
82
2. Quyidagi so’z birikmalari va so’zlarni tarjima qiling:
Tafakkur, sarkarda, hayot tashvishlari, tadbirkorlik faoliyati, manfaat, sarmoya
berish, iqtisodiy qoida, g’oya, mislsiz, dasturulamal.
Do'stlaringiz bilan baham: |