Sanoat instituti


ALISHER NAVOIY NOMLI KUTUBXONA



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/105
Sana11.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#344200
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105
Bog'liq
Sanoat instituti

ALISHER NAVOIY NOMLI KUTUBXONA.

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Davlat kutubxonasi O’rta Osiyodagi eng

yirik va boy kutubxonalardan biridir. U 1870-yilda ochilgan. O’sha vaqtda uning

fondida2000 ta kitob va jurnallar bor bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda kutubxona




71

fondida 70tildagi



4,5

million tom kitoblar mavjud. Kutubxonaga har yili 250 mingdan



ortiq

nashrlar kelib tushadi. Bu yerda bebaho madaniy boyliklar saqlanadi, xususan

kutubxonada XV-XVII asrlarda nashr qilingan tarix, jug’rofiya, harbiy ishlarga oid

nodir kitoblar, O’rta Osiyo va O’zbekiston haqidagi adabiy asarlar to’plangan.

Qadimgi va nodir kitoblar bo’limida Fyodorovning "Apostol", Petr I buyrug’iga

asosan tuzilgan I.F. Magnitslriyning "Arifmetika"(1703-y.), M.V. Lomonosovmng

"Rossiya grammatikasi" asarlari saqlanadi.

Kutubxonaning kitoblar fondidan har yili 20 mingdan ortiq kitobxonlar

foydalanadilar.

Kutubxona roppa-rosa soat 10 da ochiladi. Dastlabki kitobxonlar o’z o’quv

chiptalarini ko’rsatgan holda navbatchidan nazorat qog’ozlarini olib umumiy zalga

yo’l oladilar. Bir vaqtning o’zida ilmiy, o’smirlar, periodik, xorjjiy adabiyotlar

zallari, qo’lyozmalar, nodir kitoblar bo’limlari hamda mikrofilmlar zali ish boshlaydi.

Kutubxonaga har kuni yuzlab kitoblar, jurnallar, broshura, gazeta va jadvallar

keltiriladi.

Kataloglar bo’limida 70 tilda yozilgan kitoblarning nomi yozilgan kartochkalar

yig’ilgandir. Ularda kitoblarning muallifi, nomi, nashriyot nomi, nashr qilingan yili

hamda betlar miqdori ko’rsatilgan. Ba’zi o’rinlarda kartochkadajritobning qisqacha

mazmuni, ya’ni annotatiya ham berilgan. Katalogda kartochkalar turli sohalar:

falsafa, iqtisod, matematika, fizika, kimyo, texnika, badiiy adabiyot bo’yicha

ajratilgan holdadir. Biror kitob bo’yicha buyurtma berish uchun katalogdan shu

kitobning shifrini topish kifoya qiladi. Kutubxona o’z ishini kechqurungi soat 10 da

tamom qiladi. Kitobxonlar o’z kitoblarini topshirib, uylariga ketadilar. Sizchi, aziz

talaba, ushbu kutubxonaga a’zo bo’ldingizmi? Bo’lmasa, bugunoq a’zo bo’lishga

shoshiling!

Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki

ilmiyommabop asar taxlili. T.da asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni,

unda ko’tarilgan muammolar, asarning g’oyaviybadiiy xususiyatlari, muallif

ijotsida, adabiyotda tutgan o’rni xaqida ma’lumot bo’ladi; asarga baho beriladi,

uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. T. asosan keng kitobxonlar

ommasi uchun mo’ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab

olishga ko’maklashadi. Ichki T. ham bo’ladi. Mac, nashriyotga kelgan badiiy,

tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki T.ga beriladi, birok, bu T. matbuotda e’lon

qilinmaydi.Rus tanqidchiligi tarixida T.ning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta.

U T.ni haqiqiy san’at darajasiga ko’tardi. T. badiiy asar haqida shunchaki

ma’lumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini

ko’taruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida o’ylashga o’rgatuvchi, uning

estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. T. xarakteriga ko’ra

xilmaxil bo’ladi. Mac, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi T.da asar haqida

bibliografik ma’lumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa T. larida konkret

asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy

o’ylar) xarakteridagi T.da taqrizchi o’z fikrtuyg’ularini, asarni o’qish jarayonida

hosil bo’lgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif o’z asariga



72

ham T. yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon

qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.

O’zbek adabiyotida T. 20-a. boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana

boshlagan. Endilikda T. o’zbek adabiy tanqidchiligining eng muhim janrlaridan

bo’lib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G’afur G’ulom kabi yozuvchilar,

O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M.

Qo’shjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N. Xudoyberganov, I.Haqqulov va

boshqa olimlar o’zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan T.lar yaratdilar


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish