ishlab chiqish ustida qariyb 2,5 yil ishladi. Konstitutsiyaviy komissiyaning 1991-yil
12-aprelda bo’lgan yig’ilishida komissiya a’zolari hamda yetakchi mutaxassislar va
olimlardan iborat 32 kishilik ishchi guruhi tuzildi. Konstitutsiya bo’limlarini
tayyorlash bo’yicha 50 kishidan iborat 6 ta kichik guruhlar tuzildi. 1991-yil 31-
qilinishi, bu qonunga Konstitutsiyaviy maqom berilishi.
loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o’rganildi,
yutuqlar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa
allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g’oyalari yangi Konstitutsiyaga
41
asos qilib olindi. 1992-yil 26-sentabrda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.Muhokama 2 oycha
davom etdi.
Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha
1992-yil 26 noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi.Umumxalq muhokamasi
davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. Konstitutsiyamiz
xalqimizning siyosiy dahosi va tafakkurining mahsuli bo’ldi. Prezident I.A.Karimov
O’zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishda rahbarlik qildi.
Oliy Kengashning 1992-yil dekabrda bo’lgan XI sessiyasi O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. “Shuni
alohida ta’kidlashimiz kerakki,-degan edi Prezident I.A.Karimov sessiyada so’zlagan
nutqida,-yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti
hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning barcha
e’tirof etgan qoidalariga amal qilindi. Shuningdek, rivojlangan demokratiya
mamlakatlari hisoblanmish Amerika Qo’shma Shtatlari, Yaponiya, Kanada,
Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya,Shvetsiya, Turkiya,Ispaniyaning hamda
Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr davlatlarining Konstitutsiya
tajribasidan ijodiy foydalanildi”.
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o’zgartirish, qo’shimcha va aniqliklar
kiritdilar. Shunday qilib, 1992-yil 8-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Hayotimizning asosiy qomusi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi
sessiyasida, 1992 yil 8-dekabrda rasman qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy tamoyil, inson va
fuqarolarning asosiy huquqlari erkinliklari, burchlari hamda majburiyatlari, jamiyat
va shaxs, ma’muriy va hududiy hamda davlat tuzilishi, shuningdek, davlat
hokimiyatining tashkil etilishi bilan bog’liq bo’limlarida barcha huquq me’yorlari o’z
ifodasi mujassam topgan.
Konstitutsiyaning eng e’tiborli moddalaridan biri-4 moddadir.Unda davlat tili
o’zbek tilidir, deb qayd qilingan. Unda o’zbek tilining huquqiy maqomi va istiqboli
aniq belgilanib berilgan.
O’zbek tili Davlat tili sifatida ijtimoiy turmushimizning barcha sohalarida
qonuniy ravishda qo’llanishga o’tdi.
Konstitutsiyaning asosiy moddalari bo’lgan 8-14 moddalarida ish yuritishning
tilga aloqador jihatlari alohida qayd etilib, qonunlashtirilgan.
Barcha korxona va tashkilotlar, muassasalarda ish yuritish davlat tilida olib
boriladigan, hujjatlar o’zbekona rasmiylashtiriladigan bo’ldi. Shu bilan birga boshqa
millat vakillarining til huquqlari cheklanmadi.Ko’pchilikni tashkil qiluvchi millat
vakillari o’z ona tillarida so’zga chiqishlari, rus tilida yozishlari mumkin bo’ldi.
Ammo davlat tilini bilishlari, unga hurmat bilan munosabatda bo’lishlari kerakligi
qonun bilan rasmiylashtirilgani muhim ahamiyat kasb etadi