Al–Xorazmiy
Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy jahon madaniyati taraqqiyotiga g’oyat
katta hissa qo’shgan, fanning bir necha tarmoqlariga asos solgan buyuk qomusiy
olimdir.
Al-Xorazmiy Algebra fanining asoschisi. Uning “Al-kitob al muxtasar fi hisob
al-jabr va al muqobala” asaridagi “al-jabr” so’zi lotincha transkripsiyada “Algebra”
ni anglatib, Al-Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomidir.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (taxminan 783- 850-yillar) asli Xiva
shahridan bo’Iib, matematika. astronomiya, geografiya va boshqa fanlar sohasida
barakali ijod qildi hamda "aljabr" (algebra) fani va "algoritm" tushunchasiga asos
soldi. "Algebra* so’zining o’zi esa uning "Kitab al-Jabr val-muqobala" (Tiklash va
qiyoslash kitobi) degan risolasi nomidan olingan. Uning arifmetikaga Oid risolasi
hind raqamlariga asoslangan bo’Iib, hozirgi kunda biz foydalanadigan o’nlik
pozitsion hisoblash tizimi va shu tizimdagi amallarning Yevropada tarqalishiga sabab
bo’ldi. Olinining "al-Xorazmiy" nisbasi esa "algoritm" shaklida fanda abadiy
o’rnashib qoldi. Uning XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan *Zij" (Astronomik
jadvallar), "Hisob al-Hind". "Quyosh soati haqidagi risola" va boshqa asarlari Sharq
va G’arb mamlakatlarida o’rta asrlar ilmiy tafakkurining taraqqiyotiga samarali ta’sir
ko’rsatdi.
Allomaning eng mashhur asari "Yulduzlar ilmi va samoviy harakatlar haqida
to’plam"! hisoblanadi. Uning bu kitobi Yevropada Kopernikkacha bo’igan
astronomiya fan id a asosiy qo’llanma bo’Iib xizmat qilgan. U sferik trigonometriya
asoschilaridan biridirFarg’oniy nisbasi lotinchada "alfraganus" shaklida yozilib, shu
nom ostida u Movarounnahrning Farg’ona viloyatidagi qadimgi Qubo (hozirgi Quva)
shahrida tavallud topgan Ahrnad al-Farg’oniyning (798-865-yillar) ijodiy faoliyati
Bag’doddagi ilmiy markaz (akademiya) bilan bog’liq bo’Iib, hozirgi kunda uning 8
asari bizga ma’lum fanga abadiy kirdi.
Buyuk faylasuf, qomusiy olim Abu Nasr ai-Farobiy (873-950-yillar)
Sirdaryoqirg’og’idagi Farob degan joyda tug’ilib, Farob, Toshkent, Buxoro va
Samar-qandda o’qidi. Keyinroq Bag’dod va Damashqda yashab o’z ma’lumotini
oshirib, umrim ilmga baxshida etdi. U fanning barcha sohalarini qamragan 160 dan
ortiq asarlar yozgan va ayrim ma’lumotlarga ko’ra 70 dan ortiq tilni bilgan.
Al-Farobiy barcha ilmlar rivojiga katta hissa qo’sh-ganligi, xususan, yunon
falsafasini sharhlab, dunyoga tanishtirganligi iichun Sharq mamlakatlarida "Ikkinchi
Aristotei" deb ulug’langan.
O’rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy (973-1048-yillar)
Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug’ildi. Uning ilmiy merosi turli fan
sohalariga doir 150 dan ortiq asardan iborat bo’Hb, ulardan faqat 30 tasi bizgacha
yetib keigan.
15
Beruniy fanning turli sohalarida yangi fikrlar va kashfiyotlarni olg’a suradiki,
bu kashfiyotlar o’rta asr Sharqida uzoq vaqtgacha fan taraqqiyotini belgilab
berganligidan g’oyat katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |