Sanoat farmatsiya yo’nalishi 4-kurs 401–B guruh talabasi SHUKUROVA ZARNIGOR
Savollar
1.O‘lchash asbobi bitta bo‘linmalarini bahosi qanday aniqlanadi ?
2. O‘lchash asbobi aniqligining sinfi nimani ko‘rsatadi?
3. Tuzatma deb nimaga aytiladi?
4. Absolyut, nisbiy va keltirilgan xatolik deb nimaga aytiladi?
Javoblar.
1.Elektr o’lchashlar orqali aniqlanadi ularning bahosi.
2.O’lchash vositalarning aniqligini sinfi – bu muayyan turdagi o’lchash vositasining umumlashgan xarakteristikasi bo’lib, uning aniqlik darajasini aks ettirib, asosiy va qoshimcha xatoliklarining chegarasi bo’yicha hamda o’lchash vositasining aniqligiga ta’sir etuvchi boshqa tavsiflari bo’yicha aniqlanadi. Aniqlik klassi muayyan o’lchash vositasida bajarilgan o’lchashlarning bevosita aniqlik ko’rsatkichi bo’lib hisoblanmaydi. Aniqlik klassi umumiy holda o’lchash vositasining metrologik xossalarining majmuini xarakterlaydi. O’lchash vositalarining aniqlik klasslari ularga qo’yilgan talablarga asosan standart qiymatlarda o’rnatiladi va keltirilgan nisbiy xatolik bilan quyidagicha bog’liqlikda bo’ladi.
O’lchash asboblari ko’pncha yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatoligi bo’yicha sinflarga bo’linadi:Masalan elektromexanik turidagi ko’rsatuvchi asboblarda standart bo’yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi: а.k 0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4
Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi:
а.k=k mахk; а.k k mахkq/Ах max
Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan chegaralangan bo‘lsa, masalan 1,5, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida 1,5 % ga tengligini bildiradi.
Agar o‘lchash asbobining aniqlik sinfi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda aniqlik klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo‘yicha 0,5 klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi xatoliklari ±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich bo‘laklarida o‘lchay olmaymiz.
Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan berilgan bo‘lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi xatoligi ±0,02% shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |