OʻZBEKISTON RES’UBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
“SANOAT EKOLOGIYASI”
fanidan amaliy mashgʻulotlarni bajarish uchun uslubiy
qoʻllanma
Urganch-2019
“Sanoat ekologiyasi” fanidan amaliy mashgʻulotlarni bajarish uchun uslubiy qoʻllanma Ibragimova N.M. – Urganch.: UrDU, 2019. – __ b.
Annotatsiya. “Sanoat ekologiyasi” fanidan amaliy mashgʻulotlarni bajarish uchun tayyorlangan. Ushbu uslubiy qoʻllanma 5320500 - biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyo va qishloq xoʻjaligi) yoʻnalishlarida tahsil olayotgan bakalavr talabalar uchun moʻljallangan.
Tuzuvchi:
Ibragimova N.M. «Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va
qayta ishlash hamda biotexnologiya»
kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar:
Saparbayeva N.M. «Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash
va qayta ishlash hamda biotexnologiya»
kafedra mudiri:
Sharipov U. «Tillo domor» MCHJ rahbari
Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanma URDU, «Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash hamda biotexnologiya»” kafedrasi, yigʻilishida muxokama qilingan va fakultet ilmiy-uslubiy Kengashiga muxokama uchun tavsiya etilgan. Bayonnoma №
Kafedra mudiri, dots. N.K.Saparbayeva
Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanma URDU, “Kimyoviy texnologiyalar” fakulteti, Ilmiy-uslubiy Kengashida koʻrib chiqilgan va universitet oʻquv- uslubiy kengashiga muxokama uchun tavsiya etilgan. Bayonnoma № ,
Fakultet ilmiy - uslubiy kengashi raisi, Dotsent Sh.R.Qurambayev
MUNDARIJA
|
Annotatsiya
|
|
1
|
Atmosfera havosida zaharli moddalarning tarqalishi va tashlanayotgan chiqindilarning mumkin bo’lgan chegaraviy miqdorini hisoblash.
|
|
2
|
Atmosfera havosiga tushayotgan chang-gaz chiqindilari ChMChlarini hisoblash va ularni tozalash moslamalarni o’rnatish zarurligini asoslash.
|
|
3
|
Atmosfera havosini ifloslanishi natijasida keltirilayotgan zararni hisoblash va tozalash chora tadbirlarini iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
|
|
4
|
Oqova suvlarni tozalash moslamalar kompleksi ishlarini tahlil qilish va samaradorligini hisoblash.
|
|
5
|
Oqova suvlarni biologik usul bilan tozalash moslamalarining texnologik ko’rsatkichlarini hisoblash.
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
|
Kirish
Ushbu fan kimyo va oziq-ovqat sanoatlari korxonaralarida mavjud ekologik muammolarni kelib chiqish sabablari, ularni kamaytirishga qaratilgan tashkiliy va texnologik chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tabiiy resurslarning sinflanishi va ulardan oqilona foydalanish asoslari, tabiatda moddalarning aylanma harakati, insonlarni ishlab chiqarish faoliyatlari bilan atrof muhit o’rtasidagi bog’liqlik, chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy tamoyillari, atmosfera, gidrosfera va litosferani muxofaza qilish maslalarini qamraydi.
“Sanoat ekologiyasi” fani umum kasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3-kursda o’qitilishi maqsadga muvofiq. “Sanoat ekologiyasi” fani ishlab chiqarish texnik soxa fanlar turkumiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |