Abadiy muzlikka ega bo‘lgan tumanlarda loyixalash va qurilish ishlari. Er sharining shimolida joylashgan shunday xududlar mavjudki, ushbu xududlarda erning Yuqorigi qatlamida joylashgan grunt muzlagan va er yuzasi faqat muzliklar bilan qoplangandir. Yuqoridagi xududlarda sanoat binolari va inshootlarini xajmiy-tarxiy va konstruktiv loyixalash xamda qurilish ishlarini olib borishga aloxida talablar qo‘yiladi.
Sanoat binolarida kechadigan tehnologik jarayonlar, binoning issiqlik-namlik rejimi, tabiiy sharoitlar, bino va inshootlarga qo‘yiladigan aloxida talablardan kelib chiqib abadiy muzlikka ega bo‘lgan tumanlarda asoslar va poydevorlarni loyixalash va qurish ishlari quyidagicha tartibda olib boriladi:
muzlagan xolatda (v merzlom sostoyanii) ;
eriydigan va erigan xolatda (v ottaivaYuщem i ottayavщem sostoyanii);
Loyixalash ishlarida qaysi turdan foydalanish binoda kechadigan tehnologik jarayonlardan asos va poydevorlarga beriladigan turli tasirlar, binoning issiqlik-namlik rejimi, tumanning tabiiy-klimatik sharoitlaridan kelib chiqib tanlanadi.
Tabiiy sharoitlarda grunt qatlami va undagi yoriqlar doimiy qattiq muzlagan xolatda bo‘lganda, loyixalash ishlarini birinchi turda olib borish mumkin. Ushbu xolatda bino va inshootlar ostida gruntlarni doimo muzlagan xolatda (v merzlom sostoyanii) saqlash va muzlab turishini taminlash uchun, binoning pastki qavati, erto‘la yoki texnik erto‘lasi sovuq xolda loyixalanib bino ostida sovuqlikni saqlovchi quvurlar va kanallar joylashtiriladi, bino poydevorida esa doimiy ravishda shamollatishni taminlash uchun maxsus tuyno’qlar qoldiriladi. Birinchi turda loyixalash ishlari olib boriladigan abadiy muzlikka ega bo‘lgan tumanlarda asosiy xollarda temir beton konstruksiyali to‘liq kesimli, kovakli, yumaloq yoki to‘rtburchak kesimga ega bo‘lgan qoziqli poydevorlardan foydalaniladi, bazi xollarda ustunli yig‘ma yoki yaxlit temirbeton poydevorlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Sanoat binosini uncha katta yoriqlari bo‘lmagan qoyatoshli yoki yarimqoyatoshli asoslar ustida loyixalaganda ikkinchi turdagi qurilish ishlaridan foydalanish mumkin. Agar mustaxkam asoslar 3 metrgacha chuqurlikda joylashgan bo‘lsa oddiy poydevor turlaridan, 3-4 metrgacha bo‘lganda temirbeton ustunli yoki qoziqli poydevorlardan, 4 metrdan ziyod bo‘lganda esa burg‘ilash yo‘li bilan xosil qilinadigan quduqlarga tushirib ko‘miladigan svay qoziqli poydevorlardan foydalaniladi. Turli xajmdagi yoriqlarga ega bo‘lgan va eriydigan asoslar ustida poydevorlarni qurishda asoslarni mustaxkamlash uchun burg‘ilash yo‘li bilan quduqlar xosil qilinadi va bu quduqlarga asos usti va atrofidagi muzni eritish xamda asosni qizdirish uchun 50 gradusgacha xaroratga ega bo‘lgan issiq bug‘ Yuboriladi. Muz qatlami erigan asos sovumasdan turib zudlik bilan bosim ostida sement qorishmasi bilan to‘ldiriladi.
Sanoat binolarini abadiy muzliklarga ega bo‘lgan tumanlarda loyixalashda iloji boricha engil vaznga ega bo‘lgan elementlar va konstruksiyalar xamda keng proletli bino turlaridan foydalanish, binolarni bloklashtirish va tehnologik jixoz va qurilmalarni aloxida etajerkalar va tayanchlarga o‘rnatish tavsiya etiladi.