Rasm 13.Sanoat binolari poydevorlari turlari
a – yigma tarkibli, b – koziksimon (svayli), v – yigma govaksimon,
g – ustun tagi tunkasimon; 1 – rostverk, 2 - kozik
Poydevor osti tuprok katlamining zichligi talab darajasida bulmaganda poydevorlarni kokish yoki kazish orkali xosil qilinadigan temirbeton svay koziklar ko‘rinishida loyixalanadi. Temirbeton koziklar ustiga o’rnatilgan yigma yoki yaxlit temirbeton tushama (rostverk) bir vaktning uzida ustun osti (podkolonnik) elementi vazifasini xam utaydi.
Poydevor to‘sinlari. Binolarning tashki va ichki devorlaridan poydevorlarga beriladigan yuk va yuklanishlar poydevor to‘sinlari orkali poydevorlarga uzatiladi. Poydevor to’sinlari bir vaktning uzida binoning buylama Yunalishda mustaxkamligini saklash uchun xam xizmat qiladi. Poydevor to’sinlarini oldindan kuchlantirilgan temirbeton konstruksiyalardan tavr yoki trapetsiya kurinishida uzunligi 6-12 m., balandligi 0,3m.dan 0,6 m. gacha loyixalanadi.
Rasm 14.Poydevor to‘sinlari
a) – ustunlar qadami 6 m bo‘lganda, b) – shuni o‘zi, 12 m da, v) – to‘sinning tayanishi, g) – tashqi kator ustuni poydevorning detali; 1 - 12 sm li beton katlam; 2 – 20 mm li loy katlami; 3 – tayanch ustunchasi; 4 – poydevor to‘sini; 5– qum; 6- 13-16 sm li shag‘al qatlami; 7 –asfalt (I, 5-2sm); 8 – ximoya qatlami; 9 – devor; 10 – ustun; 11 – tayyorlov qatlami; 12 – shlak;
Ustunlar. Temirbeton konstruksiyaga ega bo’lgan ustunlar bir qavatli sanoat binolari uchun 20 dan 40 gacha sinfga ega bo’lgan og‘ir betonlardan tayyorlanib kuprikli yuk ko’taruv transport jixozlariga ega bulmagan binolar uchun tekis kesimli chiqiksiz (bez konsolyami), kuprikli Yuk ko’taruv transport jixozlariga ega bo’lgan binolar uchun tekis va ochiq kesimli (dvuxvetvevыe) chiqikli (s konsolyami) tarzda loyixalanadi.
Rejada joylashishi bo’yicha ustunlar o‘rta va chet kator ustunlariga bulinadi. Ustunlarning kundalang kesim o’lchamlari ularga tasir etadigan Yuk va Yuklanishlardan kelib chiqib aniklanadi. Asosiy xollarda balandligi 3,6 metrdan 7,2 metrgacha bo’lgan kuprikli yuk ko’taruv transport jixozlariga ega bulmagan binolar uchun tekis kesimli chiqiksiz (bez konsolyami) va bazi xollarda tomning Yuk ko’taruv konstruksiyasining kullanilish turiga qarab Yuqori kismi chiqikli ustunlardan loyixalanadi.
Balandligi 4,8 metrdan 10,8 metrgacha kuprikli Yuk ko’taruv transport jixozlariga ega bulmagan binolar uchun tekis kesimli chiqiksiz (bez konsolyami) ustunlardan foydalaniladi. Balandligi 8,4 metrdan 10,8 metrgacha bo’lgan kuprikli Yuk ko’taruv transport jixozlariga ega bo’lgan binolar uchun tekis kesimli chiqikli (s konsolyami) ustunlardan, balandligi 10,8 metrdan 18,0 metrgacha kuprikli Yuk ko’taruv transport jixozlariga ega bo’lgan binolar uchun ochiq kesimli (dvuxvetvevыe) chiqikli (s konsolyami) ustunlardan foydalaniladi. Chiqiklar (konsol) ga ega bo’lgan ustunlar kran osti va kran usti kismlaridan tashkil topib asosiy xollarda kran usti kismlari kvadrat yoki tugri burchakli kesimlarga ega buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |