Sanoat binolari


Po‘lat konstruksiyali tom yopma konstruksiyalari



Download 8,71 Mb.
bet69/92
Sana18.04.2022
Hajmi8,71 Mb.
#560699
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92
Bog'liq
Sanoat binolari

Po‘lat konstruksiyali tom yopma konstruksiyalari. Sanoat binolarini loyixalash va qurilish ishlarini amalga oshirishda temir beton konstruksiyali tom yopmalari bilan birgalikda po‘lat konstruksiyali profil nastilli yopma turlari xam keng miqdorda qo‘llanilmoqda. Metall konstruksiyali tom yopma sifatida qalinligi 1 mm. bo‘lgan sinklangan qovurg‘ali po‘lat taboq (list)lardan foydalaniladi. Po‘lat taboq-nastilning balandligi 80 mm, eni 600 mm va uzunligi 12 m.gacha bo‘lgan o‘lchamda ishlab chiqariladi. Po‘lat nastillar tomning metall konstruksiyali elementlariga o‘zi buralib maxkamlanuvchi (samonarezaYushiesya) boltlar yordamida maxkamlanadi. Po‘lat nastillar ustida issiqlik saqlovchi qatlam sifatida qalinligi 50 mm bo‘lgan penopolistirolli plitalaridan foydalaniladi.
Ushbu turdagi konstruksiyalardan ekspluatatsiyada yong‘in xavfsizligi taminlangan bino va inshootlarda foydalanish uchun ruxsat etiladi. Yuqoridagi metall konstruksiyali tom yopma elementlarini qo‘llash va montaj ishlarini amalga oshirish mexnat sig‘imi salmog‘ini 25-40% gacha kamaytirish mumkin.
Sanoat binolarining tom konstruksiyalarida temir beton va metall konstruksiyali tom yopma elementlari bilan birgalikda asbestsementli, asbestplastmassali va alYuminiyplastmassali panellardan xam foydalaniladi.
Asbestsement taboq (list)li tom yopma panellaridan asosiy xolatda isitilmaydigan binolarda foydalaniladi. Ushbu turdagi tom yopma panellari oldindan kuchlantirilgan temir beton progonlarga o‘rnatiladi. Ularning foydali tomoni, industrial, engil va iqtisodiy samaraliligidadir. Kamchiligi esa nisbatan mo‘rtligi (xrupkiy), namlangan paytda deformatsiyaga ko‘p berilishidir. Bir tomonlama xo‘l bo‘lganda taboq (list)larda kirishib kichrayish xolati (usadka) sodir bo‘ladi va buning natijasida ularning maxkamlangan joylarida kuchlanish xosil bo‘lib yorilish xolati sodir bo‘ladi. (8.34, 23.5 a)
Alyuminiy qotishmalari va plastmassadan birgalikda ishlangan tom yopma taboq (list)lari asbestsementli taboqlarga nisbatan bir muncha mustaxkam sanalib, ularning mustaxkamligi deyarli metall konstruksiyalarga tenglashtiriladi va ular korroziyaga xam o‘ta chidamli sanaladi.(8.33).
Yuqoridagi turdagi tom yopma panellari uzunligi 6 m.gacha, eni 1,5 m.gacha o‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
Sanoat binolarining tomlaridan suvni oqizish uYushtirilgan (organizovannыe) va uYushtirilmagan (neorganzovannыe) tarzda amalga oshiriladi.
Sanoat binolarining tomlari asosiy xollarda mastikali o‘ramli mahsulotlardan (tol, ruberoid, pergamin) yoki suv o‘tkazmovchi gidroizol, stekloruberoid turidagi gilamlardan tashkil topadi. Ushbu turdagi tomlar qiyaligining miqdoriga qarab tekis va nishabli tomlarga bo‘linadi. Qiyalik darajasi 2,5 % dan kam bo‘lgan tomlar tekis (ploskie), qiyalik darajasi 2,5 % dan ko‘p bo‘lgan tomlar nishabli (skatnыe) bo‘lgan tomlar turiga kiritiladi. Xar qanday xolatda xam tomning nishabi 25% dan oshib ketmasligi lozim.
Tomning suv o‘tkazmovchi qoplamasining qatlamlar soni va ximoya qatlami tomning qiyaligidan kelib chiqib quyidagicha qabul qilinadi:
- tomning qiyaligi 2,5% gacha bo‘lganda 4 qavatli ximoya qatlami bilan; .
-tomning qiyaligi 2,5%dan 10%gacha bo‘lganda 3 qavatli ximoya qatlami bilan;
- tomning qiyaligi 10% dan 15 % gacha bo‘lganda 3 qavatli ximoya qatlamisiz;
- tomning qiyaligi 15% dan oshiq bo‘lganda 2 qavatli ximoya qatlamisiz;




Download 8,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish