16-modda. Chet ellardan sotib olinadigan mahsulotni yetkazib berish va sotishga qo‘yiladigan talablar
Davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar chet ellardan sotib olinadigan texnologiyalar, materiallar, xomashyo va mahsulotlarni yetkazib berish, sotish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilishlari shart.
17-modda. Ta’lim sharoitlarini tartibga solib turuvchi sanitariya normalari va qoidalariga rioya etish talablari
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ta’lim muassasalarida va korxonalarda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini ta’minlashlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |