Konsepsiyaga binoan, 2019 — 2022 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 26 ta madaniyat markazi yangidan quriladi, 45 tasi rekonstruksiya qilinadi va 76 tasi kapital taʼmirlanadi. Shunday qilib, uch yil ichida 147 ta madaniyat markazi zarur vositalar bilan toʻliq taʼminlangan zamonaviy binosiga ega boʻladi. Qolganlari ham bosqichma-bosqich yangilanadi, taʼmirlanadi va jihozlanadi. Shu bilan birga, qarorda Madaniyat vazirligi tomonidan anʼanaviy ravishda “Xalq cholgʻulari ijrochilari”, Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish, har yili 21 — 27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi”ni aholi uchun bepul tashkil etish, YUNЕSKOning Butunjahon madaniy merosi obyektlari roʻyxatidan Buyuk Ipak yoʻlining mamlakatimizdan oʻtgan qismini “Ipak yoʻli: Zarafshon daryosi vohasi” va “Ipak yoʻli: Fargʻona — Sirdaryo havzasi” nomi hamda oʻzbek xalqining koʻhna va betakror sanʼati namunasi boʻlgan Xorazm “Lazgi”sini “Xorazm raqsi — Lazgi” nomi ostida YUNЕSKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritish kabi qator vazifalar ham belgilab qoʻyilgan. - Konsepsiyaga binoan, 2019 — 2022 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 26 ta madaniyat markazi yangidan quriladi, 45 tasi rekonstruksiya qilinadi va 76 tasi kapital taʼmirlanadi. Shunday qilib, uch yil ichida 147 ta madaniyat markazi zarur vositalar bilan toʻliq taʼminlangan zamonaviy binosiga ega boʻladi. Qolganlari ham bosqichma-bosqich yangilanadi, taʼmirlanadi va jihozlanadi. Shu bilan birga, qarorda Madaniyat vazirligi tomonidan anʼanaviy ravishda “Xalq cholgʻulari ijrochilari”, Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish, har yili 21 — 27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi”ni aholi uchun bepul tashkil etish, YUNЕSKOning Butunjahon madaniy merosi obyektlari roʻyxatidan Buyuk Ipak yoʻlining mamlakatimizdan oʻtgan qismini “Ipak yoʻli: Zarafshon daryosi vohasi” va “Ipak yoʻli: Fargʻona — Sirdaryo havzasi” nomi hamda oʻzbek xalqining koʻhna va betakror sanʼati namunasi boʻlgan Xorazm “Lazgi”sini “Xorazm raqsi — Lazgi” nomi ostida YUNЕSKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritish kabi qator vazifalar ham belgilab qoʻyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |